Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Uyushmagan yoshlar ijtimoiy psixologik portretining o’ziga xos xususiyatlari
Kudratova Lola Ravshanovna
Наука и инновации · 2017
Аннотация
Maqolada yoshlar, uyushmagan yoshlar tushunchalari izohlangan. Shuningdek, uyushmagan yoshlar bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik asoslari tadqiq etilgan. Yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilib borayotdan bir vaqtda, ular orasida muammoli va alohida yondoshuv talab etadigan- uyushmagan yoshlar qatlami ijtimoiy-psixologik jihatdan muammoli kontengent sifatida hali ko’plab izlanishlar va tadqiqotlar, yangicha yondashuvlarga muhtoj deyish mumkin. Aytish mumkinki, har qanday vaziyatda ham,yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash davr talabi bo’lib xizmat qiladi. Demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish eng muhim vazifa bo’lib hisoblanadi. Kalit so‘zlar: yoshlar, uyushmagan yoshlar, ijtimoiy faollik, ommaviy madaniyat, fuqarolik pozitsiya. 300 KIRISH. Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jamiyat hayotining barcha sohalarida ma'naviy omillar ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan. Mohiyat-mazmunini milliy istiqlol g‘oyasining maqsad, manfaatlari tashkil etgan bu jarayonda ijtimoiy munosabatlarning demokratik qadriyatlar asosida qaror topishi, erkin fuqarolik jamiyati asoslarining mustahkamlanishiga alohida ahamiyat berilishi natijasida: bir tomondan, jamiyat taraqqiyotiga xos ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma'naviy paradigmalari shakllanmoqda. Boshqa tomondan, jamiyatda ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida yangi munosabatlar uyg‘unligi qaror topmoqda. “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 28-yanvar 2022 yildagi Farmonida qayd etilgan vazifalar yosh avlodning ta`lim-tarbiyasini rivojlantirish orqali barkamol yoshlarni ma`naviy-axloqiy salohiyatini yuksaltirish, ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishga qaratilgan. Qolaversa, Respublika Prezidetnti Sh.M.Mirziyoyev ta`kidlaganidek, “…yosh avlodimizning fuqarolik pozitsiyasi va faolligini kuchaytirish, uni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalash, ularning bandligini ta`minlash, hayotga o‘z o‘rnini topishi, jamiyatning munosib a`zolariga aylanishi, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash muammosi shu kunning o‘ta dolzarb ijtimoiy muammosi hisoblanadi”[1]. Darhaqiqat, aholining eng faol va zamonaviy ijtimoiy qatlami hisoblangan yoshlar davlatning asosiy suyanadigan kuchi deb aytsak mubolag’a bo’lmaydi.Bundan tashqari yoshlar so’zi ko’plab adabiyotlarda turlicha ta’kidlab o‘tilgan. “Yoshlar deganda, muayyan yosh xususiyatiga ko‘ra boshqalardan ajralib turadigan, ijtimoiy maqomi va ijtimoiy tizim, madaniyat, ijtimoiylashuvning faol sub’ekti, zamonaviy yosh chegaralari asosida aniqlanadigan ijtimoiy-demografik guruh tushuniladi”[2] Ushbu ta’rif birinchi navbatda bu tushunchani yosh chegaralari nuqtai-nazaridan baholashni talab qiladi. Bugungi kunga qadar umumiy va funksional yondashuv nuqtai-nazardan “yoshlar” tushunchasining jamiyatning umumiy tizimiga mos keladigan yagona ilmiy ta’rifi yo‘q, uning hatto falsafiy mazmun-mohiyati ham yetarli darajada ochib berilmagan. Shunga qaramay bugungi davr yoshlari masalasi eng qaynoq va doimiy izlanishlar talab etadigan mavzuligicha qolmoqda. METODLAR.O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati- davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar, qulayliklar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimini tashkil etadi. Yoshlar (yosh fuqarolar)-o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflik, yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlash va rag‘batlantirish, ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi, yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi kabi asosiy prinsiplar orqali amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari kelib chiqqan holda yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, yoshlarning ma’naviy, i
Доказательный фрагмент
«Maqolada yoshlar, uyushmagan yoshlar tushunchalari izohlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada yoshlar, uyushmagan yoshlar tushunchalari izohlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- незрелая молодежь, гражданская позиция, yoshlar, ommaviy madaniyat, молодежь, youth, public culture, общественная культура, citizenship position, fuqarolik pozitsiya, disaffected youth, social activism, общественная активность, uyushmagan yoshlar, ijtimoiy faollik
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026