К содержанию
РецензированоUZ2000

Bo‘lg‘usi sport psixologlarining kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari

Yurtimizda rus · Haydarov Fahod Irnazarovich

Наука и инновации · 2000

Аннотация

Mazkur maqolaning mazmun – mohiyati bo‘lg‘usi sport psixologlarining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini ilmiy va amaliy jihatdan isbotlashga qaratilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim, talaba, sport psixologi, yondashuv, kasbiy ko‘nikmalar, kompetentlik, kasbiy kommunikativ kompetentlik, shakllantirish, rivojlantirish. Barchamizga kunday ravshanki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF- 4947-son Farmonida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish kabi vazifalar belgilab olindi. [PF-4947-sonli. 2017 yil 7 fevral]. Mazkur vazifalarning ijrosini ta’minlashda oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish orqali kasbiy tayyorgarligini oshirish zarur ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda biz kommunikativ kompetentlik deb ataydigan samarali muloqot qilish qobiliyati har doim 295 ko‘plab olimlarning diqqat markazida bo‘lgan. Ijtimoiy psixologiya, muloqot psixologiyasi, rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya kabi fanlar va boshqa zamonaviy bilim sohalarida shaxslararo munosabatlarni, shaxsning kommunikativ hatti-harakatlarini nazariy jihatdan o‘rganishga kuchli e’tibor qaratilgan. Biroq, shaxs ijtimoiy normalarni bajarishda uning nutqiy tayyorligini ham amaliy o‘rganish zarur hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda ishlab chiqilgan kommunikativ kompetentlik tushunchasi, bizning fikrimizcha, ijtimoiy gumanitar bilimlarni talabalarning barcha hayotiy jarayonlarida barkamol aloqa qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish va shuning uchun ularning ijtimoiy funksiyalarni bajarish uchun amaliy harakatlari bilan bog‘lashga yordam beradi. Shunga ko‘ra, turli xil ta’lim islohotlarini amalga oshirishda, xususan, ta’lim tizimining yangi davlat standartlariga o‘tishida va bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda e’tiborga olinishi mumkin bo‘lgan ilmiy tavsiyalarning ahamiyati o‘sib bormoqda. Zamonaviy o‘quv jarayonidagi asosiy maqsad bo‘lajak mutaxassislarning shaxsiy va kasbiy qobiliyatlari, bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirish, ular nafaqat akademik bilimlarga, balki turli sohalar va faoliyatlardagi muammolarni ijobiy hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur sanaladi. Mamlakatimizdagi ta’lim islohotlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sport psixologlarining eng muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlari: muloqotmandlik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, sportga ijodiy yondoshish, qaror qabul qilish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi kunda dolzarb masalardan hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassislarda bunday fazilatlarni rivojlantirish, ularga kelajakda samarali faoliyatni sifatli olib borishga imkon beradi. Muammo shundaki, nutq mas’uliyatini oshirish bilan bog‘liq kasblar uchun yuqori sifatli samarali muloqotni, so‘zni o‘zlashtirish qobiliyati, so‘z yordamida professional muammolarni hal qilishga o‘rgatishdir. Bizning tadqiqotdan ko‘zlagan maqsadimiz psixologiya fanlarini o‘qitish jarayonida oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash hamda nazariy va amaliy jihatdan asoslash hisoblanadi. Darhaqiqat ta’lim jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish orqali kasbiy tayyorgarligini oshirish zarur ahamiyatga ega ekanligi bir qator olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Xususan, bugungi kunda biz kommunikativ kompetentlik deb ataydigan samarali muloqot qilish qobiliyati har doim mutaxassislarning diqqat markazida bo‘lgan. Taniqli olim N.A. Muslimovning ta’kidlashicha shaxsga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini samarali amalga oshirish uchun talabalar zarur darajada kommunikativ kompetentlikka ega bo‘lishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zaro ta’sir jarayonlariga moslashuvchan bo‘lishi, kommunikativ texnologiyalarni qo‘llaganda talabalar va o‘qituvchi o‘zaro bir-birini tushunishi talab etiladi. [Muslimov N.A. 2004. 126 b]. Pedagog olim Sh.S. Sharipov oliy ta’lim tizimidagi o‘qituvchining kasbiy mahorati nafaqat bilim va ko‘nikmalar to‘plami bilan cheklanib qolmaydi, balki ularni haqiqiy o‘quv amaliyotida qo‘llash samaradorligi bilan belgilanadi. [Sharipov Sh.S. 2005. 54 b]. Kompetentlikka ega

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolaning mazmun – mohiyati bo‘lg‘usi sport psixologlarining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini ilmiy va amaliy jihatdan isbotlashga qaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolaning mazmun – mohiyati bo‘lg‘usi sport psixologlarining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini ilmiy va amaliy jihatdan isbotlashga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
talaba, professional skills, development., профессиональные навыки, education, развитие., competence, взаимодействие, студент, shaping, спортивная психология, kompetentlik, Образование, professional communicative competence, sports psychology, yondashuv, sport psixologi, shakllantirish, компетентность, kasbiy ko‘nikmalar, профессиональная коммуникативная компетентность, формирование, kasbiy kommunikativ kompetentlik, ta’lim, rivojlantirish., support, student
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники