Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Патоморфологические изменения у цыплят, зараженных Salmonella pullorum Gallinarium
SALMONELLA PULLOROM GALLINARIUM BILAN ZARARLANGAN · JO‘JALARDA PATOMOFOLOGIK O‘ZGARISHLAR
in Library · 480 · 9-12 · 2026
Аннотация
Maqolada S.pullorom gallinarium bilan go‘sht yo‘nalishidagi jo‘jalar zararlanishining yoshga oid dinamikasi haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek jo‘jalar pullorozida ular organizmdagi patomorfologik o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: pulloroz, infeksiya, leykotsit, bazofil, eozinofil, atrofiya, distrofiya, tromboz, infiltratsiya, koloniya hosil qilish birligi, zararlanish dozasi, o‘ldiruvchi doza, oziqa muhiti. Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda parrandachilik sohasiga yetarli darajada ziyon yetkazib kelayotgan kasalliklardan parrandalar pullorozidir bu ayniqsa jo‘jalarning dastlabki hayotida sodir bo‘ladi. Ko‘p hollarda jo‘jalarning pullorozi parrandachilik xo‘jaliklariga zarar etkazsada unga ergashuvchi ya’ni ikkilamchi kasalliklardan pasterellyoz, kolibakterioz va streptokokkozni ilmiy-tadqiqot natijalarida ko‘proq talqin qilish mumkin. Jo‘jalar hayotining dastlabki davrlarida boshqa yosh organizmlar kabi kasallikka beriluvchan bo‘lishi, shu jumladan infeksiyalarning aralash shakli, ayniqsa pullorozning yoshga oid shaklarini ba’zi bosqichlarida og‘ir kechishi ko‘proq xorijiy adabiyot manbalarida o‘rganilgan. Parrandalar va parrandachilik mahsulotlariga bo‘lgan epidemiologik ahamiyatining oshishi, bu jarayonning uzviy bog‘liqligi, respublikamizda sanitariya- epidemiologiya xizmatida yuz bergan o‘zgarishlar, mavjud bo‘lgan salmonellyoz va boshqa ikkilamchi kasalliklar ustidan epidemiologik nazorat tizimini olib borish uni qayta qurishni talab etadi[3]. Adabiyot ma’lumotlarining taxlili shuni ko‘rsatmokdaki, hozirgi kungacha Respublikamizning parrandachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarida boqilayottan jo‘jalarning pullorozi barcha infeksion kasalliklar orasidagi salmog‘i 26- 40 foizni tashkil etadi [1]. Parrandalar pullorozi bilan zararlangan jo‘jalarga patomorfologik tashxis qo‘yish soha mutaxassislari oldida turgan dolzarb muammolardan biri sanaladi [2]. Bundan tashqari go‘sht yo‘nalishidagi jo‘jalarning S.pullorom gallinarium bilan zararlanish dinamikasi yoshga oid holda kechishi batafsil o‘rganilmagan. Tadqiqotlar ob’ekti va uslubiyatlari: Jo‘jalarni pullorozida gematologik jarayonlarni o‘rganishda Samarqand viloyati Markaziy shifoxonasining gematologiya www.wsrjournal.com 1 4 1 Volume-25_Issue-1_March -2024 World scientific research journal va biokimyo laboratoriyasida (tajribadan oldin va keyingi natijalar), mazur kasallik qo‘zg‘atuvchisi (S.pullorom gallinarium) bilan zararlangan parrandalar organizmidagi patomorfologik o‘zgarishlarni aniqlash tadqiqotlari Veterinariya ITIning mikrobiologiya, patomorfologiya va yosh mollar kasalliklarini o‘rganish laboratoriyalarida bajarildi. S.pullorom gallinariumning turli xil konsentratsiyasi bilan zararlangan bir haftalik (ba’zi guruhlarda zararlanib o‘lguncha) jo‘jalarning qon namunalaridan eritrotsitlarni tahlil qilishda Panchenkov usulidan va gemoglobinni aniqlashda Sali gemometridan foydalanildi[4]. Laboratoriya sharoitida pullorozning gistogrammasini o‘rganish maqsadida zararlanib o‘lgan va majburiy so‘yilgan jo‘jalar organlaridan namunalar patomorfologik tadqiqot uchun olindi. Buning uchun namunalarni kichik holda gistologik uslubda tekshirish uchun dastlab biopsiya usulidan foydalanib, bo‘lakchalar kasal jo‘jalardan quyidagi organlardan; traxeya, limfa tuguni, jigar, o‘pka, yurak, taloq va buyraklaridan namunalar olinib, patologik o‘zgarishlar gistologik uslubda tekshirildi[7]. Barcha tekshirilgan parrandalar ichki organ a’zolaridan bakteriologik tekshirish uchun patologik namunalar olindi va turli xil oziqa muhitlariga (levin, Ploskiriev agari, salmonella shigella va 5 foizli qonli agarga) ekmalar ekildi. Bloklardan mikrotom yordamida kesmalar olinib, buyum oynasida mikropreparat tayyorlandi hamda gemotoksilin va eozin bo‘yog‘i bilan bo‘yalib, mikroskopiya qilindi. Mikroskopiya natijasida parrandalarning ichki a’zolarida ro‘y bergan patogistologik o‘zgarishlar aniqlandi. Bunda Carl Zeiss mikroskopning 10x0,25 o‘lchamli ob’ektividan foydalanildi[8]. Ichki a’zolar va to‘qimalardan olingan patologik namunalarni (bo‘lakchalar) gistologik tekshirish uchun parafinli usulda quyidagicha gistopreparat tayyorlandi (50-100 millilitrdan qorong‘i shisha idishlarda o‘tkazildi) I. Fiksatsiya 1. Olingan patologik namunalarni (bo‘lakchalar) 10-12 foizli formalin eritmasida 24 soat davomida saqlandi. 2. 960S li etil spirt va formalinning teng nisbatli (1:1) eritmasida 24 soat saqlandi; 3. 96 -1000S li absolyut spirtda mazkur bo‘lakchalar 12-24 soat saqlandi. II. Suvsizlantirish 1. Olingan patologik namunalar (bo‘lakchalar) suvsizlantirish uchun 960S li spirt eritmasida 24 soat saqlandi; 2. Keyingi kun ham 960S li spirt eritmasida yana 24 soat saqlab turildi; III. Parafin qo‘yish 1. 6-12 soatga 960S li spirt va xloroformning teng nisbatdagi eritmasiga solindi; 2. Toza xloroform eritmasida 6-12 soat saqlandi. Saqlash yakunida bo‘lakchalar rangi tiniqlanishi kuzatildi; 3. Parafin bir maromida yaxshiroq singishi uchun bo‘lakchalar eritilgan parafin
Доказательный фрагмент
«Maqolada S.pullorom gallinarium bilan go‘sht yo‘nalishidagi jo‘jalar zararlanishining yoshga oid dinamikasi haqida ma’lumot berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada S.pullorom gallinarium bilan go‘sht yo‘nalishidagi jo‘jalar zararlanishining yoshga oid dinamikasi haqida ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- atrophy, atrofiya, тромбоз, o‘ldiruvchi doza, dystrophy, infiltration, oziqa muhiti., leykotsit, thrombosis, повреждающая доза, лейкоцит, летальная доза, damaging dose, colony-forming unit, eosinophil, базофил, дистрофия, leukocyte, питательная среда., bazofil, koloniya hosil qilish birligi, infeksiya, nutrient environment., infection, инфекция, инфильтрация, tromboz, zararlanish dozasi, колониеобразующая единица, pullorosis, атрофия, eozinofil, infiltratsiya, distrofiya, basophil, эозинофил, pulloroz, lethal dose, пуллороз
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026