К содержанию
РецензированоUZ2026

Kasbiy muloqot asosida talabalarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish

MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH

Наука и инновации · 7 · 52-56 · 2026

Аннотация

Kasbiy-pedagogik muloqot ta’lim soxasidagi ko‘nikma bo‘lib, o‘quvchilar o‘rtasida moslashish omili sifatida pedagogik muomalani ko‘rib chiqish hisoblanadi, bu talabalarni kasbga tayyorlash samarasini oshirish uchun Oliy o‘quv yurtlarida pedagogik jarayonni taxlil qilish imkonini beradi. Kalit so‘zlar: Pedagog, muomala, talaba, madaniyat, muammo, pedagogik muomala, pedagogik qobiliyat Pedagogik jarayon qatnashchilarining muomalasi muammosi bugungi kunda dolzarb pedagogik muammolar qatorida eng muhimlardan bari hisoblanadi. Zamonaviy maktabni jiddiy ravishda qayta qurish “o‘qituvchi-o‘quvchi”, “o‘qituvchi-o‘qituvchi”, “o‘quvchi-o‘quvchi”, “o‘qituvchi-ota-ona”, “o‘qituvchi-ma’muriyat” – maktabdagi butun munosabatlarga insonparvar va demokratik tus berishni taqozo qiladi. Ta’lim tizimining insonga yo‘nalgan tizimga o‘tishi inson qadrini ulug‘lash, uning salomatligini saqlash muammolarini birinchi galdagi vazifalarga aylantiradi. Bu muammolar insonparvarlik qoidalariga asoslangan muomala nuqtai nazaridan hal qilinadi. Bularning barchasi kommunikativ kasb egasi sifatida zamonaviy o‘qituvchidan pedagogik muomala sohasida kompetentli bo‘lishni, ya’ni shaxsiy munosabatlar, kasbiy muomalani ongli va samarali qurish va pedagogik jarayonning barcha qatnashchilari bilan hamjihatlik qilishga qobiliyatli bo‘lishni talab qiladi. Muammo mohiyatiga kirish uchun belgilangan mavzuning asosiy atamasi “muomala”ni batafsil muhokama qilamiz. Falsafada muomalaga shunday ta’rif berilgan, bu “ijtimoiy sub’yektlar (sinflar, guruhlar, shaxslar)ning o‘zaro aloqa va hamjihatligi jarayoni bo‘lib, bunda faoliyat, axborot, tajriba, qobiliyatlar, salohiyatlar va ko‘nikmalar, shuningdek faoliyat natijalari o‘zaro baham ko‘riladi; bu jamiyat va shaxs shakllanishi hamda rivojlanishining zarur va umumiy shartlaridan biri hisoblanadi”. Muomala – jamiyatshunoslik nuqtai nazaridan ayni paytda tarbiya va o‘z o‘zini tarbiyalash jarayoni. Haqiqiy insoniy muomala – ijod shakli bo‘lib, u shaxsning eng yaxshi jihatlarini ro‘yobga chiqarish va ochishda yordam beradi. Muomala boshqa insonning qadryatlarini hurmat qilish, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan oddiy ahloqiy qoidalar, odatlar va boshqalarga rioya qilishga asoslanadi. Psixologiyada muomala hamkorlikdagi faoliyat talablari bilan yuzaga keladigan, axborotlar almashish, yagona hamjihatlik strategiyasini ishlab chiqish, boshqa odamni qabul qilish va tushunishni o‘z ichiga oladigan insonlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishi va rivojlanishining murakkab, ko‘p planli jarayoni sifatida ta’riflanadi. Yuqorida keltirilganlarni umumlashtirib e’tirof etish mumkinki, muomala quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 1) odamlarning hamjihatligi; 2) shaxs statusi shakllanishining vositasi; 3) shaxs rivojlanishi omili; 4) axborotlar almashish jarayoni; 5) boshqa odam va o‘zini tushunish vositasi; 6) shaxs ehtiyojlarini qondirish vositasi. Muomala alohida shaxsning, shuningdek butun jamiyat rivojlanishida ulkan ahamiyatga ega. Insoniyat jamiyati va odamlar jamoasining rivojlanishi – murakkab dialektik jarayon. Jamiyat rivojlanishi bilan birga muomala imkoniyatlari ham kengayadi. Muomala muammosi – kompleks muammo, binobarin uni turli nuqtai nazarda ko‘rib chiqqanda, uning inson to‘g‘risidagi zamonaviy fanni turli sohalariga daxldor ekanini kuzatish mumkin. Muomala tabiati, uning kelib chiqishi, uning ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik funksiyalari; kechishi va o‘zgarishi mexanizmlari, faollashishi va korreksiyasi yo‘llarini faylasuflar va jamiyatshunoslar (M.S. Kagan, I.S. Kon, B.D. Parыgin); psixolingvistlar (A.A. Leontyev); 249 psixoterapevtlar (E. Bern, D.Morenko, K.Rodjers); pedagoglar (Ye.N. Ilin, A.V. Mudrik, N.D. Nikandrov); ijtimoiy psixologiya mutaxassislari (G.M. Andreyeva, A.A. Bodalev, L.A. Petrovskaya, Yu.L. Xanin) o‘rgangan. Bizningcha, muomala muammosini birinchi galda psixologik tahlil qilish pedagog uchun ayniqsa muhim hisoblanadi. Sir emaski, psixologik fanda mazkur sohada to‘plangan bilimlar bilan pedagoglarning hammasi ham tanish bo‘lmagani ularda muomalani ongli tashkil qilishga urinishlarda qator holatlarda qiyinchilik paydo qiladi. Buyuk rus pedagogi K.D.Ushinkiyning o‘qituvchilar va tarbiyachilarga qaratilgan: “... o‘zingiz boshqarishni xohlaydigan psixik hodisalarning qonuniyatlarini o‘rganing” da’vati bugungi kunda ham ilgarigidek dolzarb bo‘lib qolmoqda. Yaqin-yaqingacha psixologiyada inson rivojlanishida predmet faoliyati roliga asosiy e’tibor qaratildi. Bu predmet faoliyatining turi sifatida ta’limga ham tegishli, ta’limda predmet sifatida asosan bashariy madaniyat ob’yektlari, ma’naviy qadriyatlar, ilmiy g‘oyalar, faoliyat usullari, xulq-atvor qoidalari va boshqalar namoyon bo‘lgan. Shu bilan birga ijtimoiy va jamoa faoliyati hisoblanadigan o‘quv-tarbiya faoliyatini tashkil qilishda muomalaning roli munosib baholanmadi. Hamkorlikdagi faoliyatning istalgan shakli “individlarning o‘zaro... muomalasi”ni taqozo qiladi. Bu qoida ta’lim va tarbiya uchun ham adolatli hisoblanadi, ularda odamlarning

Доказательный фрагмент

«Kasbiy-pedagogik muloqot ta’lim soxasidagi ko‘nikma bo‘lib, o‘quvchilar o‘rtasida moslashish omili sifatida pedagogik muomalani ko‘rib chiqish hisoblanadi, bu talabalarni kasbga tayyorlash samarasini oshirish uchun Ol…»

Образец извлечения

Демо-превью

Kasbiy-pedagogik muloqot ta’lim soxasidagi ko‘nikma bo‘lib, o‘quvchilar o‘rtasida moslashish omili sifatida pedagogik muomalani ko‘rib chiqish hisoblanadi, bu talabalarni kasbga tayyorlash samarasini oshirish uchun Ol… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
музыкальная педагогика, воспитание, молодежь, творчество, talaba, pedagogik muomala, Педагог, madaniyat, pedagogical ability, студент, отношения, muammo, педагогическая способность., issue, культура, muomala, pedagogik qobiliyat, interaction, culture, Teacher, проблема, педагогические отношения, pedagogical interaction, student, Pedagog
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники