К содержанию
РецензированоUZ2012

Boshlang‘i ch sinflarda ingliz tili o‘qitish vositalari

Turakulova Lola Xamidjanovna (FOOD INDUSTRY IN UZBEKISTAN.Research diploma university of Singapoure 2023.)

Наука и инновации · 47–56 · 2012

Аннотация

Mazkur maqola boshlang‘ich sinflarda bolalarga ingliz tili o‘qitishning samarali vositalari haqida atroflicha yoritilgan. Ushbu maqolada bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o‘rgatish vositalari bilan tanishishingiz mumkin. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, ingliz tili, qo‘shiq, harakatlar, tushuntirish, aqliy, jismoniy, o‘qituvchi. Ingliz tili o‘qitish mazmuni uch tarkibli ta’limiy hodisadir: 1) nutq mavzulari; 2) ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablar; 3) til materiali. O‘qitish mazmuni mavjud sharoitga ko‘ra, jumladan, o‘quv predmetiga ajratilgan vaqtga qarab tanlanadi. Nutq faoliyati doirasi dasturiy mavzular bilan belgilanadi. Yaratilgan (gapirish, yozuvda) va o‘zga shaxs sodir etgan (tinglab tushunish va o‘qishda) diskurs dasturdan o‘rin olgan mavzularga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ingliz tili o‘qitish mazmuni o‘qitish maqsadlariga bevosita bog‘liq bo‘lib, u odatda, maqsad mazmunini belgilaydi. Mazmun ta’lim chog‘ida o‘zlashtiriladigan metodik tushuncha yoki kategoriya bo‘lsa, uning mahsuli erishiladigan maqsadni aks ettiradi. O‘qitish mazmuniga nutqiy mavzular, malaka va ko‘nikmalar hamda til materiali kiradi. Ushbu uchta tarkibiy qism ingliz tilini o‘rganishda yaxlit o‘zlashtirishni taqozo qiladi. Nutq mavzulari o‘qitish maqsadlariga asoslanib tanlanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «O‘quvchi va uni o‘rab turgan atrof-muhit», «Vatanimiz» va «Tili o‘rganiladigan mamlakatlar» kabi mavzular asosiy nutq mavzulari hisoblanadi. O‘qish uchun siyosiy, badiiy, ilmiy, ma’naviyat va madaniyat hamda sportga oid autentik matnlar tanlanadi. Tanlab olingan mavzu va unga oid matnlar o‘quvchilarning yoshi hamda qiziqishlariga mos kelishi kerak. Nutq malakalari deganda, chet tilda nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv)ni egallash darajalari tushuniladi. Malaka o‘quvchilarning ingliz tili o‘rganish davrida olgan ko‘nikmalarini amaliy faoliyatida sobitqadamlik bilan mustaqil ravishda qo‘llay olish kompetensiyasi 42 (layoqati)dir. Nutq malakalari til materialini muloqot paytida qo‘llash jarayonida rivojlanadi va 204 takomillashadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ingliz tili o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lmish nutqiy malakalarni singdirish chog‘ida ularga mos keladigan lisoniy ko‘nikmalarni ham o‘zlashtirishdan iboratdir. Bunday ko‘nikmalar asosini ushbu dasturda ko‘rsatilgan til materiali tashkil qiladi. Til materiali dasturda DTSga muvofiq tarzda alohida beriladi. Til materiali ma’lumki, leksik, grammatik va fonetik hodisalarni o‘z ichiga oladi. O‘quv jarayonida leksik, grammatik, talaffuz hamda imlo birligi kabi tushunchalarni farqlash, darslik va qo‘llanmalar tuzishda ulardan o‘z o‘rnida foydalanish zarur. Til birligi leksik, grammatik, talaffuz va orfografiya (imlo) birliklarini ifodalaydi. Lug‘at birligi – o‘zak so‘z va yasama so‘zdan iborat, leksik birlik (o‘zak so‘z, yasama so‘z (uning tarkibidagi so‘z yoki so‘z yasovchi elementlar), so‘z yasovchi affiks, turg‘un so‘z birikmasi, gap (og‘zaki nutqning ilgarilashi sharoitida qismlarga bo‘linmay o‘rgatiladigan tayyor jumlalar)ni o‘z ichiga oladi. Grammatik birlik – morfologiya va sintaksis hodisalar, talaffuz birligi – fonetik minimumdagi tovush - fonemadan to jumlalar ohangigacha, imlo birligi – harf, harf birikmasi, so‘z, so‘z yasash, shakl va gap yasash elementlari, so‘zning o‘zgaruvchan hamda o‘zgarmaydigan shakllaridan iboratdir. Umumiy o‘rta ta’lim maktab kursida ingliz tili o‘rgatishning yakuniy amaliy maqsadi – tinglab tushunish va o‘qish, ya’ni ingliz tilida tinglab va o‘qib axborot olishdir. O‘quv vositalari o‘qituvchi va o‘quvchi o ‘rtasidagi ta’limiy ko‘prik bo‘lib, unda o‘quv jarayoni sodir bo‘ladi. Ushbu vosita yordamida jamiyatda kelajak avlod shakllanadi. Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Adabiyotlarda ta’lim vositalari quyidagicha tasniflanadi: 1) bajaradigan vazifasiga ko‘ra asosiy va qo‘shimcha (yordamchi) o‘quv qurollari turlari; 2) kimga mo‘ljallanganligiga qarab muallim yoki o‘quvchilar qo‘llaydigan o‘quv qurollari; 3) axborot keladigan yo‘l (analizator)ga nisbatan – eshitish, ko‘rish, eshitib-ko‘rish nomlaridagi; 4) texnika ishtirokini hisobga olib, an’anaviy (notexnik) va zamonaviy (texnik) atalmish o‘quv qurollari; 5) ishlab chiqarilishi nuqtai nazaridan – ommaviy va mahalliy o‘quv qurollari mavjud. Bolalarda til o‘rganishga bo‘lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko‘pligi buning asosiy sabablaridandir. Shuni e‘tiborga olish kerakki, 6–7 yoshli bolalar ma’lumotlar ma’nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o‘rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani zo‘riqtirib qo‘yish va qiziqishini so‘ndirib qo‘yish mumkin. Shunday eka

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola boshlang‘ich sinflarda bolalarga ingliz tili o‘qitishning samarali vositalari haqida atroflicha yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola boshlang‘ich sinflarda bolalarga ingliz tili o‘qitishning samarali vositalari haqida atroflicha yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘qituvchi, tushuntirish, physical, английский язык, teacher, music, intellectual, физический, песня, qo‘shiq, harakatlar, движения, English language, jismoniy, explanation, учитель, ingliz tili, умственный, movements, aqliy, объяснение, boshlang‘ich sinf, первый класс
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники