К содержанию
РецензированоUZ2021

Talabalarda kommunikativ kompetentsiyani masofaviy taʼlim orqali rivojlantirish

Classroom Guide. Canada: Dale Gausman. (Montessori Method. Raudhah. Vol. 05, No.02. North American Montessori Center, NAMC.)

Наука и инновации · 2 · 2021

Аннотация

Maqolada masofaviy ta'lim orqali talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish, xorijiy (ispan) tillarni zamonaviy multimedia vositalari orqali oʻqitishning samarasi haqida toʻxtalib oʻtilgan. Unda asosan, ispan tilini oʻqishda an'anaviy darslik va elektron darsliklarning 190 o`rtasidagi farqlar to`risida fikrlar bayyon etilgan. Ispan tilini oʻrganuvchi talabalarga ispan tilida oʻqishni oʻrgatishda elektron darslikarning qulayliklari va oson usullari haqida batafsil yoritilgan. Kalit soʻzlar: elektron darslik, oʻqish, talaba, zamon, bilim, predlog, soʻz. Bugungi kunda dunyo hamjamiyati hayot faoliyatining barcha sohalarida koʼp qirrali oʼzgarishlar boʼlib oʼtmoqda, bu esa oʼz navbatida boʼlajak professionalni shakllantirishga yangicha yondashuvni talab etadi. Butun dunyoda boʼlgani singari yurtimizda ham masofaviy taʼlim maqsadlari sohasida kechayotgan oʼzgarishlar, insonning ijtimoiy olamga kirishini taʼminlashga qaratilgan global masalalarga mos keladi. Xususan, masofaviy taʼlim tizimini takomillashtirishda kompetentli yondashuv taʼlim mazmunini yangilashning muhim bir kontseptual holati sifatida eʼlon qilinmoqda. Masofaviy taʼlim tizimida kompetentli yondashuvni amalga oshirish uchun real hayotda va kasbiy amaliyotda rivojlanish muxim axamiyat kasb etadi. Chet tillarini oʼrgatishda elektron darsliklarning oʼquv jarayoniga kiritilishi ilm-fan sohasida dolzarb masalalardan biridir. “Kommunikativ kompetensiya” atamasi ilmiy adabiyotga D.Xayms tomonidan kiritilgan. Oʻtgan asrning 60-70-yillaridan boshlab tilni oʻrganishga doir dastlabki kompetensiyalar kiritila boshlandi. Bunda D.Xayms tomonidan 1972-yilda “kommunikativ kompetensiya” tushunchasi kiritiladi. Kompetensiya/kompetentlik kategoriyalarini tilni, ayniqsa, ikkinchi (ona tilidan tashqari) tilni oʻrganish nazariyasi va amaliyotida, boshqarishda, rahbarlikda, menejmentda professionallik va muloqotni oʻrganishda foydalanila boshlandi. Kommunikativ kompetensiya – ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda oʻzaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Bugungi kunga qadar “kommunikativ kompetesiya” tushunchasiga bir qanqa chet el va mahalliy pedagoglar tomonidan turlicha tariflar berilgan. Pus pedagogigi S.A.Gilmanova oʻzining ilmiy faoliyatida nolingvistik fakulteti talabalarining chet tilidan kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik shartlarini tahlil qilgan va koʻplab tariflarni keltirgan. Mustaqil respublikamizning jahon xamjamiyatida tutgan oʼrni tobora oʼsib, xalqaro aloqalar mustahkamlanib borayotgan bir paytda yoshlarga xorijiy tillarni puxta oʼrgatish fan oʼqituvchilari oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Xorijiy til oʼqitilishida oʼquvchi, talabalarning kommunikativ va muloqot dialogida erkin ishtirok eta olishi kabi taʼlimiy va rivojlantiruvchi maqsadlar ustuvorlik qiladi. Talabalarni ogʼzaki va yozma savodxonligini oshirish maqsadida qiziqarli oʼquv materiallari, muammoli vaziyat, qiziqarli mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq.Talabani faqat matnlar bilan ustma-ust band qilib qoʼyish taʼlim samaradorligiga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin. Hozirgi vaqtda yoshlarimiz qanday kasbni egallashidan qatʼiy nazar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta bilishi lozimligini anglab yetgan. Shu bois talabalarni ijodkorlikka undash maqsadida oʼqitish jarayonida ilgʼor pedogogik texnologiyalardan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona va unumli foydalanish, mavjud elektron axborot resurslarini samarali qoʼllash talab etiladi. Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va chet tilidan oʼquv jarayonida samarali foydalanishga erishish uchun barcha oliy oʼquv yurtlarida pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash talab etilmoqda. Professor-oʼqituvchilar oʼz ustida ishlab malakasini oshirmoqdalar. Qolaversa shu soha mutasaddilari oliy oʼquv yurtlari bilan oʼz bilimlarini oʼrtoqlashmoqdalar. Chet tili va axborot texnologiyalarini bilish butun jahon axborot tizimiga ulanish, materiallar olish va ulardan dars jarayonida foydalanish imkonini beradi. Taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar tufayli oliy taʼlim muassasalarida ham malakali, yetuk kadrlar tayyorlash imkoniyatlari kengaymoqda. Sir emaski, bugungi kunda axborot texnologiyalari barcha sohaga kirib borgani kabi, taʼlim sohasida xam keng qoʼllanilmoqda. Bugungi kunda darsliklarning yangi avlodi-elektron darsliklarni yaratish va taʼlim jarayonida qoʼllash amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Elektron darsliklar odatiy nashrlarga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega. Birinchidan maʼlumotlarni yangilash va tarqatish juda qulay. Ikkinchidan katta hajmdagi maʼlumotlarlar orasidan kerakli maʼlumotlarni izlash juda qisqa vaqt oraligʼida amalga oshiriladi. Elektron darsliklar masofa bilmaydi. Dunyoning istalgan chekkasidan turib 191 maʼlumotlar bilan tanishish mumkin. Bugunki kunda elektron darslik yar

Доказательный фрагмент

«Maqolada masofaviy ta'lim orqali talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish, xorijiy (ispan) tillarni zamonaviy multimedia vositalari orqali oʻqitishning samarasi haqida toʻxtalib oʻtilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada masofaviy ta'lim orqali talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish, xorijiy (ispan) tillarni zamonaviy multimedia vositalari orqali oʻqitishning samarasi haqida toʻxtalib oʻtilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zamon, talaba, electronic textbook, учиться, слово, proposition, time, knowledge, студент, soʻz, word, время, elektron darslik, reading, predlog, знание, bilim, предложение, oʻqish, student, Электронный учебник
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники