Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Musiqa madaniyati darslarida tinglash faoliyatini rivojlantiruvchi innovatsion texnologiyalar
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Наука и инновации · 2026
Аннотация
Maqolada o‘quvchilarda tinglovchilik madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashuvchi innovatsion pedagogik texnologiyalar samaradorligi borasida eksperimental tadqiqot natijalariga asoslangan ilmiy xulosalar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: tinglovchilik madaniyati, hissiy ta’sir, badiiy mazmun, ifoda vositalari, badiiy obraz, intonatsiya, musiqa folklori. Amalga oshirilgan tadqiqot doirasidagi tajriba mashg‘ulotlarida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi quyidagi pedagogik shartlarni amalga oshirish bilan ta’minlandi; madaniy-ma’rifiy muhit yaratildi – ya’ni ta’lim, kommunikativ va aks ettirish imkoniyatlari faollashtirildi; musiqa asarlarining mazmunini o‘zlashtirishga va musiqa asarlarida o‘z ma’naviy-axloqiy g‘oyalarini mujassamlashtirishga imkon beradigan sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tadbirlarda qatnashish uchun mustaqil tanlovi rag‘batlantirildi, musiqa asarlarini tinglash jarayonida atrofdagi tengdoshlari bilan birgalikda fikrlash, his qilish, tajriba to‘plash kabi ma’naviy hamkorlik muhiti tashkil etildi [1, 151-152]. Albatta, bu borada mavjud xorijiy tajriba ham nazarda tutilganligini ta’kidlash o‘rinli. Musiqaning bilish funksiyasi B.V.Asafev ta’biricha, psixologizm, hissiy ta’sir bilan bog‘liq, bunda ma’naviy faoliyat tarzidagi musiqaning ahamiyati namoyon bo‘ladi [2, 23]. Shu bois, tinglashda hissiy ta’sir xususiyatlariga asosiy e’tibor qaratildi. Jumladan, “O‘zingni angla” texnologiyasi tinglash ko‘nikmalari asosida 5-sinf o‘quvchilarining o‘z-o‘zini tarbiyalash va hissiy kechinmalari doirasini kengaytirish, musiqadagi badiiy mazmunni to‘laqonli anglash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llanildi. O‘quvchilarga savolnoma tarqatildi va turli xarakterdagi musiqa asarlarini tinglash barobarida o‘quvchilarga ular badiiy tabiati doirasiga kirmaydigan kechinmalar borasida so‘zlab berish taklif qilindi, bu o‘quvchi shaxsining emotsional imkoniyatlarini boyitish orqali musiqiy tinglovchilik madaniyati rivojlanishi omiliga aylanadi. Konsertda yoki musiqiy yozuvni tinglash jarayonida shaxs maqbul tinglash tayyorgarligi holatida bo‘lishi zarur. Ushbu holat sportdagi singari 3 ta muhim parametr - jismoniy, hissiy va aqliy jihatdan namoyon etiladi. Ommaviy tinglash (konsert, badiiy musiqiy tadbir va boshq.) jarayonida o‘quvchi asarda ifodalangan badiiy voqelikni tasavvur qilishi va unga kechinma, kayfiyat hamda hissiyotlarini moslashtirishi talab etiladi. Bu texnologiya vositasida 5-sinf o‘quvchilarida “Dastlabki 152 emotsional baho va baho-hukmlar”, “Musiqaning ifoda vositalarini anglash va farqlash”, shuningdek, “Badiiy obraz xarakteri o‘zgarishini farqlash” ko‘nikmalari shakllanishiga erishildi. “Musiqiy loto” texnologiyasida tinglangan musiqa asarini tahlil etish orqali o‘quvchilarda badiiy mazmun va ifoda vositalarining bir-biriga aloqadorligi haqidagi tasavvurlar shakllantirildi. O‘quvchilar sinf doskasida tinglangan musiqa asaridagi ifoda vositalarini ramziy belgilovchi rasmli kichik kartochkalarni joylashtirishdi. Ushbu jarayonda rasmli kichik kartochkalar shunday tanlandiki, u mustaqil intonatsion-eshitish bilan bog‘liq musiqaning mohiyatidan, intonatsion-tovush shaklidan va bolalarning musiqiy faoliyati imkoniyatlaridan kelib chiqishiga erishildi. Musiqa darslarida eshitish- ko‘rish (audiovizuallik) birligiga rioya etish maqsadga muvofiqdir. Musiqani “kuzatish”, avvalo eshitish taassurotlarining kuchayishiga, musiqa orqali hayotiy tajriba va bilimlarning oshishiga, “Tanish kuylarni bilib olish”, “Interval va ladni eshitish imkoniyatlari namoyon etilishi”ga ko‘maklashadi. “Rolli tayyorgarlik” texnologiyasi orqali 5-sinf o‘quvchilari o‘z shaxsiy sifatlarini mavhumlashtirib, ommaviy tinglash paytida tajribali kishi obraziga kirishdi va shu obraz timsolida musiqa tinglashdi. Mazkur texnologiyani qo‘llash jarayonida o‘quvchilarda idrokning davomiyligi, asarni yoki parchasini oxirigacha tinglash hamda musiqaning go‘zalligini tan olish ko‘nikmalari shakllanib borishi kuzatildi. “Taqqoslash” muhim va ta’sirchan texnologiyalardan biri sifatida 5-7 sinflarda, o‘qitishning barcha jarayonlari va bosqichlarida qo‘llanildi. Nisbatan keng bo‘lmagan nazariy tayyorgarlik va tajribaga ega o‘quvchilar bilan ishlashda ushbu metod tinglovchilik ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda, badiiy obraz xarakteri o‘zgarishini farqlashda keng imkoniyatlar yaratganligi kuzatildi. “Kuzatuvchanlikni shakllantirish” texnologiyasi vositasida 7-sinf o‘quvchilarida musiqa tinglash jarayonining borishini kuzatish orqali musiqani chuqur idrok etish amalga oshirildi. Mazkur ta’limiy jarayonda o‘quvchilar musiqadagi turli hodisalarni tenglashtirish, taqqoslash va ma’lum xulosalarga kelishlari uchun imkoniyat yaratildi. Bu kabi faoliyat shakli, ya’ni, musiqani mustaqil tarzda o‘zlashtirish, idrok etish o‘quvchilarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchi va imkoniyatlarini oshirganligi, tinglangan musiqani talqin qilishlari uchun badiiy tafakkuriga ichki erkinlik bag‘ishlaganligi kuzatildi. Tinglash faoliyatini samarali ta
Доказательный фрагмент
«Maqolada o‘quvchilarda tinglovchilik madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashuvchi innovatsion pedagogik texnologiyalar samaradorligi borasida eksperimental tadqiqot natijalariga asoslangan ilmiy xulosalar bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada o‘quvchilarda tinglovchilik madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashuvchi innovatsion pedagogik texnologiyalar samaradorligi borasida eksperimental tadqiqot natijalariga asoslangan ilmiy xulosalar bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- The translation of the text into English is: audience culture, emotional impact, means of expression, intonation, artistic content, художественное содержание, фольклорная музыка, music folklore., интонация, artistic image, badiiy mazmun, ifoda vositalari, художественный образ, hissiy ta’sir, badiiy obraz, эмоциональное воздействие, intonatsiya, tinglovchilik madaniyati, средства выражения, musiqa folklori, гражданская культура
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024