К содержанию
РецензированоUZ2013

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida ta’lim sifati monitoringi va uning samaradorligini oshirish

Tashbayev Naim Sadikovich

Наука и инновации · 2013

Аннотация

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim sifati monitoringi samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va ta’lim tizimini takomillashtirish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishni optimallashtirish, pedagog kadrlar bilan uslubiy ishlar samaradorligini oshirish, maktabgacha yoshdagi bolalar hamda ularning ota-onalarining imkoniyatlarini batafsil o‘rganish kabi ilmiy nazariy fikrlar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: monitoring, tahlil, pedagogik tashxisi, pedagogik monitoring, ta’lim sifati, maktabgacha ta’lim, tashkilotlar, MTT. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini (MTT) boshqarishni optimallashtirish uchun pedagog kadrlar bilan uslubiy ishlar samaradorligini oshirish zarur. Ushbu turdagi ish tashxisga asoslangan bo‘lsa, pedagogik jarayonni optimallashtirish mumkin bo‘ladi, chunki bunday asos maktabgacha yoshdagi bola va ota-onalarning ehtiyojlarini, har bir tarbiyachining va butun jamoaning 134 imkoniyatlarini batafsil o‘rganishni o‘z ichiga oladi va bu esa amalga oshiradi pedagogik mahoratni, kasbiy malakasini oshiradigan, pedagoglarning ijodkorligini rag‘batlantiradigan uslubiy ishlarning eng samarali shakllari, usullari va uslublarining to‘plamini aniqlashga imkon beradi. Tarbiyachining pedagogik faoliyatini o‘rganib, uning maktabgacha yoshdagi bolalarning turli xil ish faoliyatini (mehnat, o‘yin, badiiy va teatrlashtirilgan o‘yinlar) tashkil etish va o‘tkazish qobiliyatini, nutqini rivojlantirish qobiliyatini, u bilan muloqot qilish fazilatlari va ko‘nikmalarini baholash zarur. Ilmiy va nazariy bilimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar pedagogik xodimlar malakasini oshirishga yordam beradi. Ta’lim jarayoni menejeri, pedagogga tashxis qo‘yish, amaliy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy asos ekanligini tushunishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish tashxisi metodist tomonidan kuzatilishi va pedagog pedagogik jarayon tashxisi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi hamda pedagogning ijodkorligi va erkinligi rag‘batlantirilishi lozim. Maktabgacha ta’lim tizimining zamonaviy pedagogik xodimlari (ta’lim jarayonining menejerlari) rivojlanishning psixologik-pedagogik tashxisi, ota-onalarning pedagogik madaniyatini o‘rganish, o‘zlarining kasbiy va psixologik faoliyatlarini mustaqil tashxis qilish usullarini; maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim sharoitlarini baholash qobiliyatini o‘zlashtirishlari kerak. Ta’lim jarayoni va uni o‘zida mujassam etgan pedagogik tizimning sifati va samaradorligini menejment, uning tamoyillari, usullari, tashkiliy shakllari va texnologik metodlari to‘plami ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida "boshqaruv" tushunchasi "menejment"ga aylantiriladi. Boshqarishning o‘ziga xos xususiyati bozor ehtiyojlariga, ishlab chiqarish sifatini doimiy oshirishga, qaror qabul qilish erkinligiga, strategik maqsadlar va dasturlarning ustuvorligiga qaratilgan [1]. Maktabgacha ta’lim tizimi faqat uning rivojlanishiga tizimli yondashish sharti bilan samarali va jadal ishlashga qodir. Avvalo, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish uchun me’yoriy bazani yaratish kerak. Ta’lim sifati monitoringi samaradorligini oshirish deganda asosiy sifat mezonlarini aniqlashga, rivojlanish maqsadli yo‘nalishlarini ifodalashga va maktabgacha ta’lim sifatini oshirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan boshqaruv qarorlari tizimi tushuniladi [2]. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim sifati monitoringini samaradorligini oshirish deganda asosiy sifat mezonlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Ular qo‘yidagicha: 1.Analitik (tahliliy) faoliyat mezonlariga; 2.Informatsion faoliyat mezonlariga; 3.Tashkiliy-metodik faoliyat mezonlariga. Maktabgacha ta’lim tashkilotining boshqa ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro aloqalarining tarmoq shakli jamiyat resurslari hisobidan ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirishning istiqbolli usuli bo‘lib, tarmoqning o‘zaro ta’siri jarayonida ta’lim sifatini oshirish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi. Maktabgacha ta’lim sifatini oshirishning muhim jihati xizmat iste’molchilarining talablarini inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘lishi kerak. Ushbu mezonni ko‘rib chiqishda xizmatning asosiy buyurtmachilari aniqlanishi kerak. Xususan: Birinchi buyurtmachi rolini, o‘sib kelayotgan fuqarolarda keyingi rivojlanish uchun ma’lum shart- sharoitlarni shakllantirishdan manfaatdor bo‘lgan davlat o‘ynaydi. Ikkinchi asosiy buyurtmachi – bu maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-onalaridir. Maktabgacha ta’lim tizimida ota-onalarning maktabgacha ta’lim xizmatlaridan mamnunligini baholash usullari mavjud. Maktabgacha yoshdagi bolalar oilalarining so‘rovlarini aniqlash va ularning fikrlarini maktabgacha ta’limni rivojlantirishni strategik rejalashtirishda hisobga olish uchun monitoringni tizimlashtirish zarur. Uchinchi buyurtmachi – bu maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zlaridir. Davlat maktabgacha ta’lim standartiga muvofiq,

Доказательный фрагмент

«Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim sifati monitoringi samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va ta’lim tizimini takomillashtirish haqida ma’lumotlar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim sifati monitoringi samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va ta’lim tizimini takomillashtirish haqida ma’lumotlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
refleksivlik, tahlil, fikrlash, yondashuv, rivojlanish, o'rganish, amaliyot, analysis, tashkilotlar, педагогический мониторинг, школьное обучение, MTT, organizations, monitoring, педагогическая диагностика, TPD, анализ, maktabgacha ta’lim, pedagogical monitoring, pedagogik monitoring, pedagogik tashxisi, ta’lim sifati, МЦК, primary education, pedagogical diagnosis, качество образования, организации, educational quality, мониторинг
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники