К содержанию
РецензированоUZ2026

Talabalarda kasbiy mobillik va o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rivojlantirish komponentlari

Муяссар Низамова (Наманганский государственный университет)

Наука и инновации · 2026

Аннотация

Talabalarning kasbiy mobilligini rivojlantirish, pedagogik jarayonlarni kasbiy mobillik asosida tashkil etish, boshqarish va ta’limning mazmunini hamda didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish doimo muzokarali masala sanalgan. Talaba-yoshlarga kasbiy mobillikni rivojlantirish va uning mohiyatini anglatishda personalni boshqarish fanini o‘qitish zaruriyatini taqozo etadi. Shu bois, ushbu maqolada bo‘lajak menejerlar kasbiy mobilligini rivojlantiruvchi komponentlar yoritildi. 126 Kalit so‘zlar: kasbiy mobillik, bo‘lajak menejerlar, talaba-yoshlar, mobillikni rivojlantirish, pedagogik mexanizmlar, didaktik imkoniyatlar, innovatsion yondashuvlar. Yosh rahbar kadrlarni, salohiyatli boshqaruvchilar sifatida tayyorlash va tanlash, ularni o‘z o‘rniga qo‘ya olish jarayoni ta’lim tizimining eng dolzarb masalasidir. Bo‘lajak menejerlarni ta’lim boshqaruviga tayyorlash, yanada aniq vazifa sifatida kasbiy mobillikni rivojlantirishning eng oliy mezoni, tajribadan o‘tgan natijalarga tayangan xolda strategik burilishni ta’minlash mumkin. Kasbiy mobillikni tadqiq qilish, o‘rganish, uning ta’riflari, tarkibiy qismlari va uslubiy yondashuvlari xilma- xildir. Ilmiy manbalarda kasbiy mobillikni kasbiy rivojlanish bo‘yicha boshqa faoliyatga muvaffaqiyatli o‘tish yoki ish turini o‘zgartirish qobiliyati sifatida izohlangan. Bunday mobillik umumlashtirilgan kasbiy texnikalar tizimiga ega bo‘lishni, ularni tegishli sohalarda har qanday vazifalarni bajarish uchun samarali qo‘llash qobiliyatini va yuqori darajadagi kasbiy bilimni, muammolarni hal qilishning maqbul usullarini tezkor tanlash hamda amalga oshirishga tayyorlikni anglatadi. Mobillik, asosan, faoliyatning namoyon bo‘lishida o‘rganiladi, biroq, integral xususiyat sifatida uni ikki jihatda – salohiyat va shaxsning haqiqiy harakatchanligi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Mobillik har doim subyektning faoliyatida namoyon bo‘ladi [5]. Bu motivatsion komponentning rivojlanish dinamikasi bilan bog‘liq bo‘lib, ichki resurslarni safarbar qilishida aks etadi. Ular: faoliyat, aqliy, irodaviy, kognitiv-kontent, kompetensiya jarayonlariga asoslangan. Mobillikni faqatgina shaxsning jismoniy harakatchanlikka bo‘lgan qobiliyati emas, balki uning psixologik xususiyatlari, fikrlashi va hissiy jarayonlardagi harakatchanligi sifatida ham izohlashimiz lozim. Mobillik tushunchasi dastlab o‘tgan asrning boshlarida amerikalik sotsiolog olim P.A.Sorokin tadqiqotlarida uchraydi. Uning fikricha mobillik “insonning yoki ijtimoiy obyektning ma’lum bir ijtimoiy vaziyatdan boshqasiga ko‘chishi”ni ifodalaydi [9]. Tadqiqotchi individual va guruhli ijtimoiy mobillikni tadqiq qilish asnosida ularni vertikal va gorizontal turlarga ajratadi. Mazkur tushunchaning vujudga kelishini dunyo miqyosida inson maqomining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar sifatida ifodalash zaruriyati, deb qayd etadi. P.A.Sorokinning tadqiqotlari keyinchalik ko‘plab sotsiolog olimlar tomonidan davom ettirildi hamda mobillikning inson kapitalining boyishiga, uning shaxsiy rivojlanish, yangi bilimlarni egallashi va almashishi, tillarni o‘rganishi, madaniyatlararo ko‘nikmalarini rivojlantirishi orqali hayotda o‘z o‘rnini topishi va ish joyi bilan ta’minlay olish darajasida ko‘mak berishiga e’tibor qaratdilar. Ular, mobillik tushunishchasiga – ta’lim vositasi, sharti yoki omili sifatida qarash imkoni ekanligini ta’kidlaydi. So‘ngi yilllarda mobillik bo‘yicha qator tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda va olimlar tomonidan mobillik tushunchasiga izohlar va ta’riflar berib o‘tilgan. Jumladan, L.V.Goryunova kasbiy mobillikning nazariy modelini ishlab chiqdi. Uning fikricha, kasbiy mobillik modeli shaxsning ta’lim sohasida kasbiy kompetensiyalardan iborat yaxlitlik, o‘zgarishlarga tayyorlik va faollik kabi sifatlardan tarkib topishidir [3]. Tadqiqotchi zamonaviy dunyoning “yuqori darajadagi turbulentlik” [2] sharoitida o‘qituvchi uchun uzluksiz o‘qish va qayta o‘qish, o‘zgarishlarga tezkor moslashish, mustaqil ravishda o‘z mavqeini oshirib borishni boshqarish imkonini beruvchi tuzilma va qobiliyatlarning muhimligini asoslaydi. Ta’limning konseptual asoslarida kasbiy mobillikni o‘zida rivojlantirgan pedagog mutaxassislarga nisbatan bir qator vaziflar qo‘yilgani, ijtimoiy jamiyatning taraqqiy etishida va yoshlar t’lim-tarbiyasini to‘g‘ri tizimlashtirishni tashkil etish hamda boshqarishda bo‘lajak menejerlarning kasbiy mobilligini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois pedagogik jarayonlarda mobillik, mutaxassis kadrlarning kasbiy xususiyatlarini - mobilligini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish zaruriyati dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mobillikning "mobil shaxs", "shaxsiy mobillik", "professional mobillik" tushunchalari aniq ishlab chiqilgan va o‘zaro bog‘langan to‘g‘ri tizimli uslubiy jihati yo‘q. Shu bois bu masalaning hal qilinishida qiyinchiliklar mavjud. Rossiyalik olim T.Yu.Artyuxova – shaxsiy mobillikni faollik, ochiqlik va o‘z-o‘zini anglash istagi kabi xususiyatlarga ajratib, bu xususiyatlar o‘zgaruv

Доказательный фрагмент

«Talabalarning kasbiy mobilligini rivojlantirish, pedagogik jarayonlarni kasbiy mobillik asosida tashkil etish, boshqarish va ta’limning mazmunini hamda didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish doimo muzokarali masal…»

Образец извлечения

Демо-превью

Talabalarning kasbiy mobilligini rivojlantirish, pedagogik jarayonlarni kasbiy mobillik asosida tashkil etish, boshqarish va ta’limning mazmunini hamda didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish doimo muzokarali masal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kasbiy mobillik, didaktik imkoniyatlar, педагогические механизмы, инновационные подходы., студенты-молодежь, didactic opportunities, mobillikni rivojlantirish, students-youth, future managers, bo‘lajak menejerlar, professional mobility, pedagogik mexanizmlar, talaba-yoshlar, innovative approaches, Профессиональная мобильность, дидактические возможности, будущие менеджеры, развитие мобильности, innovatsion yondashuvlar, pedagogical mechanisms, developing mobility
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники