К содержанию
РецензированоUZ2026

Talabalar kasbiy intuitsiyasi va oriyentatsiyasini ijtimoiy kompetentlik asosida rivojlantirish

KOMPETENTLIK ASOSIDA RIVOJLANTIRISH · Ibroximov Maqsadjon Axmedovich

Наука и инновации · 2026

Аннотация

Maqolada, professonal ta'lim yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish muammosi yuzasidan olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning mazmun va mohiyati izohlangan. Shaxs ijtimoiylashuvida oliy ta'lim muassasalarining didaktik imkoniyatlarini ta'minlashga oid fikrlar yoritilgan. Shuning bilan birga professonal ta'lim yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari tavsiflangan. Kalit so‘zlar: professonal ta'lim, bo‘lajak o‘qituvchilar, ijtimoiylik, kompetentlik, rivojlantirish, tadqiqotlar. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak professonal ta’lim o‘qituvchilarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish masalalari zamonaviy davrning dolzarb muammolaridan sanaladi. Ijtimoiy kompetentlik ijtimoiy muhitda shakllantiriladi. Ijtimoiy muhitsiz ushbu maqsadni amalga oshirish murakkab jarayon hisoblanadi. Yoshlarning ijtimoiy kompetentligi, deganda ularning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda, mustaqil ishtirok etishlari, zarur bo‘lganida, ijtimoiy munosabatlarni o‘zgartirishga tashqaridan bo‘ladigan bosimsiz ko‘maklashishga intilishlari tushuniladi. Mas’uliyat ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlardan sanaladi. Ijtimoiylashuvning mas’uliyat hissiga bog‘liq yo‘nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsad va ideallardir. Ular shaxsni kelajakni bashorat qilish, ertangi kunini tasavvur qilish va uzoq-yaqinga mo‘ljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorligini ta’minlaydi. Maqsad va rejasiz inson ma’naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsad doimo o‘zining anglanganligi va shaxs real imkoniyatlariga bog‘liqligi bilan xarakterlanadi. Ularning shakllanishi va ongda o‘rnashishida ma’lum ma’noda ideal ham rol o‘ynaydi. Inson shaxsi taraqqiyoti bo‘yicha jahon ilmida to‘plangan nazariy qarashlar hamda tadqiqot tahlillari shuni ko‘rsatadiki, birinchidan, inson shaxsida ijtimoiylik, eng avvalo, jamoada, ma’lum faoliyat turlarida shakllanadi. Ikkinchidan, talabalik davri ijtimoiy kompetentlik hamda turli axloq normalarini namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar davri bo‘lgani sababli, yoshlar orasida ustuvor faoliyat hisoblangan ta’lim jarayoni muhim omil hisoblanadi. Uchinchidan, ijtimoiy tasavvurlar ijtimoiy borliq mazmunini individual borliq bilan bog‘lovchi ko‘prik vazifasini o‘taydi. Jamiyatlarning har tomonlama keskin yuqori texnik taraqqiyoti davrida aynan talaba-yoshlar kasbiy intuitsiyasi va oriyentatsiyasi muhim omilga aylanadi. Bugungi kunda kasbiy ijtimoiylashuv tushunchasining mazmuni kundan kunga yangi, innovatsion tushunchalar bilan boyib bormoqda hamda mazkur yangilangan mazmunni ta’lim va tarbiya tizimining barcha bosqichlariga singdirish va ta’lim- tarbiya jarayoniga joriy etish zarur. Ammo bugungi kunga qadar oliy ta’lim muassasalari professonal ta’lim yo‘nalishi talabalarining ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari masalasi ilmiy tadqiqot obyekti qilib o‘rganilmagan. Professonal ta’lim yo‘nalishi talabalarining ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish natijasida ular jamiyatdagi turli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatlarni to‘g‘ri tahlil qila bilish va boshqarish, bugungi kun hamda kelajak uchun ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. Talabaning jamiyat hayotiga integratsiyasi bir qator ehtiyojlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy muhit va talablar bilan bog‘liq bo‘ladi. Jamiyatda mavjud kasbiy ehtiyojlar, muammolar, talablar va imkoniyatlarga nisbatan talabalar tafakkurini mos rivojlantirish ta’lim muassasasidagi professonal ta’lim yo‘nalishi talabalarining ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning bosh vazifasi hisoblanadi. Ijtimoiylashuv mazmuni tabiiy ravishda jamiyatdagi o‘zgarishlarga bog‘liq ravishda transformatsiya jarayonlaridan o‘tadi. Zamonaviy jamiyatlarda esa globalizatsiya, integratsiya, unifikatsiya, mehnat resurslarining migratsiyasi, axborot kommunikatsiya jarayonlarining barcha jamiyatlar tarkibiga keng kirib borishi, ilmiy-texnik taraqqiyot, texnogen rivoj, ijtimoiy va madaniy hayotning haddan tashqari rang-barangligi, uzluksiz axborot oqimining keng va barcha hududlarga 125 tarqalishi, ijtimoiy-siyosiy shaffoflik talabi, ommaviy madaniyatning salbiy ta’siri, zamonaviy yoshlarning yangilangan madaniy, mafkuraviy, ijtimoiy muhitda o‘sib, shakllanib borayotganligi, ularning talab-ehtiyojlari esa mana shu ko‘p qirrali ijtimoiy makon sharoitida shakllanayotganligi, ularning faqat ularga xos bo‘lgan ijtimoiy-madaniy qadriyatlarining paydo bo‘layotganligi, ular ba’zi xollarda ijtimoiy makon talablarini inkor etish yo‘lidan ketayotganligi bilan bog‘liq ravishda katta o‘zgarishlar vujudga kelmoqda. Shuningdek, shaxs ijtimoiylashuvida ham ma’lum mazmuniy hamda tizimli o‘zgarishlar yuzaga kelmoqda. Tadqiqotimiz mavzusidan kelib chiqqan holda, shunday xulosaga kelishimiz mumkin – professonal ta’lim yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish orqali ma’lum kasbiy normalar qabul qilingan ijtimoiy sotsiumning tarkibiy qismiga, uning teng huquqli a’zosiga ayla

Доказательный фрагмент

«Maqolada, professonal ta'lim yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish muammosi yuzasidan olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning mazmun va mohiyati izohlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada, professonal ta'lim yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish muammosi yuzasidan olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning mazmun va mohiyati izohlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
future teachers, социализация, исследования, bo‘lajak o‘qituvchilar, professional education, будущие учителя, компетентность, tadqiqotlar, ijtimoiylik, professonal ta'lim, development, профессиональное образование, kompetentlik, socialization, competence, rivojlantirish, research, развитие
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники