Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОСОБЕННОСТИ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ТРУДА НАМОДНИКОВ
O’razliyeva Rushana Abduvahob qizi
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article talks about the special features of the legal regulation of the labor of domestic workers, types of domestic farming. Key words: Homemaking, types of homemaking, hat making, blacksmithing, atlas and adraz weaving, making national jewelry, kandakorry. ОСОБЕННОСТИ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ТРУДА НАМОДНИКОВ Аннотация. В данной статье говорится об особенностях правового регулирования труда поселенцев, видах приусадебных хозяйств. Ключевые слова: Домашнее хозяйство, виды домашнего хозяйства, шляпное дело, кузнечное дело, плетение атласа и адраза, изготовление национальных украшений, кандакорры. Hozirga kunda iqtisodiy adabiyotlarda kasanachilik va uning mazmuni, uni yuritishning oʼziga xos xususiyatlarini asoslab berishga xarakat qilingan bir qancha qarashlar mavjud. Baʼzi adabiyotlarda kasanachilikga “uy ishi” tushunchasi deb ta’rif beriladi. Mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxs (kasanachi) tomonidan o‘z yashash joyi bo‘yicha yoki kasanachiga yoxud uning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan yoki kasanachi tomonidan ijaraga olingan boshqa xonalarda ish beruvchining buyurtmalari bo‘yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshiriladigan ish kasanachilik hisoblanadi. O‘n olti yoshga yetgan shaxs kasanachi bo‘lishi mumkin. Hozirgi zamonda aholini samarali bandligini taʼminlash, yalpi ichki mahsulot hajmini koʼpaytirish va oila byudjeti daromadini oshirish muammosini hal etishda kasanachilikni oʼrni beqiyosdir. Kasanachilik yurtimizda fuqarolarni, birinchi navbatda xotin-qizlarni, ayniqsa koʼp bolali ayollarni, yordamga muhtoj nogironlar va mehnat qobiliyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda. Yirik sanoat korxonalarida boshqa tarmoqlardagi yirik korxonalar va kichik sanoatkor xonalari bilan kasanachilik oʼrtasidagi kooperatsiyani rivojlantirishning asosiy maqsadi aholining ish bilan band boʼlmagan qismini ish bilan taʼminlash orqali ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada barqarorlashtirishdir. 7 17 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kasanachilik amalga oshirish uchun kasanachida bino yoki turar joy mavjud bo’lsa uning faoliyatiga ruhsat beriladi. Quyidagilarni talab qiladigan ishlarni kasanachi tomonidan (xizmatlarni) bajarishiga yo‘l qo‘yilmaydi: -qonunchilikda belgilangan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya; -uyda kuch ishlatilanadigan, ko‘p energiya sarflanadigan va texnik jihatdan murakkab asbob-uskunalardan, shuningdek xavfli kimyoviy vositalardan foydalanishni; Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari jadal surʼatlar kechayotgani ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar umuman aholining ijtimoiy muhofaza qilishni, jumladan, korxonalar negizida kasanachilikni tashkil etish va ularni faoliyatini rivojlantirish ularni muhofaza qilishni nihoyatda muhim vazifalardan biriga aylantirdi. Bunday oʼzgarishlar fuqarolarning ijtimoiy muhofazalanishini kuchaytiradi, ikkinchi tomondan esa, inson faoliyatining ayrim muhim tomonlarida ijtimoiy muhofaza qilish boʼyicha koʼproq kuch sarflanishini: ishsizlikdan, inflyatsiyadan, kasanachilik orqali aholini ish bilan bandligining va boshqa iqtisodiy koʼrsatkichlarini yuqori bosqichlarga olib chiqadi. Aholining kasanachilik bilan shug’illanmoqchi bo’lgan qismi bilan ham mehnat shartnomasi tuziladi. Ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasida mehnat vazifasi, mehnatga haq to‘lash, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni qabul qilish, kasanachi tomonidan o’z vazifalarini amalga oshirish uchun asbob-uskunalar, jihozlar, butlovchi buyumlar, xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni berish tartibi, kasanachining aybiga bilan materiallar, uskunalar, asboblarning buzilishi, va mahsulotning to‘liq yoki qisman yaroqsizligi bilan bog‘liq moddiy zararning o‘rnini ish beruvchiga qoplash shartlari kiritiladi. Kasanachi ishlab chiqarish topshirig‘ining qancha vaqt talab qilishiga qarab mehnat shartnomasidagi shartlardan kelib chiqqan holda o‘zi uchun ish vaqti davomiyligini, ish jadvalini va tartibini mustaqil ravishda belgilashi mumkin. Kasanachining yillik mehnat ta’tili davomiyligi yigirma bir kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak. Kasanachiga to’lanadigan ish haqi kasanachi mehnat normalarini va mehnat majburiyatlarini bajarsa, qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak va biron-bir eng yuqori miqdor bilan cheklanmaydi. Kasanachilikning turlari: 1. Qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to‘qish 2. Uy sharoitida loydan tandir tayyorlash 3. Atlas va adras to‘qish 4. Mayda munchoq (biser) tikish 5. Do‘ppido‘zlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash 6. Temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash 7. Asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash 8. Quroqchilik usul
Доказательный фрагмент
«This article talks about the special features of the legal regulation of the labor of domestic workers, types of domestic farming.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the special features of the legal regulation of the labor of domestic workers, types of domestic farming. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Homemaking, types of homemaking, hat making, blacksmithing, atlas and
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024