Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Yosh mutaxassislarni rahbarlik faoliyatiga tayyorlash omillari
Sattarova Dilfuza Erkinbaevna
Наука и инновации · 2026
Аннотация
Maqolada yosh mutaxassislarning boshqaruv faoliyatiga tayyorlash zarurati aks ettirilgan. Unga asosan talabalik davridan boshlab rahbarlik uchun zarur bo‘lgan fazilatlar va sifatlarga yoshlar o‘z vaqtida tayyorlab borish maqsadga muvofiqdir. Kalit so‘zlar: boshqaruv, rahbarlik, kadr, faollik, jamiyat, shaxs, menejment, qadriyat. Davlat va jamiyat hayotida boshqaruv mahoratining muhim omili, bu kadrlar siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri – kadrlarni tayyorlashb ularni o‘qitishb qayta tayyorlashb malakasini oshirishb ularning karerasibilan bog‘liq vazifalarni hal qilish, kadrlarni yoshartirish, ularni irag‘batlantirish yo‘llarini aniqlash bilan bog‘liq. Kadrlar siyosati mamlakatdagi ijtimoiy munosabatlar rivojini o‘zida ifodalashi lozim. Rahbar faol bo‘lmasa, jamiyatda ijtimoiy faollik shakllanmaydi. Jamiyatning barcha taraqqiyoti davomida inson ruhiyatini o‘rganish va boshqarish psixologiyaning amaliy vazifalaridan hisoblanib kelgan. Ta’lim tizimi rahbarlariga qo‘yiladigan talablar kundan-kunga ortib bormoqda. Ular ichida eng muhimlari “ijtimoiy psixologik diagnostika; guruhlarda o‘zaro shaxsiy munosabatlar; rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish; kadrlarni boshqarish tizimini axborot bilan ta’minlash; rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash va tanlash; kadrlar potensialini va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish; kadrlar marketingi; rahbarlarning kasbiy va ijtimoiy psixologik moslashuvi (ko‘nikishi); mehnat jarayonidagi motivlar va ularning sabablarini aniqlash, mehnat psixofiziologiyasi va rahbar professiogrammasini o‘rganish kabi vazifalardir”. Shu boisdan ta’lim muassasasi mutaxassislarini kelgusidagi rahbarlik faoliyatiga ham tayyorlab borishni davrning o‘zi talab qilmoqda. “Boshqaruv - bu kasb faoliyatining alohida turi bulib, u nafaqat tashkilot tizimi maqsadlariga erishishga olib keladi, balki har qanday ijgimoiy tizimning yaxlitligini ushlab turuvchi, uning optimal shakllanishi va rivojlanishini ham ifodalaydi”. “Boshqaruv faoliyati odamlarning boshqaruv sohasidagi qobiliyati, tajribasi, ilmiy bilim va ko‘nikmalari, usullari, vositalari, maqsadga muvofiq xatti -harakatlarini aks ettiradi”. “Menejment - boshqaruvning shunday turiki, u bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarishning iqtisodiy mustaqil bo‘g‘ini uchun juda muhim, u o‘z vaqtida qayta shakllana oladigan, bozor konyunkturasiga, raqobat muhitiga va rivojlanishning ijgimoiy omillariga sezgir, egiluvchan, uddaburon, iqtisodiy va ijtimoiy boshqaruv tizimini anglatadi”. Bugungi kunda samarali rahbarlikka oid quyidagi xislatlar ajratib ko‘rsatiladi: strategik rejalashtirishga moyillikning kuchliligi; ishchilarni, mehnat resurslarini taqsimlash bo‘yicha maqbul va o‘z vaqtida qaror qabul qilish; faoliyat doirasini kengaytirish yoki yuksak tartibda mehnat qilish evaziga o‘z mas’uliyatini oshirishga intilish; xavfli sharoitda ijodiy va ratsional qaror qabul qila olish; o‘z kuchiga cheksiz ishonch; o‘z huquqlarini anglash va mas’uliyatni his qilish; kezi kelganda qurbon berishga ham tayyor turish; muloqot malakalarini mukammallashtirishga intilish; murakkab va inqirozli vaziyatdagi jarayonlarni tahlil etish va intuitiv tarzda bashorat qila olish; mehnatga yuksak qadriyat sifatida qarash va unga butun kuch-g‘ayratni safarbar etish; aybdorni izlash emas, balki muammoni hal etishga intilish, tavakkaldan qo‘rqmaydigan va mustaqil fikrdagi xodimlar bilan ishlash xohishi; amalga oshirilayotgan g‘oya va natijalarni ishlab chiqarishga, joriy etishga xuddi shaxsiy mulkdek qarash. Vaqtni samarali boshqarish bo‘yicha har bir rahbar va xodim yodda tutishi lozim bo‘lgan qoidalar quyidagilardan iboratdir: 1)Vaqtingizni haqiqatan ham juda muhim vazifalarni hal etishga sarflang.2)Kuningizni rejalar bilan to‘ldirib yubormang, belgilangan ishlaringiz orasida tasodifiy va tezkor ishlar uchun oraliqlar qoldiring.3)Muhim (3 tagacha) va ikkinchi darajali (5 tagacha) ishlarni rejalashtiring.4)Kuningizni qiyin, muhim va yoqimsizroq ishlardan boshlang va yakunlashda oddiyroq, yoqimliroq ishlarga o‘ting.5)Vaqtni shoshiltirmang. Ish vaqtidan keragidan ortig‘ini siqib chiqarishga harakat qilmang.6)Agar vaqtingiz bo‘lsa vazifani hal etishga bugunoq kirishaqoling. Muammoni tezroq va batafsilroq hal etishga kirishing. qolgan vaqtni dam olish yoki boshqa ishlarni hal etishga sarflaysiz.7)Vazifani yoki uning bir qismini xodimlarga bo‘lib berish imkoniyatini izlang. 8)Eski ishni tugallab keyin yangisiga kiriishing. Yangi ishni boshlar ekansiz, har qanday sharoitda uni tugatishga 73 ishonchingiz komil bo‘lsin.9)Vaqtingizni oladigan yoki o‘z vaqtini sizning hisobingizga tejaydigan kimsalardan uzoqroq bo‘ling.10) Vaqtni boshqarishga oid qobiliyatlaringizni tahlil qilishga o‘rganing.11) Vaqtning hatto eng kichik bo‘laklarini ham tejang.12) O‘zingizni “harakatsizlikda” ayblayvermang. Rahbar faoliyatida ijodiy tanaffuslar bo‘lib turishi kerak. Rahbar e’tiqodining, yetakchi qadriyatining jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy-siyosiy vazifalar bilan uyg‘unlashga
Доказательный фрагмент
«Maqolada yosh mutaxassislarning boshqaruv faoliyatiga tayyorlash zarurati aks ettirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada yosh mutaxassislarning boshqaruv faoliyatiga tayyorlash zarurati aks ettirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- leadership, rahbarlik, управление, общество, jamiyat, kadr, кадры, руководство, менеджмент, value, personnel, shaxs, menejment, activity, individual, management, qadriyat, личность, boshqaruv, активность, квалификация, faollik, society
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025