К содержанию
РецензированоUZ2020

Oliy ta'lim muassasalarida yoshlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning dolzarb muammolari

RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI (2. Trenholm S., Jensen А. Interpersonal сommunication. – Oxford: University Press, 2004. – 434) · P.f.b.f.d. (PhD) Gulyamova Nadira Gafurovna (2. Trenholm S., Jensen А. Interpersonal сommunication. – Oxford: University Press, 2004. – 434)

Наука и инновации · 2020

Аннотация

Maqolada yoshlarning ijtimoiy pedagogik tafakkurini rivojlantirish va sohaga oid fanlarni o‘qitishning samaradorligini ta’minlashga oid fikrlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: yoshlar, tarbiya, ijtimoiy pedagogik, bilim, rivojlantirish, pedagogik faoliyat, o‘qituvchi, dars. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik mazmundagi iqtisodiy islohotlar, pedagogik ta’limning barcha jabhalarini modernizatsiyalash masalasi bilan o‘zaro bog‘liqdir. Muammoning dolzarbligi shundaki, davr yoshlari chuqur bilim olish zaruriyatini, fan o‘qituvchilaridan ijtimoiy fanlar asosida berilayotgan ta’limning sifatini yanada takomillashtirish zaruriyatini talab qilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana ulug‘ ajdodimiz nima deb yozganlar: “Xalqning aniq maqsadi sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikdan olgan tarbiyalariga bog‘liq”” [1]. Ta’limdagi islohotlar ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini yuksaltirish zaruriyati bilan birga ilmiy asoslangan metodik usullardan foydalanishni ham taqoz etadi. Ayniqsa, o‘quv fan dasturlari asosida o‘qitiladigan darslarning sifatini oshirishga alohida e’tibor berilish zarur. Dars davomida talabalar ijtimoiylashuvni yuksaltirish masalasiga innovatsion usulda yondashilishi va ta’lim mazmunini ilmiy, ijodiy, integratsion yondoshilgan fikrlar asosida yoritilishi maqsadga muvofiqdir. Pedagogikaga oid ijtimoiy fanlarni o‘qitishning samaradorligini ta’minlashda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ijodiy jarayon fan o‘qituvchilari faoliyatining asosiy qismini tashkil etishi darkor. Muammoning yechimiga bunday munosabat ta’lim sifatini oshirish, uzluksiz ta’limdagi islohotlarning chuqurlashuvida har bir pedagogning shaxsiy ma’suliyatini ta’minlash masalasi bilan bog‘liqdir. Ushbu pedagogik faoliyat, o‘qituvchining darsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi, bo‘lajak dars mavzusiga doir qo‘shimcha adabiyotlar bilan yaqindan tanish bo‘lish vazifasini ilgari suradi [3]. Shuningdek, o‘qituvchi darsni tashkil qilishi, uning samaradorligini yuksaltirish uchun zamonaviy ta’limdan, so‘ngi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanish zaruriyatini vujudga keltiradi. 67 Uzluksiz ta’lim tizimida tashkiliy asosini belgilab beruvchi hujjat hisoblangan o‘quv rejasida pedagogikaga oid fanlar doirasida bilimlarni chuqur o‘rgatilishiga alohida e’tibor berilgan. Ijtimoiy fanlar majmuasini o‘rganishdagi asosiy vazifalar sirasiga talabalar ma’naviy, axloqiy, siyosiy madaniyatini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kelajakda milliy iqtisodiyotimizning taraqqiyoti uchun o‘zlarining bevosita ishtirok etishlari, shaxsiy hissalarini qo‘shishlari kabi tushunchalarni shakllantirish vazifasi ham kiradi. Talabalar o‘quv dasturlariga kiritilgan maxsus mavzularni o‘rganishi, ular ustida mustaqil ishlarni bajarishi tufayli mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmunini va maqsadini, fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi ahamiyatini tushunib oladilar. Shuningdek, demokratik va huquqiy davlatning rivojlanish bosqichlari, fuqarolik jamiyati sharoitida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarimizning mohiyati, davlatimizning yoshlar kamolotini ta’minlash uchun olib borayotgan izchil siyosat mazmunini anglagadi. Ushbu darslar samaradorligi, yoshlar demokratik islohotlar chuqurlashuvi sharoitda inson kamoloti, shaxs ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarining yechimi, yoshlar uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni anglab olishi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun pedagogikaga oid ijtimoiy fanlarni o‘rganish jarayonida, yurtimizdagi demokratik islohotlar mazmunini tushuntirishga qaratilgan mavzular o‘quvchilar diqqat markazida bo‘lmoqda. Ta’kidlash lozimki, mavzular mazmuni o‘quvchilar fuqarolik jamiyati rivojlanishi jarayonining ijtimoiy jihatlarini bilib olishlariga yordam bermoqda. Shu jihatdan qaralganda, yoshlarga ijtimoiy pedagogik bilimlar zamonaviy ilmiy, uslubiy manbalar asosida o‘qitilishi ta’lim sifatini ta’minlovchi omillardan hisoblanadi. Yoshlarda ijtimoiy pedagogik bilimlarning rivojlanishi asosida tafakkurining kengayishi, ular shuurida ijtimoiylashuvga oid bilimlar majmuasining qaror topishi muhimdir. Ijtimoiylashuv – shaxsning jamiyat yaratgan bilim va normalarni o‘rganishi hamda xulq-atvorni o‘zlashtirishi orqali ijtimoiy munosabatlarda qatnashishidir [2]. Shuningdek, yoshlar ijtimoylashish jarayonida real

Доказательный фрагмент

«Maqolada yoshlarning ijtimoiy pedagogik tafakkurini rivojlantirish va sohaga oid fanlarni o‘qitishning samaradorligini ta’minlashga oid fikrlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada yoshlarning ijtimoiy pedagogik tafakkurini rivojlantirish va sohaga oid fanlarni o‘qitishning samaradorligini ta’minlashga oid fikrlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘qituvchi, урок, dars, teacher, ijtimoiy pedagogik, knowledge, воспитание, pedagogik faoliyat, rivojlantirish, развитие, young people, педагогическая деятельность, yoshlar, development, pedagogical activity, учитель, знание, tarbiya, upbringing, социально-педагогический, молодежь, lesson, bilim, social pedagogy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники