К содержанию
РецензированоUZ2016

Xorijiy tillarni o‘qitishning motivasion yondashuvlari

Shamshetova Anjim Karamiddinovna

Наука и инновации · 61-64 · 2016

Аннотация

Ushbu ilmiy makolada xorijiy tillarni o‘qitishning motivasion yondashuvlari, ilmiy va amaliy xulosalar keng yoritib berilgan. Xorijiy tillarga bo‘lgan munosabatlarni sabablari va talaba yoshlarda bir tomonlama yo‘nalishga qaratilgan izlanishlar ekanligini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar: xorijiy tillar, motivatsiya, ilmiy tadqiqot ishi, chet tillarga bo‘lgan qiziqishlar, o‘qitish metodikasi. Jamiyatimizda turli soha mutaxassislari o‘z ona tilini mukammal bilish bilan bir qatorda, bir nechta xorijiy tillarni bilishlari va muloqot qila olishlari zarurati kundan kunga ortib bormoqda. Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish va sohani rivojlantirish uchun tizimli ishlarni tashkil etish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2021 yil, 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.. Xorijiy tillarga bo‘lgan yoshlarimizda qiziqishlari yil sayin ortib borishini hisobga olgan holda xorijiy tillarni o‘rganish va o‘qitish tizimini yanada zamonaviy metodlar bilan takomillashtirish hamda chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani oshirish nihoyatda katta rol uynaydi. Bizga ma’lumki, til o‘rganishning va uni o‘rgatishning psixologik o‘ziga xosligi chet tilidagi matnni idrok etish, chet tilidagi so‘zlarni xotirada saqlashi, o‘quvchilar chet tilini o‘zlashtirishi jarayonida ularning o‘zga 35 tildagi tafakkuri kengayib borishini ta’minlashning psixologik jihatlarini bilishni talab qiladi. Professor-o‘qituvchilarimiz xozirgi talabalar xorij tillarini o‘rganishdagi qiziqishlarini, ehtiyojlarini ham bilib borishi lozim. Talabalar xorijiy tillarni o‘zlashtirishdagi maqsadi nima va qiziqishlari, ularning muvaffaqiyatlari haqida fikrlab olishi, kasbiy faoliyatidagi roli va ahamiyatini tushunib borishi lozim bo‘ladi. Shu kungacha chyet tillarini o‘qitish sohasida motivatsiyasi, xorijiy tillarni o‘rganishda psixologik yondashuvlarga oid bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Ulardan psixolog olimlar B.G. Ananev, S.L.Rubinshteyn, V.N.Myasishchev, P.Ya. Galperin, V.G.Aseyev, J. Atkinson, L.I.Bojovich, A.N.Leontiyev, A.Maslou, J.Nutten, Z.Freyd va boshqa olimlar bu muammo bilan shug‘ullangan va rivojlanishiga hissa qo‘shgan. Har qanday tilni o‘rganuvchi chet tilida mustaqil, erkin fikrlash doirasini kengaytirish, suhbat metodlarini qullash va motivatsiya berish, to‘g‘ri ustanovkalarni shakllantirish zarurligini ochib berishgan. Xorijiy tillarni o‘rganishda to‘g‘ri ichki va tashqi motivatsiyalarni qullay olish metodikalarini amaliyotga tadbiq qilish zarur. Xorijiy tillarni o‘rganayotgan jarayonlarda talabalar psixologiyasida, dunyoqarashlarida ham katta o‘zgarishlarni ko‘ramiz. Jumladan, talabalar o‘zlarini qadrlashlarini his qilsalar, bu xavfsiz o‘quv muhitini yaratadi va ularni ishlashga undaydi, chunki ular, ularning fikriga ko‘ra, ularni biladigan va shaxs sifatida hurmat qiladigan kishidan maqtov va qo‘llab-quvvatlashni xohlashadi. Talabalar ingliz tilini bilish XXI asrda muvaffaqiyatli inson uchun zarurat yekanligini tushunadi. Ular zarur bo‘lganda o‘zlarining kundaligiga chet tilini bilganlarida paydo bo‘ladigan imkoniyatlar ro‘yxatini tuzadilar va bu zarur degan xulosaga kelishadi. Tilni o‘rganish vazifasi sezilmaydigan, yumshoq, ammo qat’iyat bilan belgilanadi. Talabalarni kelajak uchun samarali yo‘naltirish, chet tilini o‘rganishdagi muvaffaqiyatlarni, chet tilida so‘zlashadigan mutaxassislarning ish haqi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yoki chet yelga sayohatchilar bilan bo‘ladigan qiziqarli hikoyalarga ham chuqur qiziqishlar bildirishi tabiiy. Psixolog olimlarni o‘rganilgan ilmiy tadqiqotlarda ko‘plab talabalarda tashqi motivatsiya bilan bog‘liq motivatsiya ustunlik qilayotganligini ta’kidlab o‘tib, u esa kelgusi ishlarida qay darajada samaradorlikga erishi haqida ham ilmiy bashoratlarni ko‘rsatib o‘tishadi. Talaba yoshlarni xorijiy tillarni o‘zlashtirishdagi tashqi motivatsiyalari faqat bir tomonlama ekanligi, keyinchalik u kasbiy professional o‘sishidagi rolini, ahamiyatini belgilamasligini to‘g‘ri qabul qilishimiz lozim. Shu sababli motivatsiya tillarni o‘rganishda muvaffaqiyat qozonishning yeng muhim asosidir. Bu talabaning ishlarga jalb qilinishini ta’minlaydigan asosiy harakatlantiruvchi kuchdir. Motivatsiya, birinchi navbatda, talabalarning o‘qitilayotgan fanga qiziqishi va uni o‘rganish istagi va tayyorligi bilan tavsiflanadi. Qiziqish diqqatni jamlashga yordam beradi, dars davomida olingan taassurotlarni oshiradi, o‘rganilgan materialni takrorlashni rag‘batlantiradi, shuningdek talabalarning yekstralingvistik bilimlarini boyitadi va shu bilan ularn

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy makolada xorijiy tillarni o‘qitishning motivasion yondashuvlari, ilmiy va amaliy xulosalar keng yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy makolada xorijiy tillarni o‘qitishning motivasion yondashuvlari, ilmiy va amaliy xulosalar keng yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ilmiy tadqiqot ishi, иностранные языки, interest in foreign languages, chet tillarga bo‘lgan qiziqishlar, методика обучения, Foreign languages, научно-исследовательская работа, xorijiy tillar, motivatsiya, мотивация, интерес к иностранным языкам, motivation, scientific research work, o‘qitish metodikasi, teaching methodology
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники