Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O'qituvchining akmeologik yondashuvini rivojlantirishning muxim asoslari
MUXIM ASOSLARI · Maxmudova Dilnoza Xaytmirzayevna
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 1 · 464-465 · 1996
Аннотация
Maqolada ta’lim jarayonida akmeologik yondashuvning o’rni va muxim asoslari keltirilgan. Shu bilan birga, bo‘lajak pedagoglarning fazilatlari va mahoratini rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar yoritilgan. Kalit so’zlar: akmeologik yondashuv, akmeologik pozitsiya, kuzatuv va yondashuv asosida o’zini anglash, pedagogik tajriba. Yurtimizda nafaqat Oliy ta'lim tizimini balki, barcha ta’lim tizimlar xalqaro ta'lim standartlariga uyg‘unlashtirib, oliy ta'limda kadrlar tayyorlash sifatini shu bilan birga, uni raqobatbardoshligini ta'minlash zarur ekanini uqtirilmoqda. Bunda xalqaro amaliyot tajribalariga tayangan holda ish tutib, uni sifat darajasini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini muntazam tadbiq etish joizdir. Respublikamizda oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu esa o‘z navbatida rahbar kadrlarning tashkiliy va boshqaruv faoliyatini yanada murakkablashuvi, mas'uliyati va vazifalarining ortishiga olib keladi. Ta'limning rivojlantirishga qaratilgan turli xil pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar sezilarli ravishda o'zgarmoqda. Yurtimizda ta'limining rivojlanish istiqbollari sharoitida oliy 398 ta'limda bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashga qo'yiladigan talablar ortib bormoqda. Oliy ta’limda bo’lajak o’qituvchilarga ta’lim berih jarayonida o'zini o'zi takomillashtirishga bo'lgan shaxsiy ehtiyojini shakllantirish lozim. Har bir bo’lajak o’qituvchi o’zi xar qanday vaziyatda qaror qabul qilish, doimo o’zini ustida ishlab, kasbiy mahorat va fazilatlarni rivojlantirishi kerak. Buning uchun, oliy ta’lim pedagoglari o’qitishda bo’lg’usi o’qituvchilarning eng yuqori professionallik darajasiga erishishga yordam berish kerak. Bunda akmeologik yondashuv asosida dars berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu o’rinda akmeologik yondashuv tushunchasiga aniqlik kiritsak. Akmeshaxs bu o'zini-o'zi takomillashtira oladigan, o'z-o'zini rivojlantira oladigan, kasbiy faoliyatida eng yuqori cho’qqiga erisha oladigan shaxs tushunuladi. Bir gurux olimlar bo'lajak o'qituvlarchining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirish muammosini hal qilishning nazariy g'oyalarini o’rganib, taxlil qildi. Bular B.G.Ananyev, A.G.Asmolov, A.V.Petrovskiy va boshqalardir. Professional akme tushunchasini esa A.A.Bodalev, A.A.Derkach, A.K.Markova va boshqalar fanga nazariy jixatini ochib berdi. Biroq, ta’lim berish amaliyotida bo'lajak o'qituvchining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirish yo’llari to'liq keltirmagan. "Akmeologiya" qadimgi yunon tilidan olingan Acme - tepalik va logos-bu fan, bilim, ya’ni bu shaxs hayotidagi eng yuqori yutuqlar haqidagi fandir. Akmeologiyaning ob’ekti inson, bir butun sifatida, pedagogik akmeologiyaning ob’ekti esa o‘qituvchining shaxsidir. O‘qituvchining akmeologik kompetentsiyasini shakllantirish uchun sharoit yaratish, uning shaxsini ta’lim makonida yaxlit rivojlantirish, kasbiy mahorat cho‘qqilariga erishish yollarini bilishi kerak [5]. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, agar ta’lim tizimida talabaning ya’ni bo'lajak o'qituvchining o'zini-o'zi takomillashtirishga va rivojlantirishga intilishiga qaratilgan usullar, texnologiyalardan foydalanish akmeologik pozitsiyasini rivojlantiradi. Lekin, Oliy ta’limda bo'lajak o'qituvchini tayyorlash jarayonida zamonaviy texnologiyalarga yaxshi e'tibor berilmaydi. Bo'lajak o'qituvchi borgan sari rivojlanayotgan innovatsion texnologiyalar va ularning tadbiq etish usullarini qabul qilishga tayyor bo'lsa, shunda har bir bo’lajak o’qituvchi kasbiy o'sadi va o’zini tubdan anglaydi. O'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifatini yanada oshirishda akmeologik pozitsiyani rivojlantirish dolzarbdir. Agarda ularga kasbiy motivatsiyani va amaliy faoliyatlarida muvaffaqiyatga erishish yo’llarini, o’z kasbida o'zini-o'zi takomillashtirish bilan bir qatorda bilim va ko'nikmalarni doimo izchil o’rganib, uni amaliyotga tadbiq etish qobiliyatini shakllantirsak maqsadimizga erishamiz. Shunday qilib, bo’lajak o’qituvchi o’zining faoliyati doirasida akmeologik va malakaga asoslangan yondashuvlardan doimo foydalanib borsa, komil inson sifatida yuksalaveradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mahmudova Dilnoza. Акмеологик ёндашув асосида бўлажак ўқитувчиларни тайёрлаш масалалари. Наманган давлат университети илмий ахборотномаси. 2020 йил 12- сон. 439-442 бетлар. 2. Mahmudova Dilnoza. Акмеологик ёндашув асосида бўлажак ўқитувчиларда когнитив компетентликни ривожлантириш технологиясини тадқиқ этиш масалалари.
Доказательный фрагмент
«Maqolada ta’lim jarayonida akmeologik yondashuvning o’rni va muxim asoslari keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada ta’lim jarayonida akmeologik yondashuvning o’rni va muxim asoslari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nutqni rivojlantirish, o'qitish metodikasi, filologiya talabalari, lingvistik, akmeologik pozitsiya, самопознание на основе наблюдения и консультирования, pedagogical experience., акмеологическая позиция, exploration and communication based on acmeological principles, self-positioning, Акмеологическое консультирование, pedagogik tajriba, педагогический опыт., kuzatuv va yondashuv asosida o’zini anglash, akmeologik yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024