К содержанию
РецензированоRU1984

Davlat boshqaruv tizimining vujudga kelishi hamda davlat va uning moxiyati

. Muhammadjonov A. Qovunchi madaniyati.

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 1984

Аннотация

Davlat bоshqaruv tizimining vujudga tarixi va davlat va uning mohiyati, davlatni tushunishdagi hilma-xillik, davlatga oid qarashlarni shakllantirgan davr bilan bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda, jamiyat taraqqiyoti, uning onggi va tafakkuri darajasi bilan bog‘liq bo’lgan ma’lumotlar berilgan. Ka’lit so’zlari: Boshqaruv, Siyosiy hokimiyat, texnologiya, Davlat bоshqaruvi, innоvatsiоn sikl, ishlab chiqarish. Kishilik jamiyati tarixida davlat paydo bo‘lishi bilan ushbu fenomen haqida munozaralar 379 ham boshlanib, olimu-allomalar «davlatning o‘zi nima?», «uning mohiyati nimada?» kabi savollarga javob berishga hozirgi kungacha urinib kelishmoqda. Biroq, mutloq murakkab ijtimoiy-siyosiy hodisa bo‘lgan davlatga ta’rif berish, uning mohiyatini chuqur anglash oson kechmagan[1]. Davlatga ta’rif berish murakkab vazifa bo‘lib, bir necha yuz yilliklar davomida insonlar davlat nima, u nima uchun kerak, nega mavjud, kabi savollarga javob topishga harakat qilib kelishmoqda. Bundan tashqari davlat qay tariqa vujudga keladi, uning mohiyati, jamiyat va odamlar hayotida tutgan o‘rni qanday degan masalalar yuzasidan munozaralar har yangi avlod tadqiqotchilari, ya’ni davlatshunos olimlar oldida muqarrar ravishda turadi. Davlatni tushunishda, unga bo‘lgan katta qiziqishga qaramasdan, hamon yakdillik yo‘q. bunga sabab… - Avvalo, davlatni tushunishdagi hilma-xillik, davlatga oid qarashlarni shakllantirgan davr bilan bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda, jamiyat taraqqiyoti, uning onggi va tafakkuri darajasi bilan bog‘liq. - Ayni paytda, davlatning tushunchasini aniqlashdagi plyuralizm, bir jihatdan odamlarning davlatni o‘zicha – har xil tushunishi bilan, ikkinchi tomondan esa, davlatning o‘zining ijtimoiy hodisa sifatida murakkabligi bilan tavsiflanadi[2]. - Bundan tashqari, davlat atamasi turli ma’nolarda ham ishlatiladi va bu holat uni tushunishdagi turlichalikni keltirib chiqaradi. Bunga asoslab quyidagi atamalarni keltirilsa maqsadga muoviq bo‘ladi. Davlat atamasi uch xil ma’noda qo‘llanadi: a) davlatli - b) davlat hokimiyati v) davlat organlari tashkillashgan ma’nosida; tizimi ma’nosida. hamjamiyat ma’nosida; Shunday qilib, davlatning hodisa sifatida murakkabligi, uning turfa talqini va tushunchasining turlichaligini belgilaydi. Shu bois turli davrlarda davlatni turlicha tushunish mavjud. Davlatni ta’riflashda sovet davri yuridik fikri sinfiylik nuqtai-nazari bilan yondoshganligi bilan xarakterlanadi. Unda davlat «sinfiy jamiyatning siyosiy tashkiloti» sifatida talqin etilgan. Keyinchalik, davlatni ta’riflashda umumijtimoiy jihatni ko‘rsatish tomon siljish boshlandi va sinfiylikka berilgan urg‘u asta-sekin umumijtimoiy jihat tomonga surila bordi. Keyingi paytlarda davlatga quyidagi ta’rifga yaqin ta’rif berish ancha keng tarqalgan: «davlat bu – o‘z hokimiyatini mamlakatning butun hududi va aholisiga tarqatadigan, maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo‘lgan, hamma uchun majburiy qonun-qoidalar chiqaradigan va suverenitetga ega bo‘lgan jamiyatning yagona siyosiy tashkilotidir». G‘arb nashrlarida ta’kidlanishicha, kapitalizmning kuchayishi natijasida, transnatsional kompaniyalar shunday qudratli iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy institutlarni shakllantirmoqdaki, ular o‘z imkoniyatiga ko‘ra ba’zi davlatlardan oshib tushadi va aslida «turli millat va davlatlar ustida turadi». Ma’lumki, jamiyatda hokimiyatning turlari ko‘p, xususan, oiladagi oila boshlig‘ining hokimiyati, xo‘jayinning xizmatkori ustidan hokimiyati, mulkdorning iqtisodiy hokimiyati, guruhdagi sardor hokimiyati, diniy hokimiyat va boshqalar. Biroq bu hokimiyat ko‘rinishlarining birontasi ham butun jamiyatga tarqalmaydi, xalq nomidan ish yuritmaydi, ya’ni ommaviy xarakterga ega emas[3]. Ommaviy hokimiyat hududiy prinsipga binoan tarqaladi, unga taaluqli hududdagi barcha 380 aholi bo‘ysunadi. Siyosiy hokimiyat – jamiyatning farovonligini ta’minlash maqsadida xalqni boshqarishni amalga oshiradigan hokimiyat. Ommaviy hokimiyat maxsus odamlar tabaqasi – mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi va u soliqlar hisobiga faoliyat yurgizadi. Yuzlab mingyilliklarni o'z ichiga olgan insonyat tarixida dastlabki davlatlar va shaxarlarning tashkil topishi, xunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, yozuvning kelib chiqishi - nisbatan keyinroq yuzaga kelgan hodisalardir. Davlatchilik jahon tarixida miloddan avvalgi IV ming yillikning ohirlarida vujudga kelgan bo'lib, insoniyat tamaddudining so'nggi 5 ming yili bilan bog'lanadi. Qadimgi davlatlar o'z rivojlanish bosqichlarida, turli xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlarga ega bo'lgan. Dastaval, ilk davlatlar xujalikning ishlab chiqaruvchi shakllari - dehqonchilik va chorvachilik qayerda oldin rivoj topgan bo'lsa, o'sha yerda vujudga kelgan. Boshqaruvning ilk bosqichlari qadimgi zamonlarga borib taqaladi. Boshqaruv tamoyillari va vazifalari turliy ko'rinishlarda bo'lib, ularning shakllanishi va rivojlanish bosqichlariga jamiyat rivojining ichki yonunyatlari yani ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajasi, xususiy mulkch

Доказательный фрагмент

«Davlat bоshqaruv tizimining vujudga tarixi va davlat va uning mohiyati, davlatni tushunishdagi hilma-xillik, davlatga oid qarashlarni shakllantirgan davr bilan bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda, jamiyat taraqqiyoti…»

Образец извлечения

Демо-превью

Davlat bоshqaruv tizimining vujudga tarixi va davlat va uning mohiyati, davlatni tushunishdagi hilma-xillik, davlatga oid qarashlarni shakllantirgan davr bilan bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda, jamiyat taraqqiyoti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
production, Управление, innovation cycle, innоvatsiоn sikl, технология, политическое управление, Siyosiy hokimiyat, Siyosiy hokimiyat, государственное управление, Boshqaruv, инновационный цикл, state governance, Davlat bоshqaruvi, technology, ishlab chiqarish, Management, производство, Davlat bоshqaruvi, political governance, texnologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники