К содержанию
РецензированоUZ2024

Elektron sigaretalarni inson organizmiga ta’siri

. Гамлетова Мадина · Абзалова Нодира Разработка price-telegram-бота медицинских · Husanova Vazira Shuhrat Qizi · Gulruxsor Cho’liyeva Habibulla Qizi · Gullolaxon Abdumannonova Alimardon Qizi · Eshbayeva Kamila Uralovna · Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada elektron sigaretlardan foydalanish o’smirlar va hattoki bolalar o’rtasida qanchalik ommalashgani bilan birgalikda uning inson sog’lig’iga qanchalik zarar keltirishi tog’risida statistik ma’lumotlar keltirilgan.. Ushbu tadqiqot 2024-yil mart oyigacha bir nechta elektron maʼlumotlar bazalari yordamida oʻtkazildi. Kalit so’zlar: Elektron sigaret, chilimlar, nikotinli kartrij, elektron chip, litiyli akkumlyator, toksik moddalar, yurak qisqarishi, gepatit, stafilakok, sil, grip, astma, o‘pka saratoni, yurak-qon tomiri, gipertoniya, Kirish. Chekish — ayrim tutovchi oʻsimlik mahsulotlari (tamaki, afʼyun va boshqalar) tutunidan nafas olish. Tamaki chekish keng tarqalgan zararli odatlardan boʻlib, chekuvchi va uning atrofidagi odamlar sogʻligʻiga yomon taʼsir etadi. 773 BMT ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda kashandalik oqibatida har yili 5,4 million, har 6 soniyada 1 kishi hayotdan ko‘z yumadi. Mutaxassislarning fikricha, zudlik bilan zarur choralar ko‘rilmasa, 2030 yilga borib kashandalik har yili 8 million kishining hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga sabab bo‘ladi. Dunyoda chekuvchilar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda Xitoy, keyin Hindiston va Indoneziya turadi. Chekish oqibatida kelib chiqadigan yillik iqtisodiy zarar 200 milliard AQSh dollaridan oshib ketmoqda. [1] Hozir kashandalikning yangi ko‘rinishlari — elektron sigaret va chilimlar, afsuski, dunyo bo‘yicha tamaki chekish miqdorini keskin oshirmoqda. Elektron sigaret ham oddiy tamakidan farq qilmaydi, aksincha undan zararliroq. U nikotinli kartrij, elektron chip, litiyli akkumlyator va mittigina diodli yoritgichdan iborat. Kashanda uni chekkanda sigareta hidini ham, zararini ham sezmaydi, undan faqat suv bug‘i ko‘tariladi, xolos, deb o‘ylaydi. Vaholanki, elektron sigaret tarkibida qo‘rg‘oshin, margimush va boshqa toksik moddalar ko‘p uchraydi. Kashandalikka berilish oqibatida inson salomatligini, nasllar davomiyligini xavf ostida qoldiradi. Sog‘lom turmush tarziga rioya etayotgan insonlar kashandalarga nisbatan 15 yil uzoq umr ko‘rishi tajribada isbotlangan bo‘lsa-da, elektron sigaret yaratilganidan buyon o‘tgan muddatda uning iste'molchilari soni ko‘paysa ko‘paydiki, aslo kamaygani yo‘q. Chilim zarari esa tamaki mahsulotlarini chekishdan ko‘ra ko‘p bo‘lsa ko‘pki, aslo kam emas. Chilim chekish davomida inson juda ko‘p miqdorda tamaki tutuni yutib, shunga mos ravishda organizmga juda katta miqdorda zararli moddalar tushib qoladi. Chilim chekish jarayonida o‘ta zararli toksinlar qonga tez so‘riladi va inson sog‘lig‘iga katta putur yetkazadi. Tamaki tutunining tarkibida to‘rt mingga yaqin modda bo‘lib, hammasi inson salomatligini yemirishi tajribalarda isbotlangan, —Toshkent tibbiyot akademiyasi ichki kasalliklar kafedrasi dotsenti Hilola Mirahmedova. — U qon tarkibi aylanishini buzib, tomirlarni qotiradi. Chekish oqibatida astma, o‘pka saratoni, yurak-qon tomiri, gipertoniya, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari kelib chiqadi. Afsuski, mamlakatimizda ham “zamonaviy” chekuvchilar soni ortib bormoqda. Elektron sigaret va chilim chekish kashandalikning yangi turlari sirasiga kirib ulgurdi. Achinarlisi, kashandalar orasida o‘smirlar va ayollar ham uchraydi. Chilim chekish yurak qisqarishi ritmini tezlashtirishi sababli, yurak xastaligiga chalingan insonlar uchun juda xavfli. Chilim va elektron sigaretlarni guruh bo‘lib chekish oqibatida gepatit, stafilakok, sil, gripp va boshqa shu kabi infeksiyalarni yuqish xavfi ko‘p marta oshadi, shuningdek, chilim chekish inson asab tizimiga ham salbiy ta'sir qiladi. Jumladan, chilimni tamaki mahsulotlari yoki mevali aralashmalardan iborat qo‘shimchalar bilan chekishdan qat'i nazar og‘iz bo‘shlig‘i, til, lab, tomoq, o‘pka, oshqozon kabi organlarning saraton bilan kasallanish xavfi keskin ortadi. Tamaki mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tasdiqlagan sanitar me'yor va qoidalar talablariga rioya etilgan standart va texnologiyalar asosida tayyorlanadi. Biroq chilim chekishda foydalaniladigan qo‘shimchalarning tarkibi noma'lum bo‘lib, ularning sifatiga bo‘lgan talablar qonunchilikda ko‘zda tutilmagan. Shu sababli nikotinsiz aralashmalar inson salomatligi uchun barcha yonuvchi moddalar kabi xavfli va zararlidir. Chekish jarayonida organizmga is gazidan tashqari katta miqdorda xrom, nikotin, qo‘rg‘oshin, karboksigemoglobin va boshqa zararli birikmalarining tushishi yurak qon-tomir, o‘pka yetishmovchiligi, ovqat hazm qilish tizimlarini buzilishiga, jinsiy va reproduktiv qobiliyatni susaytirib onkologik kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Tarkibida gavayi atirguli va moviy nilufar unsurlari mavjud bo‘lgan chilim aralashmalarining insonga ta'siri psixotrop va narkotik vositalardan kam emas. Shuningdek, chilim chekishda tamaki mahsuloti va mevali aralashmalar bilan bir qatorda kamroq miqdorda bo‘lsa-da narkotik moddalar va sog‘liq uchun zararli bosh¬qa ingridiyentlarni iste'mol qilish hollari ham uchrab turadi. Masalan, filtr vazifasini o‘tovchi suv o‘rniga ta'sir kuchini oshirish maqsadida alkogol 7

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada elektron sigaretlardan foydalanish o’smirlar va hattoki bolalar o’rtasida qanchalik ommalashgani bilan birgalikda uning inson sog’lig’iga qanchalik zarar keltirishi tog’risida statistik ma’lumotlar kelt…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada elektron sigaretlardan foydalanish o’smirlar va hattoki bolalar o’rtasida qanchalik ommalashgani bilan birgalikda uning inson sog’lig’iga qanchalik zarar keltirishi tog’risida statistik ma’lumotlar kelt… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nicotine cartridge, o‘pka saratoni, heart failure, staphylococcus, hypertension, Electronic cigarette, yurak-qon tomiri, gipertoniya, астма, yurak qisqarishi, gepatit, grip, sil, flu, toksik moddalar, akkumlyator, toxic substances, hepatitis, гепатит, литий батарейка, гипертония, cigarettes, сигареты, никотиновый картридж, рак легких, сердечно-сосудистые заболевания, astma, tuberculosis, asthma, электронный чип, cardiovascular disease, стафилококк, stafilakok, lung cancer, lithium battery, туберкулез, сердечная недостаточность, грипп, токсические вещества, Электронная сигарета, electronic chip
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[3]МедицинаENРецензированоОткрытый доступ
ACUTE HEMATOGENIC OSTEOMYELITIS IN CHILDREN

СтатьиМИРЗАКАРИМОВ Бахромжон Халимжонович, МЕЛИБАЕВ Фарход Абдупаттохович2022

4