К содержанию
РецензированоUZ2017

Yoshlar ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash jamiyat taraqqiyoti mezoni

Ja`farxon Isaxonov · Farzona Saydimuratova (Samarqand chet tillar instituti tadqiqotchisi)

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2017

Аннотация

Maqolada bugungi ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yoshlarning ijtimoiy- ma’naviy jihatdan takomilini ta’minlash borasida muhim istiqbolni ko‘zlagan rejali ishlar va dasturiy chora-tadbirlar olib borilayotganligi, ularning ijtimoiy manfaatlari to`laqonli ta`minlanayotganligi yoritilgan. Kalit so`zlar. Ijtimoiy taraqqiyot, ijtimoiy hayot, milliy yuksalish, yoshlar, ma’naviy takomil, istiqbol, ijtimoiy manfaatlar. Yangi O`zbekistonda ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy jihatdan takomilini ta’minlash borasida muhim istiqbolni ko‘zlagan rejali ishlar va dasturiy chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bugungi globallashuv davrida yoshlarimiz o‘zining ijtimoiy taraqqiyotga, milliy yuksalishga bo‘lgan moyilligi va ma’naviy salohiyati bilan yangi O‘zbekistonni barpo etishda ishtirok etmoqda. Bu esa, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda istiqbolga mo‘ljallangan yangicha bunyodkorlik an’analarini vujudga keltirmoqda. Jamiyatimizda mazkur bunyodkorlik an’analarining samarali natijasi inson huquqlarini kuchli himoyasi va uning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlashda ko‘rinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning ta’kidlashicha, “Bugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini ta’minlash asosida O‘zbekistonning yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda. Bu borada Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”degan ustuvor g‘oya biz uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda”[1]. Inson ijtimoiy manffatlarini ta’minlash jahonda umume’tirof etilgan huquqiy tamoyillarda o‘zining aksini topgan va bu huquqiy asoslar yildan yilga takomillashib kelmoqda. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ularning ichida o‘ziga xos o‘ringa ega. Unda inson hayoti, turmush tarzi va farovonligi uchun xizmat qiladigan huquqiy qadriyatlar mujassamlashgan. 1966 yilda xalqaro miqyosda “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi Pakt qabul qilingan. Unda fuqarolarning bu sohaga daxldor huquqlarining umumiy tizimi keltirilgan. O‘zbekiston “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Pakt”ga 1995 yilda qo‘shilgan[2]. Jamiyat ijtimoiy hayotida asosiy qatlam bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash bugungi kunda eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Jamiyatning barcha sohalarida, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy tizimlarda o‘zining hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan salohiyati bilan ishtirok etadigan yoshlar bugungi kunda milliy yuksalishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda. Chunki, bu jarayonlarda yoshlar imkoniyatlari yuqori bo‘lib, ular o‘zlarining intellektual qobiliyati, innovatsion tafakkuri, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy faolligi bilan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda ishtirok etib, jamiyatda taraqqiyotga oid yangicha qadriyatlarini vujudga keltiradilar. 351 Yoshlar manfaatlarini ta’minlash davlatimiz siyosatining eng muhim, ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Olimlarning ta’kidlashicha, “Yosh avlodning har tomonlama barkamol rivojlanishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratish O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab yoshlarning manfaatlariga oid davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi hisoblanadi. Zero, bu kelajakka yo‘naltirilgan sarmoya hisoblanadi, chunki mamlakat aholisining 18 yoshdagilar soni 40 foizni, 30 yoshgacha bo‘lganlar 64 foizni tashkil etadi”[3]. Yoshlarning jamiyatda muhim ijtimoiy qatlam sifatida huquq va manfaatlarining ta’minlanishi, jamiyatda ularning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish bilan o‘zaro bog‘liq. Bu esa, yoshlarning ijtimoiy hayot va uning takomiliga o‘zgacha joziba beradigan, kuch bag‘ishlaydigan muhim manba ekanligini anglatadi. Yana bir narsani hisobga olishimiz kerakki, globallashuv, ilmiy va texnologik taraqqiyot ta’siri ostida yoshlar faravonligi shakllari o‘zgaradi, uning jamiyatdagi hatti-harakatlariga bog‘liq ravishda ijtimoiy hayotdagi o‘rni aniqlanadi. A.Saitkasimovning ta'kidlashicha, “Mamlakatimizda inson omilini ro`yobga chiqarish, uning faravonligini ta'minlash, unga har tomonlama shart-sharoitlar yaratib bеrish, ma'naviy- ma'rifiy dunyoqarashi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bilan bog`liq jarayonlar va bu boradagi chora-tadbirlar mustahkam rivojlanib bormoqda. Qonun ustuvorligini ta'minlash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya etish, aholi turmushi va yashash muhitidagi muhim tomonlarni rivojlantirish, jamiyatda islohotlar ko`lamini yuksalishida fuqarolarning huquqiy madaniyati darajasini tadqiq etish va uni yuksaltirish uslublarini ijtimoiy hayotga tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi”[4]. Yoshlarning jamiyat kelajagi uchun muhim poydevor hozirlashiga ularning islohotlar markazida bo‘lishi mustahkam shart-sharoit yaratadi. Bu jarayonda yoshlarning jamiyatning turli sohalarida strategik dasturlar va vazifalarni bajarishlarida o‘ziga xos faollik munosabatlarini vujudga keltiradi. Shuningdek, bugungi kunda jamiyatning

Доказательный фрагмент

«Maqolada bugungi ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yoshlarning ijtimoiy- ma’naviy jihatdan takomilini ta’minlash borasida muhim istiqbolni ko‘zlagan rejali ishlar va dasturiy chora-tadbirlar olib borilayotganligi, ularni…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada bugungi ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yoshlarning ijtimoiy- ma’naviy jihatdan takomilini ta’minlash borasida muhim istiqbolni ko‘zlagan rejali ishlar va dasturiy chora-tadbirlar olib borilayotganligi, ularni… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Social development, future, Ijtimoiy taraqqiyot, духовное совершенствование, social benefits, национальное развитие, будущее, ijtimoiy hayot, youth, ma’naviy takomil, national progress, общественная жизнь, Социальное развитие, общественная польза., social life, yoshlar, istiqbol, ijtimoiy manfaatlar, spiritual development, молодежь, milliy yuksalish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники