К содержанию
РецензированоUZ2013

Yoshlar ongiga ijtimoiy adolat tamoyillarini singdirishning ma’naviy-huquqiy mezonlari

SINGDIRISHNING MA’NAVIY-HUQUQIY MEZONLARI · Abror Idiboev · Jahongir Ismoilov

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2013

Аннотация

Ushbu maqolada yoshlar huquqiy madaniyati va ma’naviy-axloqiy qiyofasining barqaror ijtimoiy makonda ijtimoiy adolat tamoyili bilan uyg‘unligi tahlil etilgan. Shuningdek, yoshlar ongiga ijtimoiy adolat tamoyillarini singdirishning ma’naviy-huquqiy mezonlari yoritilgan. Kalit so‘zlar. Yoshlar, huquq, huquqiy madaniyat, ma’naviyat, axloq, barqarorlik, ijtimoiy makon, huquqiy voqelik, ijtimoiy adolat. Yoshlar huquqiy madaniyati va ma’naviy-axloqiy qiyofasi barqaror ijtimoiy makon va huquqiy voqelik asosida shakllanadigan fenomen hisoblanadi. Yoshlarning huquqiy va ma’anaviy faoliyat ishtirokchisiga aylanib borishi ham huquqiy madaniyat darajalarining shakllanishi va ijtimoiy adolat tamoyillarini anglab yetishiga olib keladi. Huquqiy madaniyatning shakllanishi jarayoni uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, sub’ektning ma’lum ko‘nikma va malakalari yordamida shakllanadi. Bu sub’ektning ijtimoiy voqelik haqidagi bilimlari darajasi, xarakteri, an’analarga munosabati, huquqiy makon borasidagi ratsional tasavvurlari kabi omillar bilan chambarchas bog‘liq. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev jamiyatda adolat tamoyilini qaror toptirish yuzasidan quyidagi fikrlarni aytgan: “Xalqimiz hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda tom ma’noda qaror toptirish - eng asosiy vazifamizga aylanishi shart. Biz barpo etayotgan huquqiy davlatda, adolatsizlikning hech qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘yilmasligi darkor. Nega deganda, odamlar hamma narsaga chidashi mumkin, lekin adolatsizlikka chiday olmaydi. Bu chuqur ma’noli so‘zlar bugungi kunda har qachongidan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etayotganini sezish, anglash qiyin emas”[1]. Yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirish orqali ularda ijtimoiy adolat tamoyillarini singdirish muhim hisoblanadi. Husayn Voiz Koshifiyning ta’kidlashicha, “Adolatning ma’nosi xalqning huquqiy tengligini ta’minlashdir. Adl shunday ziynatdirki, u mamlakatga oroyish beradi, bir quyoshki, uning nuri bilan zulmat yorug‘likka aylanadi” [2]. Mazkur ta’rif bo‘yicha tushunish mumkinki, adolatning asosini huquqiy tenglik tashkil etadi. Mazkur voqelik esa, huquqiy madaniyatni shakllanishi uchun zarur omil hisoblanadi. Ijtimoiy adolat huquqiy madaniyat bilan uzviy bog‘liqligi haqida T.Alimardonov shunday ta’kidlaydi: “Adolat–haqiqat timsoli, axloqiy tuyg‘ularimiz ifodasi. Adolat insonning ma’naviy olami, uning mavjudligi bilan bog‘liq hodisa. U o‘zi anglagan olamida haqiqatini izlaydi, shu manba qudrati bilan yuksaladi” [3]. Yoshlarning ijtimoiy borliqdagi huquqiy va ma’naviy qarashlarida yuqori darajalarni ta’minlash ijtimoiy adolat tamoyilining ularga singdirishda muhim omil hisoblanadi. Bu masala 349 jamiyatdagi ma’naviy va madaniy jarayonlarning yuksalishi, ijtimoiy munosabatlardagi barqaror tedensiyalar bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy adolatning ma’naviy va huquqiy ma’nosi va zamonaviy talqini insonning hayotda munosib hayot kechirishi, qadr-qimmatini himoya qilinishi, inson oliy qadriyat tamoyilining amaldagi ro‘yobga chiqishidir. Insonni jamiyatdagi o‘rnini yuksalishi yaxshi adolatli munosabatlarga asoslangan ijtimoiy kafolatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ulug‘ alloma Nosiridsin Tusiy: «Ijtimoiy adolatning uchta asosiy talabi bordir, bular: birinchidan, aholi turli tabaqalarining o‘zaro uyg‘un bo‘lishini ta’minlash; ikkinchidan, el- ulusning haq-huquqi teng ta’minlangan holda kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish; uchinchidan, barchaning teng farovonligini himoya qilish bilan birga, bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab har bir inson o‘z ulushini olishiga imkon yaratishdan iboratdir»,[4] - degan edi. Bu dono fikrlar hozirgi kunda ham o‘zining kuchini yo‘qotgani yo‘q. Olimlarning ta’kidlashlaricha, «Adolat prinsipining demokratik jamiyatda amal qilish qoidalari quyidagicha: 1) talab va taklif qoidasi; 2) teng imkoniyatlar qoidasi; 3) ehtiyoj qoidasi; 4) ijtimoiy kafolat qoidasi; 5) xizmat ko‘rsatish qoidasi; 6) mutanosiblik qoidasi; 7) ekvivalentlik qoidasi; 8) rag‘batlantirish qoidasi; 9) kasbiy layoqatlilik qoidasi; 10) ijtimoiy foydalilik qoidasi kabilarga ajratish mumkin. Mazkur qoidalar bozor iqgisodiyotiga asoslangan barcha demokratik jamiyatlarda keng qaror topgan»[5]. Ijtimoiy adolatni ro‘yobga chiqishida kishilararo barqaror munosabatlar ham muhim rol o‘ynaydi. Ijtimoiy munosabatlarda kishilarning har birining huquqiy va ma’naviy imkoniyatlarining oshib borishi ijtimoiy adolatni ro‘yobga chiqishining ham dalili hisoblanadi. Jamiyat esa, ijtimoiy adolatni o‘ziga xos amalda ro‘yobga chiqaruvchi va kafolatlovchi makon sifatida namoyon bo‘ladi. Huquqiy munosabatlar va ma’naviy qadriyatlar ham barqaror ijtimoiy voqeliklar bilan bog‘liq ravishda amaliy namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy adolat bu voqelikda jamiyat darajasiga ko‘tarilib, davlatning barqaror siyosatini olib borishga o‘ziga xos ko‘makchi bo‘ladigan fenomenga aylanadi. Bu fenomen ijtimoiy hayotda qanchalik keng namoyon bo‘lsa, huquqiy va ijtimoiy davlatning poydev

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yoshlar huquqiy madaniyati va ma’naviy-axloqiy qiyofasining barqaror ijtimoiy makonda ijtimoiy adolat tamoyili bilan uyg‘unligi tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yoshlar huquqiy madaniyati va ma’naviy-axloqiy qiyofasining barqaror ijtimoiy makonda ijtimoiy adolat tamoyili bilan uyg‘unligi tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
social justice, ijtimoiy adolat, axloq, устойчивость, huquq, huquqiy madaniyat, spirituality, morality, Молодежь, право, rights, правовое представительство, legal representation, достоинство, Young people, нравственность, Yoshlar, социальное место, ethics, social harmony, социальная справедливость., sustainability, huquqiy voqelik, ijtimoiy makon, barqarorlik, ma’naviyat, правовая культура, духовность, legal culture
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники