American Journal of Agriculture and Horticulture InnovationsGINNING ENTERPRISES, Ungarov Azizbek Abdumo‘Min O‘G‘Li +22022
Диагностика и эпизоотический статус эймерий кроликов в некоторых районах Ферганской области
FARG‘ONA VILOYATINING AYRIM TUMANLARIDA QUYON · EYMERIOZINING DIAGNOSTIKASI VA EPIZOOTIK HOLATI
in Library · 480 · 2022
Аннотация
Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri va Qo‘shtepa tumanlaridagi zamonaviy quyonchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklardagi quyonlar eymeroz uchun tekshirishlardan o‘tkazilgan va ushbu tumanlardagi xo‘jaliklarda invaziyaning ekstensivlik va intensivlik holati bo‘yicha ma’lumotlar bayon qilingan. Kalit so‘zlar. Quyon, eymerioz, eymeriya, protozoa, apicomplexa, sporozoa, coccidiida, ootsista, invaziya, Darling usuli, ekstensivlik, intensivlik. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120- son qarorida O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan dasturi tasdiqlangan bo‘lib, mamlakatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga oziq- ovqat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini keng joriy etish, bu orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish, chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash, shuningdek, mazkur sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida: chorvachilik sohasi va uni tarmoqlarining joriy holati tahlil qilinganda bugungi kunda respublikamizda 254 ta quyonchilik xo‘jaligi faoliyat yuritayotganligi ilg‘or xorijiy tajriba asosida chorvachilik sohasining quyonchilik tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar salmog‘ini oshirish; quyon go‘shti mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish hamda mahalliy mahsulotlarni xalqaro sifat talablariga moslashtirish; quyon go‘shtining tavsiya etilgan minimal iste’mol normalarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, aholining sog‘lom ovqatlanish madaniyatini oshirish; quyonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish hamda kooperatsiya tizimi asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish. Ushbu ustuvor yo‘nalishlar doirasida respublikamizda sifatli quyon go‘shtini iste’mol qilish darajasini ko‘tarish hamda umumiy go‘sht mahsulotlari hajmida uning ulushini oshirish nazarda tutilgan va ijrosi bo‘yicha barcha mas’ul tashkilot va korxonalarning faoliyatini jadallashtirish talab etilgan. Dasturni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar quyonchilik tarmog‘ini rivojlantirish yo‘nalishida: quyon go‘shtini yetishtirish hajmi 100 tonnadan 23 ming tonnaga yetkazish aholi jon boshiga quyon go‘shtini iste’mol qilish hajmini 3 kilogrammdan oshirishga imkoniyat yaratadi; quyon boqishni ilmiy asosda yo‘lga http://www.newjournal.org/ 2 3 Выпуск журнала №-44 Часть–3 Май –2024 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 qo‘yish maqsadida respublika hududlarida quyonchilik naslchilik xo‘jaliklarini tashkil etish va naslli quyonlar bosh sonini ko‘paytirish choralarini ko‘rish; go‘sht yo‘nalishidagi quyon zotlarini mahalliy sharoitga moslashtirish va ixtisoslashgan quyonchilik bo‘rdoqichilik xo‘jaliklarini tashkil etish hisobiga kooperatsiya tizimini joriy etish va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish choralarini ko‘rish; ilm-fan va ishlab chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalashtirish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, quyonchilik tarmog‘ida yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish maqsadida o‘quv-uslubiy qo‘llanma va amaliy tavsiyalar tayyorlash, chop etish zaruriyati mavjud. Mavzuning dolzarbligi. Ayni paytda quyonlarning kasallanishida, maxsuldorligining kamayib ketishida parazitar kasalliklarning salmog‘i ham sezilarli darajada ta’sir qilmoqda, bunga asosiy sabab quyonchilik bilan shug‘ullanuvchilarning malakasini yetishmasligi, veterinariya mutaxassislarining jalb etilmaganligi, zoogigyena va sanitariya qoidalariga rioya etmaslik, parazitar kasalliklarga qarshi rejali profilaktika choralari ko‘rilmasligidir. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash dolzarb vazifa hisoblangan hozirgi davrda quyonchilik tarmog‘ini ham samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu dolzarb vazifani bajarishda quyonlarda uchraydigan kasalliklarni oldini olish va samarali davolash usullarini joriy etish ushbu tarmoq uchun ishlab chiqarishdagi zarurat hisoblanadi. Chunki so‘nggi yillarda Respublikamizda quyonlarning parazitar va boshqa kasalliklari ilmiy izlanuvchilar tomonidan deyarli o‘rganilmagan. Tadqiqotning maqsadi. Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri va Qo‘shtepa tumanlarida ko‘paytirilayotgan naslli (Hycole zotli) quyonlar orasida eymeriozni diagnostikasi hamda epizootologik holatini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot ob’ekti va uslublari. Tadqiqotlar Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri va Qo‘shtepa tumanlaridagi shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari, “Halol quyon naslli chorvasi” MChJ hamda “Vodiy naslli quyonlari” MChJ larida ko‘paytirilayotgan turli yoshdagi spontan (tabiiy) zararlangan quyonlarda olib borildi. Tadqiqotlarda quyonlardan olingan tezak namunalarini teks
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri va Qo‘shtepa tumanlaridagi zamonaviy quyonchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklardagi quyonlar eymeroz uchun tekshirishlardan o‘tkazilgan va ushbu tumanlardagi xo‘jalik…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri va Qo‘shtepa tumanlaridagi zamonaviy quyonchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklardagi quyonlar eymeroz uchun tekshirishlardan o‘tkazilgan va ushbu tumanlardagi xo‘jalik… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- простейшие, интенсивность., Rabbit, protozoa, спорозоа, invaziya, эймерия, invasion, инвазия, Darling usuli, Darling's method, ootsista, eimeria, coccidiida, Quyon, ооциста, Кролик, кокцидиида, intensity., экстенсивность, extensiveness, intensivlik., апикомплекса, oocyst, метод Дарлинга, eymeriya, apicomplexa, ekstensivlik, sporozoa, eymerioz
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025