Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Barbotajli absorbsion apparatning gidrodinamik parametrlarni asoslash
И Халилов (Ферганский Политехнический Институт)
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2023
Аннотация
Ushbu tezisda kimyosanoati korxonalaridan chiqayotgan gazlar tarkibidagi zarrachalar va gaz aralashmalarini tozalovchi, absorbsiyalash samaradorligi yuqori bo‘lgan, energiyatejamkor, ixcham barbotajli absorbsiya apparatini gidrodinamikasi. Kalit so‘zlar: gaz yostig‘i, qarshilik koeffitsienti, suyuqlik, barbotaj, aralashtirish zonasi, gaz miqdori, gaz tezligi, suyuqlik tezligi. Hozirgi kunda dolzarb vazifalaridan biri sanoat karxonalaridan chiqayotgan gazlar tarkibidagi ko‘p fazali ko‘p komponentli ifloslantiruvchi moddalarni samarali tozalaydigan apparatlarni yaratish va ishlab chiqishga joriy etishdir. Gazlarni zarrachalar va gaz aralashmalaridan kompleks tozalaydigan, shuningdek ularni ishlab chiqarishga joriy etish muammosini hal qiladigan apparatlarni istiqbolli, takomillashgan konstruksiyasini yaratish va hisoblash usullarini ishlab chiqishdir. Absorbsion apparatning kontakt zonalariga tozalanadigan gazni teng taqsimlanishida gaz yostig‘i “h” ning balandligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda gaz yostig‘i balandligi qiymatini nazariy tadqiqotlar asosida tahlil qilamiz. Gaz yostig‘i balandligi qiymati apparatning kontakt zonalariga gaz uzatuvchi teshik 2a lardan chiqayotgan gaz tezliklariga bog‘liq bo‘lib, teshik diametrlari asosiy rol o‘ynaydi va barqaror gaz yostig‘ini hosil qilishda muxim axamiyatga ega. Gaz yostig‘i balandligi qiymatini hisoblash tenglamasi V.N.Sokolov va Yu.K. Gellislar tomonidan gaz suyuqlik reaktorlari uchun taklif qilingan. Lekin biz tomonimizdan taklif etilayotgan absorbsin apparatda ostki va ustki aralashtirish seksiyalari mavjud va xar bir seksiyaga gaz pufaklarini maydalash uchun yirik va mayda o‘lchamli setkalar o‘rnatilgan. 1-rasmda gaz yostig‘ini hisoblash sxemasi keltirilgan. Gaz yostig‘i «h» ning balandligi teshik 2a ning markaziy o‘qidan suyuqlik egallagan satxgacha bo‘lgan masofadir. Gaz yostig‘i «h» ni balandligini topish maqsadida, Bernulli tenglamasini 1–1, II–II, III-III va IV-IV kesimlarga tadbiq etilsa, gaz yostig‘idagi bosim R va barbotaj patrubkasi ichidagi s bosim R ga bog‘lik xolda kesimlardagi umumiy bosimlarni ko‘rib chiqamiz (1-rasm). o 1-rasm. Gaz yostig‘ini hisoblash sxemasi. Apparatni loyixalashda teshiklar diametri shunday tanlanishi kerakki, gaz yostig‘idan apparat pog‘onalarida joylashgan bir necha barbotaj seksiyalarida teng jadallikdagi gidrodinamik jarayon uchun sharoit yaratsin. 739 I-I (teshik markazidagi) va II-II (suyuqlikni barbotaj quvuriga kirishidagi) kesimlardagi bosimlarni quyidagicha yozamiz. P hg h h g P hg c c P (1) c г 1 c o 1 c 2 п w w 1 bu yerda - I-I kesimdagi suyuqlikning nisbiy tezligi m/sek; c c - kesimdagi suyuqlik tarkibidagi gaz miqdori. Р h - - balandlikdagi bosimning yo‘qotilishi bo‘lib, u quyidagi tenglama yordamida п 1 topiladi. h w2 Р ( 1 c c (2) п 1 2 вх Б d 2 Б bu yerda ξ - III-III kesimdagi suyuqlikni yirik setkadan o‘tishidagi gidravlik qarshilik 1 koeffitsienti; ξ -IV-IV kesimdagi suyuqlikni mayda setkadan o‘tishidagi gidravlik qarshilik koeffitsienti; 2 ξ -suyuqlikni barbotaj patrubkasiga kirishidagi qarshilik koeffitsienti. vx Tekshirilayotgan apparatda ξ va ξ qarshilik koeffitsientlari quyidagicha aniqlanadi [6,7]. 1 2 d (3) 1 2 а bu yerda P-to‘g‘rilash koeffitsienti bo‘lib, tajribalar orqali aniqlanadi; d-tanlangan setka simi diametri,m; δ-setka kvadrat teshik o‘lchami, m; S-setkaning umumiy yuzasi, m2. Gaz yostig‘i balandligi «h» ni qo‘yidagi ko‘rinishga keladi. Kw 2 w2 h o г c c (4) o 2g 1 2 вх 2g Ilmiy tadqiqot ishida kimyosanoat korxonalaridan chiqayotgan gazlar tarkibidagi zarrachalar va gaz aralashmalarini tozalovchi, absorbsiyalash samaradorligi yuqori bo‘lgan, ixcham, tozalash samaradorligi yuqori barbotajli absorbsiya apparatini takomillashtirilgan konstruksiyasi taklif etildi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda kimyosanoati korxonalaridan chiqayotgan gazlar tarkibidagi zarrachalar va gaz aralashmalarini tozalovchi, absorbsiyalash samaradorligi yuqori bo‘lgan, energiyatejamkor, ixcham barbotajli absorbsiya appar…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda kimyosanoati korxonalaridan chiqayotgan gazlar tarkibidagi zarrachalar va gaz aralashmalarini tozalovchi, absorbsiyalash samaradorligi yuqori bo‘lgan, energiyatejamkor, ixcham barbotajli absorbsiya appar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- barbotaj, liquid, suyuqlik tezligi., зона смешения, газовая подушка, aralashtirish zonasi, скорость жидкости, жидкость, пузырек, bubble, gas quantity, gas cushion, скорость газа, mixing zone, qarshilik koeffitsienti, количество газа, suyuqlik, gaz tezligi, коэффициент сопротивления, gas velocity, gaz miqdori, gaz yostig‘i, drag coefficient, liquid velocity
Смежные источники
The American Journal of Applied sciencesAgainst The Background Of Glutamate, Khoshimov N.N. +22021
The American Journal of Applied sciencesShooter's Clothes, Turakhanov Akrom Abdullahakimovich +22021
The American Journal of Applied sciencesHydrogeological Conditions, J.X. Djumanov +22021