К содержанию
РецензированоUZ2023

Amir Temur va temuriylar davri qurilish madaniyatni o`rni

Орзикул Хакимов (Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека) · Орзубек Куйчиев (Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека) · Турдибек Исматов (Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека)

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2023

Аннотация

Maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida qurilish madaniyati va Ulug‘bek akademiyasi olimlarining arxitekturadagi matematik hisoblari G‘iyosiddin Jamshidning “Hisob kaliti”dagi ma’lumotlar asosida bayon qilinadi. Kalit so‘zlar: temuriylar davri, madrasa, maqbara, masjid, rasadxona, me’morchilik, dunyoviy fanlar, SHarq Renessansi, hisoblash metodlari, sekstant, arka, toqi, ravoq, kichik o‘lchamli asboblar. Amir Temur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko‘chalar, me’moriy majmualar keng ko‘lam kasb etadi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan “Qudratimizni 724 ko‘rmoq istasang binolarimizga boq” degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Ilk o‘rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo‘lgan “SHahristondan” ko‘lam va mazmuni bilan farq qiluvchi “xisor” qurilishini Samarqand va SHahrisabzda kuzatish mumkin. Temur davrida Kesh shahar qurilishi yakunlandi. “Xisor”ning janubi-g‘arbida hukumat saroyi Oqsaroy va atrofida rabotlar, bog‘-rog‘lar qurildi. Amir Temur saltanat poytaxti Samarqandni bezatishga alohida e’tibor berdi. SHaharda “Xisori”, qal’a, ulug‘vor inshoatlar va tillakor saroylar bunyod ettirdi. Samarqandga kiraverishdagi Ko‘hak tepaligida CHo‘pon ota maqbarasi Ulug‘bek davrida qurilgan bo‘lib. Bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning nafisligi, bezaklarda ulug‘vorlik uyg‘unlashib ketgan. Temur davrida Samarqand Afrosiyobdan janubda mo‘g‘ullar davridagi ichki va tvshqi shahar o‘rnida qurila boshladi hamda bu maydon qal’a devori va xandok bilan o‘ralib (1371 yil) Xisor deb ataldi. Xisor 500 gektar bo‘lib, devor bilan o‘ralgan. SHaharga oltita darvozadan kirilgan. Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahri betakror sharqona ruhi va qiyofasi, boy tarixi, bu erda saqlanib qolgan noyob, har qanday odamni hayratga soladigan obidalari bilan sayyoramizning turli o‘lkalarida afsonaviy shahar sifatida ma’lum mashhurdir. Moviy gumbazlari millionlab sayyohlarni o‘ziga maftun etadigan Samarqandning Rim bilan bir qatorda “abadiy shahar” degan nom bilan butun dunyoda shuhrat qozongani bejiz emas, albatta. Tadqiqotchi - olimlarning fikricha, SHarq, xususan Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV- XV asrlarda bamisoli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy-madaniy yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan SHarq uyg‘onish davri - SHarq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan [1, -B.1.]. Temuriylar davri (1370-1507) da davlat temuriylar tomonidan mayda uluslarga bo‘lingan holda idora qilingan. Temur hukmronlik qilgan yillari uning davlatiga qarashli o‘lkalar, asosan to‘rt qismga bo‘lingan: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston (markazi Hirot) SHohruxga, G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) Mironshohga, Fors, ya’ni Eronning janubiy qismi (markazi SHeroz) Umarshayxga, Afg‘oniston va SHimoliy Hindiston (markazi G‘azna, keyinchalik Balx) Pirmuxammadga suyurg‘ol qilib berilgan. Uluslarning mustaqilligi Sulton Abu Sa’id vafotidan keyin, ayniksa Sulton Husayn Boyqaro hukmronligi (1470—1506) ning ikkinchi yarmida yana ham kuchaydi. Masalan, 15- asrnnng 70- yillarida Movarounnahrning o‘zi uch mustaqil davlatga bo‘linib (Samarqand va unga tobe bo‘lgan viloyatlarda Sulton Ahmad, Farg‘onada Umarshayx, Hisor, Xuttalon va Badaxshonda Sulton Mahmud hokimlik qilgan), Sulton Husayn Boyqaroga Xuroson va Eronga tobe bo‘lgan. Lekin bu erlar ham uning o‘g‘illari o‘rtasida taqsim etilgandi (Balx Badiuzzamon, Marv Abulmuhsin, Niso va Obivard Muhammad Muhsin, Astrobod Muzaffar Husayn qo‘lida bo‘lgan) [2]. Samarqand Temur va temuriylar davlatinshg poytaxti davrida ko‘rkamlikning eng yuqori nuqtasiga etdi, butun SHarqda mislsiz go‘zal va qudratli maskanga aylandi, davrning eng yaxshi ijodiy kuchlari shu erda to‘plandi. Temur hamda temuriylar tomonidai zabt qilingan Eron, Ozarbayjon, Xorazm, Hindiston va boshqa mamlakatlarning eng mashhur me’mor va muhandislari, san’atkor va hunarmandlari saroyda to‘planib, maxalliy ustalar bilan hamkorlikda juda ko‘p muhtasham binolar qurdilar. Temur amri bilan qal’a bunyod etildi. keyinchalik u shahri dagi (ichki shaxar) ga aylandi, balandligi 8 m li devor bilan o‘rab olindi. 11 —12- asrlardagi sobiq shahri birun (hozirgacha bu joy “xisor” deb ataladi) qal’asi devorlari qayta tiklandi. SHahar markazidagi gumbazli bozor binosi — tomoniga borib taqaladigan oltita asosiy ko‘cha ishga tushirildi. 1404 yilda Ohanin darvozasidan CHorsu darvozasigacha butun shaharni kesib o‘tuvchi katta to‘g‘ri bozor yo‘li o‘tkazila boshladi. Qurilish oxiriga etkazilmadi, shunday bo‘lsa-da, yo‘lning ikki tomoniga ikki qavatli do‘konlar, gumbazli rastalar qurildi. Buxoro, Farg‘ona, SHahrisabzga ketadigan yo‘lning chorrahasida markaziy savdo maydoni yuzaga keldi. 15-asrning 20- yillariga kelib, bu erda shaharning bosh maydoni Registon (Registon ansambli) tashkil topdi. Temur hukmronligining dastlabki yillarida SHohi Zinda ansamblida Turkan og‘a 725

Доказательный фрагмент

«Maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida qurilish madaniyati va Ulug‘bek akademiyasi olimlarining arxitekturadagi matematik hisoblari G‘iyosiddin Jamshidning “Hisob kaliti”dagi ma’lumotlar asosida bayon qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida qurilish madaniyati va Ulug‘bek akademiyasi olimlarining arxitekturadagi matematik hisoblari G‘iyosiddin Jamshidning “Hisob kaliti”dagi ma’lumotlar asosida bayon qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
мавзолей, hisoblash metodlari, madrasa, дуга, sekstant, arka, Восточное Возрождение, mausoleum, me’morchilik, секстант, toqi, dunyoviy fanlar, ravoq, calculation methods, SHarq Renessansi, round, arc, masjid, secular sciences, Эпоха Тимуридов, Eastern Renaissance, Timurid era, kichik o‘lchamli asboblar., architecture, small tools., архитектура, медресе, rasadxona, mosque, круглые, светские науки, мечеть, маленькие инструменты, temuriylar davri, квадрат, sextant, обсерватория, observatory, maqbara, методы расчета, square
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники