К содержанию
РецензированоUZ2018

Axborot texnologiyalari va yoshlar: kiberdunyo o`zgarishlari

Toshkent: “O'zbekistan” NMIU

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2018

Аннотация

Ushbu maqola barcha texnika va texnologiyadan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, eng so`ngi texnika va texnalogiya yangiliklari haqida bo`ladi. Shuningdek maqolada bugungi ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati bayon etilgan. Kalit so’zlar: axborot texnologiyalari, texnika, texnologiya, kompyuter, dastur, kommunikatsiya, zamonaviy ta’lim. XXI asr axborot texnologiyalari va axborot-kommunikasiyalar asri sanaladi. Ayniqsa, o'n besh - yigirma yil ichida texnologiya shiddat bilan rivojlandi. Kompyuter texnologiyalari imkoniyati bir necha bor ortdi. Uyali aloqa vositalari, optik tolali moslamalar, global internet texnologiyalari imkoniyatlari sanog'iga yetish qiyin. Ahamiyatlisi, rivojlangan texnologiyalar jamiyat hayotining barcha jabhasini qamrab oldi. Axborot texnologiyalarining paydo bo’lishi, bu sohadagi ishlarni jonlantirib yubordi, ya'ni endigi hayot nafaqat axborotlar, axborot texnologiyalari, balki axborot tizimlarini yaratishni taqozo etib qoladi va ulardan bilim bazalari, vazifalar, mantiqiy xulosalarni yechuvchi mashina kabi xizmat tizimlarini ham o’z ichiga olishini talab qilmoqda. Bu talablarni hal qilish esa ijtimoiy islohotlarga bog’liqdir. Axborot texnologiyalarining maqsadi inson taxlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish bo„yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi obyekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma'lumotlarni to„plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir. Axborot texnologiyalari iborasidagi texnologiya lotincha “thexnoz” san’at, hunar, soha va “logos” fan degan ma’noni bildiradi. Ya’ni, texnologiya biror vazifani bajarishda uning turli usullari ko’rinishini bildiradi. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo’lib, unga informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan ma’lum bo’lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari internet kabi tushunchalardan tashqari qaror yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari axborot tizimlarini boshqarish axborot uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi bilimlar ombori kiradi. Kompyuter tarmoqlarining paydo bo’lishi sabablaridan biri resusrlardan hamkorlikda foydalanish, aholida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir.[1] Shu kecha kunduzga kelib hammamiz guvohi bolayabmizki texnalogiya katta tezlik bilan jadal suratlarda rivojlanmoqda. Dunyoning yetakchi kompaniyalari tomonidan yaratilib ommaga taqdim etilayotgan yangiliklarni, ixtirolarni ko’rib inson quvonadi. Siz-u biz tanigan mashxur APPLE, SAMSUNG kabi mobil va kompyuter qurilmalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar oxirgi yillardagi yangiliklari juda hayratlanarli. Misol uchun SAMSUNG tomonidan mobil qurilmalar uchun taqdim etilgan AI (Suniy Intelekt) mobil qurilmalar olamida birinchisi bo’ldi. Endilikda bu AI texnalogiyasi orqali til chegarasi butunlay buzuldi. Sababi telefondagi ikki kishi suhbati jonli tarizda tarjima qilinadi. Siz yokida biz boshqa mamlakat boshqa til vakili bilan jonli hech qanday qiyinchiliksiz suxbatlasha olamiz. Hammamiz bilgan APPLE kompaniyasi esa virtual olamga qarab katta qadam tashadi. Kompaniya tomonidan taqdim etilgan Apple Vision Pro virtual reallik qurilmasi butun dunyoni hayratda qoldirdi. Bu qurilma orqali biz mobil va kompyuter qurilmalarida bajaradigan deyarli hamma ishimizni bajarishimiz mumkin eng qizig’i bu birgina ko’zoynak orqali boladi. Hamma narsani siz virtual ko`rasiz va o’z qollaringiz bilan boshqarasiz, ko’zoynak qol harakatlarini yaxshi sezadi va boshqarishda sizga qulaylik beradi. Bularni birgina gap bilan Kiberdunyo o`zgarishlari desak boladi. Axborotlar oqimining ortib borishi va ta'lim metodlarining murakkablashishi bilan ta'limni asosan an'anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari vositalari o’quv jarayonida alohida ahamiyatga ega bo’lib, ta'lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlarni taqdim qiladi: - teskari aloqa bog’lashi: o’quvchilarning o’zini-o’zi nazorat qilish va tuzatib borishi; - darslarda animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanilishi; - o’quvchilarga fanni o’zlashtirish uchun ko’nikmalar hosil qilishi va hokazo. Bilishning asosini amaliyot tashkil etadi. Axborot texnologiyalari esa ana shu jihatdan ham o’z ustunligiga ega. 722 O’rganilgan nazariy bilimlarning texnik vositalar asosida amaliy jihatdan ham yoritib berish imkoniyatining mavjudligi ta’lim oluvchilarning ta’lim jarayonida yanada faol ishtirok etishini ta’minlaydi. O’quv - tarbiya jarayonida axborot - metodik ta’minotini amalga oshirishda axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining bajaradigan asosiy vazifasi – ikki tomonlama muloqotni ta’minlashdir. Teskari aloqasiz, o’qituvchi va o’quvchi orasidagi doimiy muloqotsiz o’qitish mumkin emas. Axborot-k

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola barcha texnika va texnologiyadan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, eng so`ngi texnika va texnalogiya yangiliklari haqida bo`ladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola barcha texnika va texnologiyadan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, eng so`ngi texnika va texnalogiya yangiliklari haqida bo`ladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompyuter, технология, axborot texnologiyalari, общение, компьютер, technique, texnika, техника, technology, communication, program, information technology, zamonaviy ta’lim., программа, dastur, modern education, информационные технологии, computer, kommunikatsiya, texnologiya, современное образование
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники