The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
Sanoat chiqindilaridan foydalanib bog‘lovchi sifatida ko‘mir kukunini briketlashning taxlili
Насиба Вохидова (Ферганский Политехнический Институт)
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 10-21 · 2000
Аннотация
Bog‘lovchi sifatida mexanik faollashtirilgan organo-mineral biriktiruvchi moddalar bilan modifikatsiyalangan chiqindilardan foydalangan holda sifatsiz qo‘ng‘ir ko‘mir chiqindilarini briketlash texnologiyasi va kompozitsiyalarini ishlab chiqish natijalari keltirilgan. Kalit so‘zlar: qo‘ng‘ir ko‘mir, qazib olish konlari, qo‘ng‘ir ko‘mir kukuni, yoqilg‘i briketi, mexanik faollashtirish, kul tarkibi, yonishdagi issiqlik miqdori. Respublikamiz xududida joylashgan yirik sanoat korxonalaridan kimyo, oziq-ovqat, qurilish materiallari va shu kabi korxonalardan turli yo‘nalishlarda maxsulotlar ishlab chiqarish orqali ulardan ajralib chiqayotgan chiqindilar turli xil xolatlarda uchraydi. Insoniyat yashash davrida paydo bo‘ladigan barcha chiqindilarning kelib chiqishi turiga ko‘ra istemol chiqindilari va ishlab chiqarish chiqindilariga bo‘linadi. Ikkinchisi - bazi moddalar yoki ularning aralashmalari, turli xil tabiiy xom ashyolarni termik yoki kimyoviy qayta ishlash bilan birga ishlab chiqarish siklining qo‘shimcha mahsuloti sifatida hosil bo‘lgan ko‘p miqdordagi yaroqsiz xom ashyolardir [1]. 714 Bunday chiqindilar ishlab chiqarish jarayonining ushbu bosqichida (axlat, qadoqlash qoldiqlari, hurdalar va boshqalar) hech qanday qiymatga ega emasdir, lekin ulardan keyinchalik foydalanish uchun qayta ishlanishi mumkin. Yig‘ilish holatiga ko‘ra kichik va yirik tonnali sanoat chiqindilari mavjud: • qattiq xolatdagi; • suyuq xolatdagi; • gazlar shaklida. Suyuq xolatdagi sanoat chiqindilari Turli xil xom ashyolarni qayta ishlash natijasida ajrab chiqgan suyuq sanoat chiqindilariga quyidagilar kiradi: radioaktiv qo‘shimchalar bo‘lgan suyuqliklar; yog‘lar va moylash materiallari; emulsiyalar; moylar. Ulardan kam zararlisi neftni qayta ishlash mahsulotlari hisoblanib, eng yuqori xavfdagisi - portlovchi sulfat kislotadir. Ishlab chiqarish materiallarining qattiq xolatdagi chiqindilarini ko‘rib chiqamiz. Qattiq sanoat chiqindilari quyidagi guruhlar bilan ifodalanadi: foydali qazilmalarni tozalash jarayonida ajratib olingan chiqindi jinslar; ishlab chiqarish muddati tugagan eskirgan mashina va mexanizmlar; sanoat xom ashyosiga kimyoviy, fizik yoki mexanik ishlov berish natijasida olingan qattiq fraksiyali birikmalar. Ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan qattiq chiqindilar: kimyo va neft-kimyo sanoatida turli fizik holatdagi moddalar sifatida; metallurgiyada koks, shlak va metall qoliplari qoldiqlari shaklida; energetika sohasidagi stansiyalarda shlak va kul sifatida; yog‘ochni qayta ishlash sanoatidagi chiqindilardan paraxa, butoqlar, aralash va randalashda xosil bo‘lgan qirindilar. Qattiq chiqindilar to‘rtta asosiy xususiyatlariga ko‘ra tasniflanadi: • atrof-muhit va inson salomatligi uchun zaharlilik xususiyatiga ko‘ra; • sanoat tarmoqlari bo‘yicha ularning kelib chiqish manbasi sifatida (yog‘ochga ishlov berish, kimyoviy, ko‘mirli); • umumiy fizik sifatlari bo‘yicha – zichlik, tarkibi; • fraksiya holati bo‘yicha – gaz, qattiq, suyuq. Zaharli sanoat chiqindilari Davlatda umumiy qabul qilingan sanoat chiqindilarining klassifikatoriga ko‘ra, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari, shuningdek, keyinchalik yo‘q qilish uchun zarur shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, beshta xavfli sinfga ajratiladi: • o‘ta zaharli (simob); • yuqori zaharli; • o‘rtacha zaharli (moylar); • past zararli; • deyarli xavfsiz, inert (bo‘r, alumina, gips). Chiqindilarning har biri uchun uning xavflilik sinfi, ishlab chiqarishda to‘planishi va atrof-muhitga yo‘q qilish hajmi bo‘yicha ko‘rsatilgan pasport turi tuziladi. Ko‘p sanoat chiqindilari juda zaharli birikmalar hisoblanadi. Misol uchun, titan ishlab chiqarishda zaharli chiqindilar bo‘lgan suvsiz aluminiy xloridni chiqindi poligoniga tashlashdan oldin uni zararsizlantirish uchun kalsiy karbonat bilan ishlov berish kerak [2]. Barcha xavfli ishlab chiqarish chiqindilari quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: • uning tarkibida inson, hayvon va o‘simliklarning yashovchanligi uchun zararli moddalar mavjudligi; 715 • yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari, tirik organizmlarning zaharlanishiga yoki tabiiy materiallarning korroziyasiga olib keladigan birikmalarning mavjudligi; • portlash va yong‘in xavfi, zaharlilik yoki radiatsiya mavjudligi. Sanoat chiqindilaridan nima qilish mumkin Asosan, sanoat tomonidan yiliga millionlab tonna ishlab chiqarilgan yirik tonnali chiqindilar keyingi qayta ishlash uchun ishlatiladi. Ko‘rinishidan keraksiz bo‘lib ko‘ringan bu moddalar ijobiy qayta ishlanib, yonuvchi briketlar, biogaz va qurilish materiallariga aylantiriladi. Katta miqdordagi qattiq sanoat chiqindilari quyidagilarga yo‘naltiriladi: • yo‘l qoplamalarini ta’mirlash, chuqurlarni yo‘q qilish va to‘g‘onlarni to‘ldirish; • tog‘-kon sanoatidagi qazilgan yerlarni tiklash; • qishloq xo‘jaligining turli ehtiyojlari uchun. Chiqindilarni utilizatsiya qilishdan oldin quyidagilar amalga oshiriladi: • yoqilg‘i pechlarida yoki reaktorlarda yoqish; • kimyoviy birikmalar bilan neytrallash; • suyuq chiqindil
Доказательный фрагмент
«Bog‘lovchi sifatida mexanik faollashtirilgan organo-mineral biriktiruvchi moddalar bilan modifikatsiyalangan chiqindilardan foydalangan holda sifatsiz qo‘ng‘ir ko‘mir chiqindilarini briketlash texnologiyasi va kompozi…»
Образец извлечения
Демо-превьюBog‘lovchi sifatida mexanik faollashtirilgan organo-mineral biriktiruvchi moddalar bilan modifikatsiyalangan chiqindilardan foydalangan holda sifatsiz qo‘ng‘ir ko‘mir chiqindilarini briketlash texnologiyasi va kompozi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yoqilg‘i briketi, количество теплоты при сгорании, qo‘ng‘ir ko‘mir kukuni, kul tarkibi, mechanical activation, lignite, lignite powder, qo‘ng‘ir ko‘mir, qazib olish konlari, добыча полезных ископаемых, зольность, механоактивация, mexanik faollashtirish, mining, ash content, amount of heat in combustion, yonishdagi issiqlik miqdori., бурый уголь, бурый порошок, fuel briquette, топливо брикет
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021