К содержанию
РецензированоUZ2015

O‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishda innovatsion texnologiyalarining ahamiyati

Islomov Ravshanbek Turgunaliyevich

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2015

Аннотация

Ushbu maqolada yoshlar huquqiy madaniyati va ma’naviy-axloqiy qiyofasining barqaror ijtimoiy makonda ijtimoiy adolat tamoyili bilan uyg‘unligi tahlil etilgan. Shuningdek, yoshlar ongiga ijtimoiy adolat tamoyillarini singdirishning ma’naviy-huquqiy mezonlari yoritilgan. Kalit so‘zlar. Yoshlar, huquq, huquqiy madaniyat, ma’naviyat, axloq, barqarorlik, ijtimoiy makon, huquqiy voqelik, ijtimoiy adolat. Yoshlar huquqiy madaniyati va ma’naviy-axloqiy qiyofasi barqaror ijtimoiy makon va huquqiy voqelik asosida shakllanadigan fenomen hisoblanadi. Yoshlarning huquqiy va ma’anaviy faoliyat ishtirokchisiga aylanib borishi ham huquqiy madaniyat darajalarining shakllanishi va ijtimoiy adolat tamoyillarini anglab yetishiga olib keladi. Huquqiy madaniyatning shakllanishi jarayoni uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, sub’ektning ma’lum ko‘nikma va malakalari yordamida shakllanadi. Bu sub’ektning ijtimoiy voqelik haqidagi bilimlari darajasi, xarakteri, an’analarga munosabati, huquqiy makon borasidagi ratsional tasavvurlari kabi omillar bilan chambarchas bog‘liq. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev jamiyatda adolat tamoyilini qaror toptirish yuzasidan quyidagi fikrlarni aytgan: “Xalqimiz hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda tom ma’noda qaror toptirish - eng asosiy vazifamizga aylanishi shart. Biz barpo etayotgan huquqiy davlatda, adolatsizlikning hech qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘yilmasligi darkor. Nega deganda, odamlar hamma narsaga chidashi mumkin, lekin adolatsizlikka chiday olmaydi. Bu chuqur ma’noli so‘zlar bugungi kunda har qachongidan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etayotganini sezish, anglash qiyin emas”[1]. Yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirish orqali ularda ijtimoiy adolat tamoyillarini singdirish muhim hisoblanadi. Husayn Voiz Koshifiyning ta’kidlashicha, “Adolatning ma’nosi xalqning huquqiy tengligini ta’minlashdir. Adl shunday ziynatdirki, u mamlakatga oroyish beradi, bir quyoshki, uning nuri bilan zulmat yorug‘likka aylanadi” [2]. Mazkur ta’rif bo‘yicha tushunish mumkinki, adolatning asosini huquqiy tenglik tashkil etadi. Mazkur voqelik esa, huquqiy madaniyatni shakllanishi uchun zarur omil hisoblanadi. Ijtimoiy adolat huquqiy madaniyat bilan uzviy bog‘liqligi haqida T.Alimardonov shunday ta’kidlaydi: “Adolat–haqiqat timsoli, axloqiy tuyg‘ularimiz ifodasi. Adolat insonning ma’naviy olami, uning mavjudligi bilan bog‘liq hodisa. U o‘zi anglagan olamida haqiqatini izlaydi, shu manba qudrati bilan yuksaladi” [3]. Yoshlarning ijtimoiy borliqdagi huquqiy va ma’naviy qarashlarida yuqori darajalarni ta’minlash ijtimoiy adolat tamoyilining ularga singdirishda muhim omil hisoblanadi. Bu masala 349

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yoshlar huquqiy madaniyati va ma’naviy-axloqiy qiyofasining barqaror ijtimoiy makonda ijtimoiy adolat tamoyili bilan uyg‘unligi tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yoshlar huquqiy madaniyati va ma’naviy-axloqiy qiyofasining barqaror ijtimoiy makonda ijtimoiy adolat tamoyili bilan uyg‘unligi tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
student achievement, Инновационные технологии, педагогические методы, o‘quv yutuqlarini oshirish, pedagogik usullar, the lowest level of adaptation, улучшение учебных достижений, texnologik vositalar, innovatsion texnologiyalar, низкий уровень овладения, Innovative technologies, pedagogical methods, успех учащихся, technological tools., o‘quvchilarning yutug‘i, o‘zlashtirishning past darajasi, технологические средства., ta’lim jarayoni, the learning process, образовательный процесс, increasing learning outcomes
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти