Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OID QISMINI IJRO QILISH MUAMMO VA YECHIMLARI Beshimov G‘ulomjon Raxmatullaevich O‘zbekistan Respublikasi Xuquqni muhofaza qilish akademiyasi magistranti.
Beshimov G‘ulomjon Raxmatullaevich
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article provides a comprehensive analysis of the issues related to the property collection of court decisions in criminal cases. In particular, the legal basis of the property collection process, the powers of the executive bodies and the problems arising in the process of full implementation of judicial decisions in practice were considered. Also highlighted in the collection is the need to protect the rights and interests of victims, and at the same time comply with the legal requirements of property owners. Keywords: criminal cases, judicial system, executive bodies, decision, immunity, legal basis. 635 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Kirish. Jinoiy ishlar bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undiruvi bilan bog‘liq masalalar hozirgi davrda nafaqat huquqni qo‘llash amaliyoti, balki ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini yanada kuchaytirish nuqtai nazaridan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki, jinoyat tufayli jabrlangan shaxslarning mulkiy zarari to‘liq qoplanishi, xususan, ayblanuvchi yoki mahkum zimmasiga yuklatilgan kompensatsiya hamda boshqa to‘lovlarning to‘liq undirib berilishi amalda adolatni tiklashning muhim shartlaridan biridir. Avvalo, jinoiy ishlar bo‘yicha sud qarorlarida belgilangan mulkiy undirish choralari ayrim hollarda ijro etuvchilar o‘rtasidagi vakolatlar chegarasining noaniqligi, shuningdek, tegishli ma’lumot almashinuvining yetarli darajada integratsiyalashmaganligi sababli kechikib yoki butunlay samarali amalga oshmay qolishi mumkin. Masalan, qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki va daromadlari, mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qonunda yo‘l qo‘yiladigan doirada ko‘rilgan barcha choralar natijasiz bo‘lganligi undiruvchi e’tiroziga sabab bo‘ladi va adolatga bo‘lgan ishonchni ham zaiflashtirishi mumkin. Bundan tashqari, mulkni aniqlash va uning ustidan taqiq qo‘yish, bank hisob raqamlariga band solish kabi chora-tadbirlar, odatda, jinoiy ishlar bo‘yicha hukm chiqib, ijroga qaratilgandan so‘ng amaliyotga joriy etilsa-da, bu jarayonning samaradorligi har doim ham kutilgan natijani bermaydi. Ayrim mahkum (qarzdor)lar mol-mulkni boshqaning nomiga o‘tkazish yoki nobud qilish, hisob raqamlaridagi pul mablag`larini begonalashtirish yo‘li bilan undirishdan qochishga harakat qilishadi. Bu kabi noqonuniy hatti-harakatlarning oldini olish uchun, avvalo, jinoiy protsessual va ijro huquqi normalarini takomillashtirish, xalqaro tajriba asosida tezkor va aniq ish yuritish mexanizmlarini yaratish zarur. Shuningdek, barcha jarayonlarni raqamlashtirish va mas’ul organlar o‘rtasida yagona elektron hamkorlik tizimini shakllantirishga ehtiyoj bor. Shu jumladan, ijro hujjatlarining xususiyatidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 83 -moddasi “Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlar” 5-bandi “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undiruviga oid ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorning mulklariga nisbatan qo‘yilgan ta’qiq ma’lumotlari” bilan to‘ldirish taklif etilmoqda-ki, bu aynan, ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari boshlangunga qadar qarzdorlar tomonidan mulklarni begonalashtirilmasligini oldini oladi. Ijro jarayonidagi yana bir muhim masala – bu jabrlanuvchi (undiruvchi)larning huquqlari va manfaatlarini to‘la ta’minlash bilan birgalikda, mulk egalarining (ayblanuvchi yoki mahkumning) qonuniy talablari ham kamsitilmasligini ta’minlashdir. Davlat organlarining mazkur jarayonlarni o‘rganish, tahlil qilish, monitoring olib borish va zarur bo‘lsa, qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha olib borayotgan islohotlari ma’lum samara bermoqda. 636 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Adabiyotlar tahlili va muhokama. Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undiruvi – adolat prinsipi hamda qonun ustuvorligini amalda ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Chunki jinoyat tufayli yetkazilgan zarar o‘z vaqtida va to‘liq qoplanishi jabrlanuvchilarning buzilgan huquq va manfaatlarini tiklash, ayni paytda, ijtimoiy adolatni qaror toptirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, mulkiy undirish jarayonining samarali amalga oshirilishi davlatning o‘z fuqarolari oldidagi burchi sifatida ham qaraladi. Biroq mazkur yo‘nalishda, amaliy tajribada bir qator yechimini kutayotgan muammolar mavjud bo‘lib, ularni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, shuningdek, hukumat tomonidan turli chora-tadbirlar tasdiqlab kelinmoqda. Ijro organlari faoliyatini muvofiqlashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan imzolangan, 2020-yil 7-martidagi “Sud-huquq sohasini yanada takomillashtirish hamda odil sudlov samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 6034-son farmoni ijro organlari o‘rtasida yagona elektron ma’lumotlar tizimini sh
Доказательный фрагмент
«This article provides a comprehensive analysis of the issues related to the property collection of court decisions in criminal cases.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a comprehensive analysis of the issues related to the property collection of court decisions in criminal cases. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- criminal cases, judicial system, executive bodies, decision, immunity, legal, ijro organi, jinoyat ishlari, sud-huquq tizimi, daxlsizlik, qaror, huquqiy asos.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014