К содержанию
РецензированоRU2024

“QUTАDG‘U BILIG” VА “DEVONU LUG‘OTIT TURK”DАGI TАBOBАTGА DOIR TERMINLАR TАSNIFI Xolmuradova Mushtariy Faxrutdin qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xolmuradova Mushtariy Faxrutdin qizi

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

The article analyzes the medical terms in "Kutadgu Bilig" and "Devonu Lugotit Turk". Lexical units representing medical concepts are explained. The medical terms in the works, the relevance and significance of medical considerations to the present day are highlighted. Medical lexemes: names of persons engaged in medical activities, names of drugs, names of diseases, names of medicines, names of medicinal food were analyzed. Keywords: heat, coldness, medicine, healer, uragun, tarangbin, ma’jun, temperament, physical education. Xinjyang tibbiyot universiteti (Xinjiang Medical Universty) olimlari “The origins of Uyghur medicine: Debetes and perspectives” (Uyg‘ur tibbiyotining kelib chiqishi: munozaralar va istiqbollar) mavzusida maqola e’lon qildilar. Maqolada uyg‘ur tibbiyotining kelib chiqish ko‘p asrlik tarixga borib taqalishi, uning shakllanishida “Devonu lug‘otit turk” va “Qutadg‘u bilig” asarlarining o‘rni haqida muhim fikrlar bayon etilgan [Abdukadir A, 2015: 226] Asarlar matnida tibbiyot bilan mashg‘ul shaxs otlari o‘z aksini topgan. Masalan, otačï “tabib, davolovchi” ma'nosini bildirgan. Asarda tabiblarga nisbatan emči termini ham qo‘llangan. Ot so‘zi em bilan birgalikda qo‘llanib, “giyoh, 308 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI dorivor o‘simlik” tushunchalarini bildirgan [DTS, 373]. Mahmud Koshg‘ariyda ot so‘zining 1) “o‘t, o‘simlik”; 2) “hayvonlar yeydigan har turli o‘t, xashak”; 3) “dori, davo”; 4) “og‘u, zahar” ma’nolari qayd etilgan [DLT, I, 71]. Bundan tashqari, “tabib” ma'nosidagi atasağun so‘zi ham keng iste'molda bo‘lgan. Buning ma'nosi “sog‘lik beruvchi, sog‘lik ato qiluvchi”dir [DLT, I: 114]. Qutadg‘u bilig”da dorishunos, dorivor giyohlardan dori tayyorlovchi iδišči shaxs oti bilan anglashilgan. Asarda turli dori nomlari va ularning qanday kasalliklarga qarshi qo‘llanilishi haqida ma'lumotlar berilgan: Qamuğ türlüg otlar iδişçi tutar [QBN, 2887]. “Ҳамма турли дориларни шаробдор (доришунос) сақлайди (ҳозирлайди)” [QBN, 2448]. Urağun – achchiq ta'mga ega bo‘lgan dori, zahar: Beδük bir biçäkig yelikdä tutar Solındın urağun oŋındın şäkär [QBN, 772]. “Qo‘lida ulkan bir pichoq tutgan, So‘l tomonida – urag‘un (bir xil dori), o‘ngida esa shakar (sharbat)” [QBN, 757]. “Qadimgi turkiy til” lug‘atida urağun “название одного из индийских лекарств, горький напиток” tarzida izohlangan [DTS, 614]. R. Arat bu dorini “Hindistandan gelen bir ilâç” deb izohlaydi “Devoni lug‘otit turk”da urağun- kasallarga qo‘llaniladigan hindcha bir dori [DLT, I: 156]. Ötrüm – surgi dori. “Qutadg‘u bilig”da ta'kidlanishicha, Oyto‘ldi kasallikka chalinganda tabiblar unga qon oldirishni tavsiya qilishgan. Ayrim tabiblar surgi dori – ötrüm ichishni maslahat berganlar: Qayu aydı ötrüm içürgü keräk, Özin qatmış emdi boşutğu keräk [QBN, 1059]. “Ba'zilari aytdilar: curgi ichirish lozim, ichi qotibdi, endi ichni yumshatish kerak”[QBN, 1045]. Çurnı (churni) – surgi dori, turklar tomonidan qo‘llaniladi: Qamuğ türlüg otlar iδişçi tutar Güvariş ya ma’cun ya çurnı qatar [QBN, 2887]. “Hamma turli dorilarni sharobdor saqlaydi, Guvorish yo ma'jun, yo churni aralashtiradi (hozirlaydi)”[QBN, 2448].Turk tabiblari tomonidan yasaladigan surgi dori čurnï deb atalgan [DLT, I: 408]. Egit-yaradan, shuningdek, ko‘z tegishidan saqlash uchun bolalarning yuziga surtiladigan bir dori. Bu dori za'faronga bir qancha giyohlar qo‘shib tayyorlanadi. Egir- igir//iyir. Qorin og‘rig‘ini davolash uchun qo‘llanadigan o‘simlik. “Devonu lug‘otit turk”da bu bilan bog‘liq bir maqol keltirilgan: Ekir bolsa er ölmäs-kishi yonida bu dori bo‘lsa, o‘lmaydi. Bu maqol har ishga oldin hozirlanish kerak, degan ma'noda qo‘llanadi [DLT, I: 88]. 309 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI Atğaq Qorinda sariq suv yig‘ilish kasalligi. Sariq rangdagi bir turli o‘simlik ham shunday ataladi. Qayg‘udan rangi sarg‘aygan kishilarga nisbatan ham atğaq deyiladi [DLT, I: 141]. Bars. Bars so‘zi aslida zoonim sifatida “yo‘lbars” ma'nosini anglatadi. Lekin “Devonda shunday kasallik turi ham bars deb ataladi. Chivin, pashsha chaqishidan yoki eshak yem boshlanishida terida paydo bo‘ladigan paysa, shish shunday nomlanadi: anïη eti bars boldï –uning eti paysa bo‘ldi, shishdi. Asarda kasalliklarga shifo bo‘ladigan bir qancha tosh nomlari ham keltirilgan. Jumladan, qoš toshi-davolovchi tosh.Turklarda shunday hikmatli so‘z keltirilgan: kimiη bilä qaš bolsa, yašïn yaqmas- qosh toshi kimda bo‘lsa, unga chaqmoq zarar bermaydi. Chunki u toshning tabiati shunday. Hattoki u toshni bo‘zga o‘rab o‘tga tashlansa, bo‘z ham, tosh ham kuymaydi. Bu sinalgandir. Tashna odam og‘ziga qo‘ysa, tashnalikdan kutuladi. U bir oq, tiniq toshdir, odamlar uni uzukka ko‘z qilib tikadilar [DLT, III, 28].Urumday-zaharning zararini yo‘qotish uchun ishlatiladigan tosh [DLT, I, 174]. Yusuf Xos Hojib va Mahmud Koshg‘ariy qadimgi Gretsiya va O‘rta Osiyoning mashhur olimlari kabi olamni to‘rt unsurdan – o‘t, suv, hav

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the medical terms in "Kutadgu Bilig" and "Devonu Lugotit Turk".»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the medical terms in "Kutadgu Bilig" and "Devonu Lugotit Turk". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
heat, coldness, medicine, healer, uragun, tarangbin, ma’jun
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники