К содержанию
РецензированоUZ2025

SARBAST POETIK JANRINING O’ZBEK ADABIYOTIDAGI O’RNI N.Saitova SVPMM Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo’limi yetakchi mutaxassisi

NEW RENAISSANCE

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Erkin she’r o’zbek adabiyotiga qachon va qaysi xalq adaiyoti ta’sirida kirib kelganligi hamda Kimlarning ijodida bu janr ko’zga tashlanishi; erkin she’r imkoniyatlari haqida so’z boradi. Odamiyat yaralibdiki, go’zallik yaratmoq istaydi. Qishda bahorni, ko’klamda qorni, yiroqda yorni, yaqinda vaslni qo’msaydi. Bu ko’ngil mavjlarini qaysidir san’atida ifoda etishga harakat qiladi. She’r bu insoniyat ehtiyoji ila yaralgan yerdagi bir mo’jizadir. Belinskiy tili bilan aytganda “Poeziya, asosan, hayot, mohiyat, tabiri joiz bo’lsa, hayotning nafis efiri”dir1. Qalam ustalari bu “efirlar”ni turli shakl va janrlarda bayon qilishadi. Shoirlarning ilhom to’lqinini “kesmaydigan” poetik janrlardan biri bu-sarbastdir. Adabiyotda erkin she'r yoki sarbast deb ataluvchi ushbu janr she’riyat olamida misralardagi hijolar miqdori, ularning cho'ziq yoki qisqaligi hech qanday ahamiyat kasb etmasligi hamda. misralaming turlicha turoqlanishi, qofiyalanishdagi erkinlik shoirga o'z fikrini izchil ifodalash imkonini berishi bilan ko’p ishlatishlidir. Bundan tashqari verlibr she’rlarda («verlibr» fransuzcha vers she'r, libres - erkin so'zlaridan) ohangdorlik va ifodalilik talabi, she'r g'oyasi va shoir maqsadini ochib beruvchi har bir so'z ijodkor xohlagan tartibda alohida satrlarga chiqarilishi uning qulaylik darajasini oshiradi2. Ho’sh, Erkin she’r o’zbek adabiyotiga qachon kirib keldi? Qaysi xalq adabiyoti orqali kirib keldi? Kimlarning ijodida bu janr ko’zga tashlanadi? Bu savollar javobiga hamin qadar maqolamiz davomida javob izlaymiz. Izlanishlar shuni ko’rsatmoqdaki, erkin she’r 20-30 -yillarda, o’zbek adabiyoti tubdan o’zgarish va yangiliklarga yuz tutgan bir davrda turk, tatar va rus she’riyati ta’sirida o’zbek adabiyotiga kirib keldi. Uning o’zbek adabiyotidagi poydevorini Hamza,Fitrat,Cho'lpon qo’ydi3 H.Olimjon, G'.G'ulom, M. Shayxzoda, Usmon Nosir, Mirtemir, Oybek, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Usmon Azimlar va boshqa bir qator so’z mohirlari ijodi negizida esa o’zbek she’riyatida palak yoydi. 1 .Belinskiy V.G. Adabiy orzular.- Toshkent. G’.G’ulom nomida Adabiyot va san’at nashriyoti,1977. 2O’zbekiston milliy ensiklopediyasining (2000-2005) ma’lumotlaridan foydalanildi 3 Адабий тур ва жанрлар.Тошкент.Ўзбекитон Республикаси фанлар академиясининг “Фан” нашриёти 325 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Barcha xalqlar tarixiga nazar solsangiz so’zni muqaddas kalom sifatida ko’rishgan. Bu ularning janrlarni nomlashida (yapon xokkularining “qisqa oyatlar” deyilishi) yoki bo’lmasa, daslabki she’riy janrlarning diniy adabiyot negizida paydo bo’lganligi ham fikrimiz dalilidir. O’rta asrlardagi diniy adabiyotga xos bo’lgan ozod she’r shakli dastlab nemis romantiklari, U. Uitmen va fransuz simvolistlari tomonidan qayta tiklanib, 20-asr jahon she’riyatida ommaviy tus olgan. Fransuz she’riyatida "verlibr", rus she’riyatida "svobodniy stix" deb atalgan bu she’r shakliga o’zbek shoirlari "Sarbast" deb nom berdilar4. Erkin she’rni chin ma’noda she’riyat olamidagi eng hayratlanarli hodisa hisoblashimiz mumkin. Erkin she’rni kuzatsangiz uni o’z nomiga mos va xos ekanligini ko’rasiz. Chunki unda vazn va qofiya yo’q. Lekin bu she’r shakli, huddiki, sehrli kristal kabi "ishlaydi": u o’zida kundalik mavzularda ham ajoyib rasmlardan kam go'zallik va donolik yo'qligini so’z chizgilarida akslantiradi. Unda so’zlar o’z-o’zidan quyulib keladi. O’quvchi tutilmasdan erkin va ozod holatda she’rni so’ngiga yetkazadi. Miraziz A’zamning quyidagi “Meros”5 sarlavhali she’riga nazar solaylik. Otam ketganiga uch bola edik, onam 24 yoshida qoldi, shubhasiz, qarovsiz qizini, bobom o’z yoniga oldi. Hovlini 20 ming sotgan yilimiz o’lkada ayirbosh bo’ldi pulimiz, ikki ming so’mni ham qarz olib bir odam qaytib berolmasdan o’tdi olamdan, shunday qilib,otamdan, meros bizga faqat qoraxat. Sarbast she'r imkoniyatlaridan eng muhimi bu ijodkor diqqatni qaratmoqchi bo'lgan holatni, hissiyotni, dard-u og'riqni, she'rning asosiy g'oyasini ifoda etuvchi so'z yoki so'zlar tizimini alohida satrga chiqarish mumkinligidir. M. A'zam ham ushbu sochmasida "qarovsiz qizini", "qoraxat" misralarini alohida bo'rttirish orqali voqea mohiyatini o'quvchiga chuqurroq anglata olgan. 4 Mamatova A. N., O’zbek she’riyatida sarbast, T., 2000. 5 Xurshid Davron electron kutubxonasidan olindi. 326 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Zamonaviy shoirlarning erkin she'rlarini baliq to'rlariga qiyoslasak bo’ladi. Chunki bunda baliqchi to’riga hamma narsa tushishi mumkin. Bugungi erkin she’rda ham barcha mavzuni, so’zni shoirlar erkin tarzda she’rga kiritganligini ko’ramiz. Ayni bu jihat bugun va kecha verlibr she’rlarining asosiy farqini topishimiz uchun xizmat qiladi. Dastlabki erkin she’rlar qisqa oyatlar singari bo’lsa, hozirgi zamon verlibrlarida esa, barcha mavzu va holatni aks ettirish mumkin. Bu o’rinda M. Shayxzodaning “bir tush ko'rdim…” deb boshlanuvchi she’ri, Cho'l

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Erkin she’r o’zbek adabiyotiga qachon va qaysi xalq adaiyoti ta’sirida kirib kelganligi hamda Kimlarning ijodida bu janr ko’zga tashlanishi; erkin she’r imkoniyatlari haqida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Erkin she’r o’zbek adabiyotiga qachon va qaysi xalq adaiyoti ta’sirida kirib kelganligi hamda Kimlarning ijodida bu janr ko’zga tashlanishi; erkin she’r imkoniyatlari haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
erkin she, she riyatida, zbek adabiyotiga, kirib keldi, she rni, she zbek, adabiyotiga qachon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники