К содержанию
РецензированоUZ2024

+998946458895

Nurullayeva Oydin Nazirjon qizi

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada parallel til korpuslari, ularning tarkibi va tuzilishi ilmiy va amaliy tadqiqotlarda katta ahamiyatga ega ekanligi, turli tillardagi matnlarni qiyoslash va chuqur tahlil qilish imkonini berishi haqida so‘z ketadi. Kelgusida ko‘p tilli korpuslarni rivojlantirish, ayniqsa kam tillarda, ko‘p maqsadli tadqiqotlar va sun’iy intellekt tizimlarining sifatini yaxshilashga xizmat qilshi haqida fikrlar bayon etilgan. Fikrlarni dalillash maqsadida misollar keltirilgan. Kalit so‘zlar: korpus lingvistikasi, parallel matnlar korpusi, lingvistik teg, ekstralingvistik teg, metaaxborot, annotatsiya. Bugungi kunda jahondagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar tilda o‘z aksini topmoqda. XIX asr oxiri XX asrning boshlarida kompyuter texnologiyalari rivojlanishi va internet tarmog‘ining keng yoyilishi zamonaviy tilshunoslikning kompyuter lingvistikasi va korpus tilshunosligi sohalarini paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Bugungi axborotlashgan jamiyatda har qanday til jamiyatda saqlanib qolishi uchun sun'iy intellekt tiliga aylanishi lozim. Har qanday tilning sun’iy shaklini yaratish korpus tilshunosligining muhim vazifasidir. Kompyuter lingvistikasining xususiyatlari, ijtimoiy sohalardagi o'rni, lingvistik tadqiqotlardagi ahamiyati ilmiy ishlarda yoritilgan. Keltirilgan ma'lumotlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni alohida ta'kidlash mumkin: - kompyuter lingvistikasi tilning lug'at fondini jamlash va tizimlashtirish imkonini yaratadi; - kompyuter lingvistikasi lingvistik masalalarni kompyuter orqali tahlil qilishga, til imkoniyatlarini yoritishga, kompyuter-axborot uslubi yordamida aks ettirishga xizmat qiladi; - kompyuter lingvistikasi korpus lingvistikasi, kompyuter leksikografiyasi kabi yangi yo nalishlarning shakllanishiga zamin yaratadi; - kompyuter lingvistikasi lingvistik tadqiqotlarni mazmunan xilma-xil material bilan ta'minlaydi, ma'lumotlarni jamlash, tizimlashtirish, qiyoslash, chog ishtirish imkonini beradi; - lingvokulturologiya, lingvostatistika, qiyosiy tilshunoslik, chog'ishtirma 828 Dekabr, 2024-Yil tilshunoslik masalalarini kompyuter vositasida hal qilish amaliy qiymatga ega bo'ldi. [1:40] Korpus lingvistikasi komputer lingvistikasi yo'nalishi sifatida shakllanib, hozirgi kunda dunyo ilmida mustaqil soha sifatida rivoj topmoqda. Korpus lingvistikasi korpuslarni yaratish texnologiyasi, usullari hamda ma'lumotlar bazasini shakllantirish bilan shug'ullanadi. Korpuslar til imkoniyatlarini yorituvchi ma'lumotlar bazasidir. Korpus (kor- pus) lotincha so'z bo'lib, «tana» degan ma'noni bildiradi. "Korpus so'z, so'z ma'nosi, so'z birikmasi, grammatik shakllarni muayyan qidiruv tizimi orqali topishga asoslangan elektron ko'rinishdagi matnlar jamlanmasidir". Matnlar korpusi - elektron holda saqlanadigan ma'lumotlar bazasi bo‘lib, til materialini jamlash, lingvistik muammolarni hal etish maqsadida yaratiladi. Korpuslar so‘zlar, so'zshakllari, yaxlit sintaktik butunliklar, rasmiy, publitsistik (gazeta va jurnal) matnlardan tashkil topadi. Korpus qidiruv tizimiga mo‘ljallangan bo‘lib, kompyuter dasturlari asosida tizimlashtiriladi. Matnlar korpusiga oid ilmiy tadqiqotlar salmog'ining ko'payishi natijasida tilshunoslikda korpus lingvistikasi yo'nalishi shakllandi. Korpus lingvistikasi tilshunoslikning barcha yo'nalishlari uchun amaliy funksiya bajaradigan soha sifatida natijalarning samaradorligini va asosliligini ta'minlaydi. Korpus (corpus) lotincha "tana", "jism", "modda"; "bir butun narsa" tushunchalarini anglatuvchi so'z bo'lib, o'zbek tilida quyidagi ma'nolarda qo'llanadi: 1. Mexanizm, apparat va sh.k. ning tayanch qismini yoki qobig'ini tashkil etuvchi butunlik. Soat korpusi. Stanok korpusi. 2. Bir umumiy uchastkadagi, bir majmuaga kiruvchi binolardan biri, alohida bino. A korpus, V korpus. 3. Bir necha diviziya yoki brigadadan iborat yirik harbiy qo'shilma. 4. Biror davlatdagi barcha diplomatlar, konsullar. Qonun chigaruvchi korpus. Qonun chiqaruvchi ayrim muassasalarning yoki qonun chiqaruvchi organga tegishli palatalarning barcha deputatlari. Keltirilgan izohlardan korpus terminida quyidagi semalar aks etganligini ko‘rish mumkin: "butunlik", "umumiylik", "tayanch", "asos", "katta". V.P.Zaxarov kompyuter lingvistikasi termini sifatida qo'llanadigan tushunchani quyidagicha ta'riflagan: "Matnlarning lingvistik korpusi katta hajmli, elektron ko'rinishda taqdim etilgan, birlashtirilgan, alohida olingan teglar tizimi, muayyan lingvistik muammolarni hal qilish uchun mo'ljallangan til ma'lumotlarining jami". [4:36] Korpus lingvistikasida parallel matnlar korpusi muhim ahamiyat kasb etadi. Parallel matnlar korpusi badiiy asar, qo‘llanma, ommaviy axborot vositalari, turli xil hujjatlarning ikki yoki undan ko‘p tillardagi elektron ko‘rinishlaridir. Parallel matnlar korpusi chog‘ishtirma aspektdagi tadqiqotlarda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Parallel korpuslar yordamida bir so‘z, jumla, abzats, supersintaktik butunliklarning turli 829 Dekabr, 2024-Yil tillardagi variantlarini bilish mumkin. Parallel ko

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada parallel til korpuslari, ularning tarkibi va tuzilishi ilmiy va amaliy tadqiqotlarda katta ahamiyatga ega ekanligi, turli tillardagi matnlarni qiyoslash va chuqur tahlil qilish imkonini berishi haqida s…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada parallel til korpuslari, ularning tarkibi va tuzilishi ilmiy va amaliy tadqiqotlarda katta ahamiyatga ega ekanligi, turli tillardagi matnlarni qiyoslash va chuqur tahlil qilish imkonini berishi haqida s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
korpus lingvistikasi, kompyuter lingvistikasi, matnlar korpusi, parallel matnlar, sun intellekt, lingvistikasi korpus, jamlash tizimlashtirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники