Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПУТИ РАЗВИТИЯ МАЛОГО БИЗНЕСА И ЧАСТНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА
Rustamova Hulkaroy Rustamovna
Современная наука и исследования · 3 · 464-467 · 2024
Аннотация
This article analyzes the state of development of small business and private entrepreneurship, its share in macroeconomic indicators such as GDP, export and industry. Also, proposals on the main ways of developing small business and private entrepreneurship were requested. Key words: small business, private entrepreneurship, export, industry, self-employment, service, market infrastructure. ПУТИ РАЗВИТИЯ МАЛОГО БИЗНЕСА И ЧАСТНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА Аннотация. B данной статье анализируется состояние развития малого бизнеса и частного предпринимательства, его удельный вес в таких макроэкономических показателях, как ВВП, экспорт и промышленность. Также были запрошены предложения по основным направлениям развития малого бизнеса и частного предпринимательства. Ключевые слова: малый бизнес, частное предпринимательство, экспорт, промышленность, самозанятость, сервис, рыночная инфраструктура. O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri kichik biznesni ustuvor darajada rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun bosqichma-bosqich iqtisodiy islohotlar o'tkazilib kelinmoqda, kichik biznesning rolini oshirish uchun yirik institutsional asoslar yaratildi. Kichik biznes faoliyatini tashkil etish, erkin faoliyat yuritishini kafolatlovchi huquqiy-me'yoriy hujjatlar, kichik biznesga ko'maklashuvchi bozor infratuzilmasi shakllantirildi. Natijada bugungi kunga kelib, kichik biznes sub'ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishda, iste'mol tovarlari, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda, servis xizmatlari ko'rsatish va turizm kabi sohalarda faoliyat ko'rsatmoqdalar. Mamlakatimizda qisqa davrda to'plangan tajribalarimiz kichik biznes barqaror iqtisodiy o'sishning muhim omili ekanligini isbotladi. Ayniqsa, mamlakat iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o'zgartirishlar va diversifikatsiya sharoitida milliy iqtisodiyotimizni barqaror rivojlanishi, uning raqobatbardoshligini oshishi hamda yuqori makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga erishishimizda kichik biznes muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 29-maqsadiga ko'ra, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning 3 73 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish belgilangan. Muhim vazifalar sifatida hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish, sharoiti og'ir bo'lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda tadbirkorlikni qo'llab- quvvatlash, ishsizlik va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo'l ochish, iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish kabilar alohida belgilab qo'yilgan. Mamlakatimiz hududlarida kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligini oshirish, o'zini-o'zi band qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Asosiy natijalar. Mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish bo'yicha to'plangan tajribalar shuni ko'rsatadiki, korxonalarning raqobatdoshlik darajasini oshirish ularning o'z faoliyatlari davomida kengayib, yiriklashib borishini taqozo etadi. Lekin, kichik biznes sub'ektlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash maqsadida belgilangan imtiyoz va yengiliklarga ega bo'lish imkonini beruvchi korxonalarning miqdoriy chegaralari ayrim hollarda ushbu jarayonlarga to'sqinlik qilishi mumkin. O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining yuksalishi, kichik biznes sub'ektlari uchun yaratilgan qulay shart- sharoitlar natijasida iqtisodiy salohiyati ortgan ko'plab korxonalar mazkur imtiyozlardan foydalanishni davom ettirish maqsadida o'z xodimlari sonini belgilangan miqdoriy chegara doirasida saqlab qolishga harakat qilmoqdalar. Bu esa, ularning yiriklashish jarayoniga to'sqinlik qilmoqda. O'zbekiston Respublikasida kichik biznes sub'ektlari rivojlanishi mustaqillikka erishilgan davrdan boshlab hozirgi kungacha ma'lum bosqichlarni bosib o'tdi. Salkam 30 yil davomida kichik biznes sub'ektlari rivojlanishi borasida bir qator me'yoriy hujjatlar, huquqiy asoslar yaratildi. Kichik biznesning asosiy xususiyatlaridan biri mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur bo'ladigan asosiy ko'rsatkichlarni qisqa muddat ichida ta'minlab berishi bilan ajralib turadi. Ya'ni kichik biznes mamlakat ichki bozorida taqchil bo'lgan tovar va xizmatlar bilan to'ldiradigan, iqtisodiyotning tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim soha hisoblanadi. Shuningdek meh
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the state of development of small business and private entrepreneurship, its share in macroeconomic indicators such as GDP, export and industry.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the state of development of small business and private entrepreneurship, its share in macroeconomic indicators such as GDP, export and industry. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- small business, private entrepreneurship, export, industry, self-employment, сервис, servis, малый бизнес, kichik biznes, market infrastructure., промышленность, самозанятость, sanoat, o'zini-o'zi band qilish, eksport, bozor infratuzilmasi., xususiy tadbirkorlik, частное предпринимательство, service, экспорт, рыночная инфраструктура.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025