К содержанию
РецензированоUZ2019

Smart ko’zoynak misolida arduino uno hamda ultratovush datchiklardan foydalanish

Ислом Шарипов (Ташкентский государственный технический университет имени Ислама Каримова)

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2019

Аннотация

Hozirgi kunda kontrollerlarning bir necha turlari mavjud bo’lib, Arduino Uno prinsipial jihatdan sodda, foydalanishga qulay hamda hamyonbop bo’lganligi bois boshqa kontrollerlardan ajralib turadi. U boshqa datchiklar bilan, misol tariqasida HC-SR04 datchigi, osongina kommunikatsiya o’rnata oladi. Quyida ularning xarakteristikasi va ko’zoynak uchun ularning potensialini tatqiq etish. Kalit so’zlar: Arduino Uno, mikrokontroller, pin, USB, adapter, ultratovush datchik, signal, mini karnay. Arduino Uno platasi bu- AT Mega328(mikrokontroller) asosidagi kontroller bo’lib, o’zida 14ta raqamli/analogli kirish-chiqish pinlari, ya’ni informatsiya uzatish/qabul qilish mavjud. Ulardan 6ta analog kirishli, 6ta PWM(pulse-width modulation-“impuls-kenglik modulyatsiyasi”[1]) chiqishli, 16MG(G-bu chastota birligi gers. Keyingi o’rinlarda shunday 693 yoziladi.)lik keramik rezonator, USB ulanishi, ta’minlash quvvati uchun, hamda qayta yoqish/o’chirish tugmalari mavjud. Arduino Uno- mikrokontroller quyidagilarni o’z ichiga oladi; USB kabeli orqali oddiygina kompyuterga bog’lanish yoki uni o’zgaruvchan tokdan o’zgarmas tokga o’zgartiruvchi adapter yoki uni quvvat bilan ta’minlovchi qo’shimcha battareykani ham ulash mumkin[2].  VIN. Tashqi quvvat manbaidan foydalanganda Arduino Uno platasiga kirish kuchlanishi(USB kabeli orqali 5V kuchlanish yoki boshqariladigan quvvat manbai). Bu pin orqali platani kuchlanishni taminlay olish yoki tashqi manba(batereyka) bu pin orqali bog’lanish mumkin.  5V. Bu pin orqali plataning regulyatori to’g’rilangan 5V kuchlanish chiqaradi. Plata doimiy tok taminlash blokidan(7-12V), USB kabeli orqali(5V) yoki plataning VIN pinidan olishi mumkin. 5V va 3.3V pinlar orqali kuchlanish uzatilyotganda, kuchlanish regulyatordan o’tmasligi mumkin va bu platani shikastlashi mumkin.  3.3V Bu pin plata regulyatori tomonidan ishlab chiqariladigan kuchlanish qiymatining pini hisoblanadi. Maksimal tok kuchi 50mA bo’ladi.  GND. Yerlagich yoki neytral(Null yoki 0)[2]. HC-SR04 ultratovush datchigi 2smdan 400smgacha o’bekt bilan tog’ridan-to’g’ri kontaktsiz, 3mm aniqlikda ishlay oladigan sensor hisoblanadi. Bu modul o’z ichiga uchta komponentni o’z ichiga oladi: ultratovush to’lqin uzatuvchi, tuvush qabul qiluvchi va nazorat zanjiri. Sensorning ishlash prinsipi: 1) Trigger 10us yuqori signallarni chiqaradi; 2) Modul avtomatik tarzda 40kG signallarini chiqaradi va obektga borib qaytgan signallarni qabul qiladi; 3) Oraliq chastotali sinallar to’liq yuqori darajada qaytadi, ultratovush datchik chiqargan va 2𝑆 qaytgan signalning vaqti 𝑡 = , bu yerda: 𝑣 = tovush tezligi(340) m/s, 𝑆= datchikdan 𝑣 obektgacha masofa-m[3]. 694 Yuqoridagi rasmlarda HC-SR04 datchigini hamda uning Arduino Uno bilan ulangan holdagi rasmlari keltirilgan. Qo’shimcha tarzda tovush chiqarish uchun mini karnay(buzzer) ulangan. Bu sxemani endi ko’zoynakga o’rnatib ko’ramiz hamda smart ko’zoynak uchun boshlang’ich datchiklar misolida ko’rib chiqamiz. 695 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Rohini College of Engineering and Technology: Pulse width modulation. 2. Programming Arduino™: Getting Started with Sketches, Second Edition Copyright © 2016, 2012 by McGraw-Hill Education. 3. ROBOT . HEAD to TOE Product User’s Manual – HCSR04 Ultrasonic Sensor YANGI O’ZBEKISTONDA ILM-FAN VA INNOVATSION FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI i.f.d., prof. Shennayev Xo‘jayor Musurmanovich khshennayev@gmail.com Hayitboyeva Imira Shuhratovna hayitboyevailmira11@gmail.com Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor, innovatsiyani rivojlantirishga bo’lgan harakatlar, Taraqqiyot strategiyasida uzluksiz ta’lim tizimini muntazam takomillashtirish yo’llari, ta’limga ajratilgan xarajatlar va yoshlarni majburiy harbiy xizmatga jalb qilish taklifi ko’rib chiqilgan hamda tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Texnologiya, innovatsiya, texnologik inqilob, raqamli inqilob, ta’lim tizimi, Global innovatsion reyting, InnoWeek, Taraqqiyot strategiyasi, axborot texnologiyalari. So’nggi yillarda Respublika iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani innovatsion barqaror rivojlantirish, ilm-fan va ilmiy faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va natijadorligini oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, o‘tgan asr boshlarida butun dunyo bo‘ylab texnologik o‘zgarishlar va sanoat inqilobi yuz bergan. Bu asr payoniga yetib esa jahonda yana bir kamyob hodisalardan biri raqamli inqilob sodir bo‘ldi. Har ikkalasining ham negizida ilm-fan takaffur mavjudligini anglaymiz. Raqamli inqilob ham, texnologik inqilob ham ilm-fan rivoji hodilasi hisoblanadi. Shu sababli butun dunyo bo’ylab ilm-fan va texnologiyaga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, so’nggi yarim asr mobaynida o‘rtacha ta’lim davomiyligi dunyo bo’yicha 2,5 foizga o’sganligi e’tirof etilmoqda. 696

Доказательный фрагмент

«Hozirgi kunda kontrollerlarning bir necha turlari mavjud bo’lib, Arduino Uno prinsipial jihatdan sodda, foydalanishga qulay hamda hamyonbop bo’lganligi bois boshqa kontrollerlardan ajralib turadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi kunda kontrollerlarning bir necha turlari mavjud bo’lib, Arduino Uno prinsipial jihatdan sodda, foydalanishga qulay hamda hamyonbop bo’lganligi bois boshqa kontrollerlardan ajralib turadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ultratovush datchik, сигнал, mikrokontroller, adapter, microcontroller, mini carnay., пин, ультратовуш датчик, микроконтроллер, pin, ultratouch sensor, USB, УСБ, Ардуино Уно, mini karnay., Arduino Uno, мини карнай., адаптер, signal
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники