Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Sambetov Ualixan Nurlan o‘g‘li Baydullayev Maxanbet Kuttibek o‘g‘li O‘zDJTSU 3-bosqich talabasi.
Mo‘minov Abror Shavkatovich · Sambetov Ualixan Nurlan o‘g‘li · Baydullayev Maxanbet Kuttibek o‘g‘li · ПОДГОТОВКИ ПОДГОТОВИТЕЛЬНОГО ПЕРИОДА
Современная наука и исследования · 4 · 255-257 · 2025
Аннотация
This article focuses on analyzing the training process of handball players during the special preparation phase of the preparatory period and studying the values of their 5 74 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ pulse rates. The research examines methods of physical and technical-tactical preparation, as well as ways to assess the performance of athletes during their competitive activities. Specialized literature was analyzed, and pulse values, various types of exercises, and their execution processes were studied. Keywords: preparation, pulse values, handball players, special preparation, training process, physical preparation, technical-tactical exercises. Dolzarbligi. Jamoalarini tayyorlash, shu jumladan, gandbol bo‘yicha isteʼdodli sportchi bolalarni yetishtirish o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga yangicha ilmiy nazar bilan yondoshish hamda samarali pedagogik texnologiyalar yaratish darkorligini taqozo etadi. Sport amaliyoti tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sportchilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan uslub va vositalar ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining muayyan bosqichida o‘z samaradorligini yo‘qotishi yoki sustlashishi mumkin. Natijada, sport natijadori ham, jismoniy va funksional imkoniyatlar ham taraqqiyotdan to‘xtashi ehtimoldan xoli emas. Maʼlumki, yildan-yilga gandbol sportining mashqlar dasturi yangicha mazmun va mohiyatga ega bo‘lib, ijro etilayotgan harakat kombinatsiyalari borgan sari murakkablashib bormoqda. Binobarin, ushbu vaziyat gandbol sportini istiqbolini oldindan belgilab berish imkonini yaratadi. Bularning barchasi olimpiada o‘yinlarining ommalasha borishi, ularning dasturlari va medallar sohiblari geografiyasining kengayib borishi hamda katta sportning professional va tijorat qiyofasiga kirib borayotganligi bilan bog‘liqdir. Bu esa, o‘z navbatida, mashg‘ulot va musobaqalar yuklamasi hajmi hamda shiddatining ortishi, sportchilar mahoratining o‘sishi tayyorgarlikning yangi samarali uslub va vositalarini ishlab chiqarish va amalga tatbiq etish, “katta” sport yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining jadallashishi va shu jarayonni taʼminlashda qo‘llaniladigan ilmiy-tatqiqot asboblari yangi avlodning yaratilishi, sportchilarning tayyorgarlik jarayonini kompyuter tizimi ostida nazorat qilish, sport anjomlari, uskunalari va sport kiyimlarining takomillashib borishiga asoslanadi. Tadqiqotning maqsadi. Tayyorlov davrining maxsus tayyorgarlik bosqichida gandbolchilarni mashg‘ulotlarini tahlil etish va ularni puls qiymatlari ahamiyatini o‘rganish. Tadqiqot vazifalari: 1. Gandbolchilarni tayyorlashda tayyorgarlik tomonlarini amaliyotda o‘rganilganligi nazariy jihatlarini o‘rganish. 5 75 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 2. Gandbolchilarni o‘quv-mashg‘ulotlarini nazorat va tahlil qilish. 3. Gandbolchilarni musobaqa faoliyatini nazorat va tahlil qilish. Tadqiqotning natijalari va ularning muhokamasi. Maxsus adabiyotlarni o‘rganish davomida, gandbolchilarni turli tayyorgarlik tomonlarini amaliyotda o‘rganilganlik holatlari tahlil etildi. Gandbolchilarni mashg‘ulot jarayonida tekshirishlar olib borish usullari o‘rganildi. Maxsus o‘rganish usullari o‘zlashtirildi. Yillik siklda gandbolchilarni tayyorlash jihatlari o‘rganildi. Tayyorlov davrida jismoniy, texnik-taktik tayyorgarliklarni amalga oshirish jihatlari adabiyotlarni o‘rganish davomida o‘zlashtirildi. Unda tayyorgarlik davrida mashg‘ulotlarni xronometraj qilish orqali mashg‘ulotlar xususiyatlari o‘rganilgan va ularni dastur materiallariga mos kelishi tahlil etildi. Mashg‘ulotlar davomida yosh sportchilarni puls qiymatlarini palpatsiya (qo‘llar uchi bilan sezish) qilish orqali aniqlandi va olingan natijalar tahlil etildi. 2024-yil 1-choragida mavzuga tegishli bo‘lgan maxsus adabiyotlarni tahlil qilish amalga oshirildi. 2024-yilning 2-3 choragida gandbol bo‘yicha turli musobaqalarda kuzatish va tahlil qilish ishlari amalga oshirildi. Turli tayyorgarlik tomonlari o‘rganishga harakat qilindi. 2024-yilda O‘zDJTSU gandbol erkaklar jamoasining musobaqa davrining tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulot jarayonlari pedagogic usullar orqali tahlil qilindi. Dastlab mashg‘ulotlar odatiy ko‘rinishda olib borildi. Gandbolchilarni umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirish ustida ishlar olib borildi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishda bir xil tempda uzok vaqt mobaynida bajariladigan mashqlar qo‘llanilib borildi. Xususan, uzoq masofalarga yugurish (1-3 km.) mashqlardan keng foydalanildi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik bilan birga gandbolchilarni texnik-taktik harakatlari ham shakllantirilib borildi. Individual va guruhli texnik-taktik harakatlarni rivojlantirishga asosiy eʼtibor qaratildi. Bunda jamoadan mashg‘ulot paytida mashqlarni imkon darajasida aniq va tez bajaradigan faol gandbolchilardan 10 nafari tanlab olindi va 3 kun davomida shug‘ullanuvchining puls qiymatla
Доказательный фрагмент
«This article focuses on analyzing the training process of handball players during the special preparation phase of the preparatory period and studying the values of their 5 74 International scientific journal ISSN: 21…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article focuses on analyzing the training process of handball players during the special preparation phase of the preparatory period and studying the values of their 5 74 International scientific journal ISSN: 21… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- preparation, pulse values, handball players, special preparation, training, mashg‘ulot jarayoni, maxsus tayyorgarlik, texnik-taktik mashqlar., puls qiymatlari, tayyorgarlik, jismoniy tayyorgarlik, gandbolchilar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024