Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Способы распространения, лечение и профилактика лернеоза рыб
BALIQLAR LERNEOZINI TARQALISHI · DAVOLASH VA OLDINI · OLISH USULLARI
in Library · 4 · 120–127 · 2017
Аннотация
В статье представлен анализ научных источников о распространении лернeоза у рыб, выращиваемых в искусственных водоемах, его клинических признаках, диагностике, методах лечения и профилактики. Ключевые слова: Рыба, вода, водоем, соль, хлорофос, краб, лернеоз, Lernaea elegans, Lernaea cyprinacea, карп, толстолоб. Annotatsion: The article presents an analysis of scientific sources on the spread of lerneosis in fish grown in artificial reservoirs, its clinical signs, diagnosis, methods of treatment and prevention. Keywords: Fish, water, pond, salt, chlorophos, crab, Lerneosis, Lernaea elegans, Lernaea cyprinacea, carp, fattolob. Mavzuning dolzarbligi. Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda faqatgina uning miqdor ko‘rsatkichigina emas, balki inson salomatligini yaxshilashda, tarkibida vitaminlarning mavjudligi sifat ko‘rsatkichi yuqori ekanligi muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli aholi dasturxoniga sifatli baliq va baliq mahsulotlarini yetkazib berish, baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, baliq mahsulotlari turlarini ko‘paytirish, eksport salohiyatini oshirish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish muhim ahamiyatga egadir. 269 Respublikamizda baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, mavjud tabiiy va sun’iy ko‘llardan samarali foydalanib, yuqori hosildorlikga erishishda baliqlarning bir qator yuqumli va yuqumsiz kasalliklari jiddiy to‘sqinlik qilmoqda. Jumladan, ular orasida baliqlarning invazion kasalliklaridan hisoblangan lerneoz kasalligi soha rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Baliqlar orasida keng tarqalgan lerneoz kasalligini o‘rganish borasida chet ellik olimlardan V.I.Djmil (2007-2010, Belotserkov milliy agrar universiteti, Belaya sh. Serkov, Ukraina) tomonidan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan. Lerneoz bilan zararlangan baliqlar kelgusi yilda kasallik tarqatuvchilari bo‘lib, lerneyalarning lichinkali bosqichi kasallikning manbai hisoblanadi. Muallif turli suv havzalarini o‘rganishi natijasida krustatseozlar (lerneoz va argulliozlar) katta yoshli va yosh baliqlarni tanasida topilgan. M.V. Korsakova (2021) Rossiyaning 15 dan ortiq viloyatlaridagi baliqchilik xo‘jaliklarida ilmiy tadqiqotlar olib borib, baliqlar lerneozini davolashda “Emikon” preparatini qo‘llagan va amaliyotga tavsiya qilgan. V.N.Xoroshelseva, T.V.Strijakova, E.S.Bortnikov, G.V.Mosesyan, L.A.Bugaev, T.V.Denisova (2022) lar tomonidan Rossiyaning bir qator viloyatlari jumladan, Rostov (3ta), Krasnodar (3ta), Stavropol viloyatlarining (1ta) baliqchilik xo‘jaliklarida 1000 nusxadagi baliqlarda (karp, oqamur, tolstolob, kumushrang karas turidagi) tekshiruvlar olib borilgan. O‘rganishlar natijasida 81 nusxadagi yosh baliqlar lerneoz bilan zararlanganligi aniqlangan. Lernealar asosan baliqlar tanasining yuza qismida va jabrasida topilgan. 2007-2011 yillarda Ukrainaning Jitomir, Kiyev, Cherkas tumanlaridagi 11 ta baliqchilik xo‘jaliklarida nazorat monitoringi o‘tkazilganda, tajriba davomida umumqabul qilingan parazitologik tekshiruv usullari asosida karpsimon baliqlarning turli xil yoshdagilarida krustatseozlarni invaziya ekstensivligi va intensivligi aniqlangan. Ta’kidlangan 11 ta baliqchilik xo‘jaliklarining barchasida karpsimon baliqlarni 100% gacha lerneoz bilan zararlanganligi qayd etilgan. Ayniqsa, lernealarning kopepodit bosqichidagilari 66,7% ni tashkil qilgan. Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasining janubi Stavropol, Rostov, Krasnodar 1-rasm. Lernaea viloyatlaridagi mavjud 20 ga yaqin baliqchilik cyprinaceaning ko‘rinishi xo‘jaliklarida ham krustatseozlar aniqlangan, iyun oyi 270 oxirlarida o‘rtacha invaziya ekstensivligi 10-15% ni, invaziya intensivligi 1-10 nusxani tashkil qilgan bo‘lsa, avgust oyidagi takroriy tajribalar natijasida invaziya ekstensivligi 45-70% ni, invaziya intensivligi esa 14-52 nusxani tashkil qilgan. O‘zbekiston sharoitida baliqlarning ektoparazitlari lernealar asosan bahor va yoz fasllarida Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Andijon, Farg‘ona viloyatlarining suv havzalarida urchitilayotgan baliqlarda muntazam uchrab turishi kuzatilgan. Tadqiqotning maqsadi. Baliq lerneozini tarqalishini o‘rganish, davolash va oldini olishda samarali usul va vositalarini ishlab chiqishdan iborat. Baliq havzalarida baliqlarning lernealar bilan zararlanishi asosan birinchi navbatda noto‘g‘ri qurilgan baliq havzalarida, qish faslida quritilmaydigan, antisanitariya holatidagi havzalarda juda ham yuqori bo‘lib, har bir baliq tanasida o‘nlab miqdorda bo‘lishi mumkin. Lerneyalar baliq terisini teshib mushak to‘qimasigacha chuqurroq kirib, shu bilan birga butun tana yuzasiga joylashib oladi. Lernealar joylashgan to‘qimalarda yallig‘lanish jarayoni kechadi, shishlar giperemiyalashadi va oq tor, ensiz yarachalar hosil bo‘ladi. Zararlangan to‘qimalarda patogen bakteriyalar, zamburug‘lar rivojlanadi. Parazitning baliq organizmiga patogenlik ta‘siri to‘qimalar funksiyasining buz
Доказательный фрагмент
«В статье представлен анализ научных источников о распространении лернeоза у рыб, выращиваемых в искусственных водоемах, его клинических признаках, диагностике, методах лечения и профилактики.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье представлен анализ научных источников о распространении лернeоза у рыб, выращиваемых в искусственных водоемах, его клинических признаках, диагностике, методах лечения и профилактики. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fish, water, pond, salt, chlorophos, crab, Lerneosis, Lernaea, Lerneoz, carp, suv, xlorofos, qisqichbaqa, karp, Лернеоз, карп, хлорофос, соль, Baliq, Lernaea elegans, тазик, Рыба, havza, tuz, fathead minnow., Lernaea cyprinacea, Лернея elegans, вода, tolstolob., толстоголовый гольян., краб, basin
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026