Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA OʻQITISH METODLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH Ermatova Mamura Beknazarovna Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani 86-umumiy o'rta ta'lim maktabi texnalogiya fani o‘qituvchisi
Ermatova Mamura Beknazarovna
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
The article discusses the essence of the formation of students' creative abilities through the effective use of teaching methods for practical lessons in school technology education. Keywords: method, school, technology, lesson, teacher, student, class, group, education, upbringing, practical, form of teaching, pedagogical technology, individual, instruction, knowledge, training, qualification. Bugungi kunda yurtimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlar yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganlaridek, mamlakatimiz kelajagi hisoblangan yoshlarning Vatanimiz ravnaqi yo‘lida har taraflama yetuk shaxs sifatida rivojlanishi, ularning raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishi uchun xizmat qilib kelmoqda. XXI asr fan texnika shiddat bilan rivojlanayotgan davrda har bir sohaga xorijiy tajribalar, yangi loyihalar kirib kelayotgani mamlakatimiz rivoji va ta’lim sohasida oʻzgarishlar sodir boʻlishiga olib kelmoqda. Taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar xalqimizning boy madaniy merosi, tarixiy anʼanalarini toʻliqligicha saqlab qolish, hunarmandchilikni keng targʻib qilish maqsadida 2017- yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni va texnologiyalarni 885 Dekabr, 2024-Yil rivojlantirish toʻgʻrisidagi” farmoni Davlat Taʼlim Standartlariga toʻlaligicha mos kelgan holatda uning sifatini oshirish uchun xizmat qilib kelmoqda.1 Taʼlim-tarbiya ishlarini samarali amalga oshirish va bunda oʻquvchilarning faolligini oshirish koʻp jihatdan qaysi oʻqitish shakli va unga mos keluvchi oʻqitish metodini toʻgʻri tanlashga hamda qoʻllashga bogʻliqdir. Oʻqitish shakli deganda muayyan mashgʻulot (dars)da koʻzda tutilgan maqsadga erishish uchun oʻqituvchi yoki oʻquv ustasi rahbarligida oʻquvchilarning oʻquv materialini ongli ravishda puxta oʻzlashtirishiga qaratilgan oʻquv-tarbiya faoliyati tushuniladi. Oʻquvchilarning oʻquv ustaxonasidagi oʻquv-ishlab chiqarish ishlarining asosiy shaklidan biri dars yoki amaliy mashgʻulotdir[2]. Oʻquv-ishlab chiqarish ishi sifatidagi dars (mashgʻulot)ning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi: a) oʻquvchilar tarkibining doimiyligi; b) ularning bilimi (tayyorgarlik darajasi) taxminan bir xil saviyada boʻlishi; v) mashgʻulotni qatʼiy jadval asosida belgilangan maʼlum vaqt davom etishi; g) oʻqituvchi yoki oʻquv (ishlab chiqarish taʼlimi) ustasining bevosita rahbarligi; d) uning xilma-xil oʻqitish metodlaridan foydalanishi; ye) darsni frontal (yoppa, umumiy), zveno (guruh- guruh) va individual (yakka-yakka) koʻrinishda olib borish imkoniga ega boʻlishi. Demak dars oʻqitish jarayoniga tashkiliy aniqlik kiritadi va ishlab chiqarish taʼlimi va boshqa fanlar darslarini navbatlashtirib tashkil etishga, binobarin, oʻquvchilarning yuqori unumdorlik bilan oʻqishini hamda dam olishini taʼminlashga imkon beradi. Ayni fan va hamma darslarni toʻgʻri va uygʻun tashkil etgandagina darsning mazmuni va toʻla maqsadga muvofiq ochilishi mumkin. Bundan tashqari, ishlab chiqarish taʼlimi maqsadlari va vazifalariga muvofiq ravishda quyidagiga oʻxshash har xil dars turlarini qoʻllash mumkin: 1. Kombinatsiyali (oʻqitish jarayonining hamma zvenolarini oʻz ichiga olgan) mashgʻulot. 2. Operatsiyalarni oʻzlashtirishga (ayni operatsiyaga oid ish-mehnat priyomlarini oʻrganishga) bagʻishlangan dars. 3. Kompleks ishlarni bajarshpga (konkret buyum tayyorlash munosabati bilan ilgari oʻrganilgan operatsiyalarni texnologik kompleks tarzida birlashtirishga) bagʻishlangan dars. 4. Nazorat (tekshirish, sinov) topshiriqlari va malaka olishga bagʻishlangan dars (chorak oxirida, yarim yillik, oʻquv davrida). 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 -февралдаги ПФ-4947- сонли «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 йил, 6-сон, 70-модда. 886 Dekabr, 2024-Yil Ayrim dars shaklidagi ishlab chiqarish taʼlimi asosan oʻquv ustaxonasida tashkil etilishini eʼtiborga olib, shuni ham taʼkidlashimiz kerakki, oʻquvchilar bajaradigan ishlarning xarakteriga qarab (bir tipli yoki turli tipli ishlarning bajarilishiga qarab) darsni tashkil etish shakli ham tanlanadi (masalan, ishni – darsni frontal – butun sinf uchun; zveno; yakka va aralash tashkil etish). Masalan, oʻquvchilarning hammasi bir xil ishni bajaradigan boʻlsa (bolgʻa tayyorlash, kalit yasash va h.k). darsning frontal shaklni qoʻllash mumkin[12]. Bu holda oʻqituvchi oʻquvchilarning hammasi uchun bitta umumiy instruktaj beradi va hamma oʻquvchilarga nisbatan qoʻyiladigan umumiy talablar asosida buyumni tayyorlash texnologiyasining toʻgʻri bajarilishini kuzatib boradi. Oʻquvchilar bajaradigan ishlar mazmuni (tayyorlash texnologiyasi) bir-biriga yaqin, lekin xarakteri, yaʼni konstruksiyasi boshqa-boshqa boʻlgan hollarda darsni guruhli shaklda tashkil etish maʼqul, masalan, tikuv mashinasi yoki tokarlik stanoginining tuzilishini oʻrganishda oʻqituvchi ishni qismlarga ajratadi (uzatishlar qutisi, tezliklar qutisi, keyingi papka va shun
Доказательный фрагмент
«The article discusses the essence of the formation of students' creative abilities through the effective use of teaching methods for practical lessons in school technology education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses the essence of the formation of students' creative abilities through the effective use of teaching methods for practical lessons in school technology education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- method, school, technology, lesson, teacher, student, class, group, education, maktab, tarbiya, pedagogik texnologiya, sinf, oʻquvchi, individual, texnologiya, guruh, bilim, malaka., oʻqituvchi, metod, amaliy, oʻqitish shakli, oʻquv, taʼlim, instruktaj, dars
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024