К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTONDA MUQOBIL INVESTITSIYALASH AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI Sulaymonova Dilnavoz Dilshod qizi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.

RIVOJLANTIRISH MASALALARI · Sulaymonova Dilnavoz Dilshod qizi · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This scientific article provides a comprehensive analysis of the issues of developing alternative investment practices in Uzbekistan. The role and importance of alternative investment instruments (venture capital, crowdfunding, Islamic finance, startup funds, etc.) in the national economy in addition to traditional financial sources and the need for their introduction are substantiated. Effective models are considered using the example of world practice and the possibilities of their adaptation to the conditions of Uzbekistan are assessed. Also, recommendations are developed on the legal and institutional framework of alternative investments, existing problems and development prospects. This study serves to form new directions for financing innovative and technological projects in the national economy. Keywords: alternative investment, venture capital, crowdfunding, startups, Islamic finance, sukuk, investment environment, financial innovations, Uzbekistan, private investment funds, financing mechanisms, economic reforms, investment attraction. Kirish: Hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar sarmoyaviy muhitni yaxshilash, xususiy sektor faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va innovatsion texnologiyalarga asoslangan loyihalarni rivojlantirishga qaratilmoqda. An’anaviy investitsiya manbalari (bank kreditlari, davlat kafolatlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar) iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynayotgan bo‘lsa-da, zamonaviy global tendensiyalar fonida muqobil investitsiyalash mexanizmlari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Muqobil investitsiyalash — bu yuqori tavakkalchilikka ega bo‘lgan, ammo katta daromad olish imkoniyatini beruvchi investitsiya shakllari bo‘lib, ular orasida venchur kapital, kraudfanding, xususiy investitsion fondlar, islomiy moliya vositalari (masalan, sukuk) va boshqa innovatsion moliyalashtirish usullari mavjud. Bu vositalar ayniqsa startaplar, kichik va o‘rta biznes subyektlari, IT-loyihalar va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga ixtisoslashgan tashabbuslarni moliyalashtirishda muhim omil hisoblanadi. 4 79 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. O‘zbekistonlik olimlar muqobil investitsiyalash amaliyotining milliy kontekstdagi muhim jihatlarini yoritgan bo‘lib, ularning ilmiy qarashlari O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish, moliyaviy tizimni diversifikatsiyalash jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq. Jumladan, Xasanov B. (2020) o‘zining “Moliyalashtirishda muqobil mexanizmlarning ahamiyati” nomli maqolasida kraudfanding va mikromoliyalash tizimlarini chuqur o‘rganadi. U, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun bu mexanizmlarning soddaligi, kirish osonligi va moliyaviy inklyuziyani ta’minlashdagi o‘rnini asoslab beradi. Xusanovning fikricha, muqobil investitsiyalar biznesning boshlang‘ich bosqichida kapitalga ega bo‘lishda an’anaviy bank xizmatlariga nisbatan ancha qulaydir. Islomiy moliyalashtirishning muqobil investitsiyalashdagi o‘rni esa To‘xtayev M. (2019) tomonidan yoritilgan. U “O‘zbekistonda sukuk asosidagi islomiy moliyalashtirish imkoniyatlari” nomli maqolasida O‘zbekiston kontekstida shariatga muvofiq moliyaviy instrumentlarni joriy etish masalalarini ko‘taradi. Sukuk – islomiy obligatsiya sifatida taqdim etilgan bo‘lib, muallif bu vositaning moliyaviy barqarorlikka va halal sarmoya jalbiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini asoslaydi. To‘xtayevning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi orasida islomiy moliyaviy tamoyillarga sodiqlik mavjud bo‘lganligi uchun sukuk bozori rivojlanishiga kuchli ijtimoiy asos mavjud. Zamonaviy texnologiyalar va investitsiyalar o‘zaro bog‘liqligini yoritgan Tursunov B.O. (2022) esa “Fintex innovatsiyalari va muqobil investitsiyalar o‘zaro bog‘liqligi” nomli asarida raqamli moliyaviy texnologiyalarni muqobil investitsiya platformalariga integratsiyalash yo‘llarini tahlil qiladi. U kraudfanding, kraudinvesting va P2P kreditlash kabi modellarni raqamlashtirish orqali investitsion jarayonlarni soddalashtirish, tezlashtirish va shaffoflashtirish mumkinligini ta’kidlaydi. Tursunov innovatsion texnologiyalarni qonunchilik bilan muvofiqlashtirish muhimligini ham alohida urg‘ulagan. Rossiya olimlari esa muqobil investitsiyalarning institutsional va texnologik rivojlanishiga qaratilgan keng qamrovli tahliliy yondashuvlar taklif etgan. Pankratova L.V. (2018) o‘zining “Alternativnye investitsii v usloviyax transformatsii finansovogo rynka” nomli tadqiqotida Rossiya moliya bozoridagi transformatsiyalar jarayonida paydo bo‘lgan muqobil moliyalashtirish mexanizmlarini o‘rganadi. Xususan, kraudinvesting platformalari faoliyati, ularga bo‘lgan ishonch va investorlarga taqdim etilayotgan kafolatlar tahlil qilingan. Uning tadqiqotlari orqali Rossiya tajribasi O‘zbekiston uchun muhim amaliy darslar bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Ivanova E.N. (2020) “Venc

Доказательный фрагмент

«This scientific article provides a comprehensive analysis of the issues of developing alternative investment practices in Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific article provides a comprehensive analysis of the issues of developing alternative investment practices in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
alternative investment, venture capital, crowdfunding, startups, Islamic, muqobil investitsiya, startaplar, O‘zbekiston, xususiy investitsion fondlar, kraudfanding, sukuk, iqtisodiy islohotlar, islomiy moliya, sarmoya jalb qilish., venchur kapital, moliyaviy innovatsiyalar, investitsion muhit, moliyalashtirish mexanizmlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники