К содержанию
РецензированоUZ2018

Lipidlar va ularning organizmdagi vazifalari

Safarboyeva Parvina Jasur qizi · Axtamkulov Asqar Akbarjonovich · Mustafakulov Muhammadjon Abduvaliyevich

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2018

Аннотация

Ushbu tezis lipidlarning turlari, sinflarga bo`linishi va organizmdagi ahamiyati to`g`risida. Lipidlar biologik membranalarning asosiy komponentlaridan biri hisoblanib, bir qator jarayonlarda qatnashadi. Kalit so`zlar: lipidlar, energiya, yog`lar, aldegid, lipoza, mum,ortofosfat, diol. Lipidlar-yog`simon moddalar bo`lib, tarkibi,tuzilishi va funktsiyalari qanchalik murakkab bo`lmasin,bu guruh moddalari turli xil kimyoviy strukturaga ega bo`lishiga qaramay,gidrofobligi va suvda erimasligi, faqat organik erituvchilarda erish xususiyatlariga ko`ra bir guruhga ummumlashtirilganlar. Lipidlar ham xuddi uglevod va oqsillar singari, tirik hujayra tarkibining asosiy qismini tashkil qiladi. Lekin ular uglevod va oqisllardan ba’zi bir xususiyatlari bilan farq qiladi. Lipidlarning barchasi gidrofob moddalardir. Lipidlar yog`lar, mumlar,pigmentlar kiradi. Lipidlar organizmda muhim ahamiyatga ega bo`lib,yog`lar-zahira moddalar,mumlar- himoyalovchi moddalar,fosfolipidlar-hujayra strukurasi komponentlarining biologic membranasi,xlorofil va karotinoidlar-fotosintez jarayonining muhim komponenti hisoblanadi. Lipidlar tarkibiga qarab ikki grupaga:oddiy va murrakab lipidlarga bo`lish mumkin. Oddiy lipidlarning ko`pchiligi ikki komponentli bo`lib, kimyoviy jihatidan spirtlarning yog` kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. Ularga yog`lar, mumlar,steroidlar,oddiy diollipidlar va boshqalarni kiritish mumkin. Yog`lar tabiatda keng tarqalgan bo`lib, hozirgi vaqtda ularning 600 dan ortiq turlari aniqlangan. Yog`lar kimyoviy jihatdan individual moddalar 674 bo`lmay,ularning tarkibida ko`p atomli spirt-glitserinning yog` kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlari mavjuddir. Ularni atsilglitserinlar yoki neytral lipidlar deyiladi. Mumlar-lipidlarning bu guruhi tarkibida uch atomli spirt-glitserin o`rniga uzun zanjirli spirtni tutishi bilan yog`lardan farqlanadi. Mumlar tarkibida ko`p uchraydigan spirtlar:setil spirt,seril spirt va mirisil spirit kiradi. Murakkab lipidlar ko`p komponentli birikmalar bo`lib,ularning tarkibida yog` kislotalar va spirtlardan tashqari azot asoslari,fosfat kislota,uglevod va boshqalar qoldig`i uchraydi. Ularga fosfolipidlar,sfingolipidlar,glyukolipidlar,murakkab diollipidlar va boshqalar kiradi. Fosfolipidlar barcha organizmlar hujayralarida ko`p tarqalgan. Ular ham tuzilishi bo`yicha murakkab efirlar hisoblanadi. Ularning tarkibida ko`p atomli spirtlar va yog` kislotalar qoldiqlaridan tashqari,fosfat kislota hamda azot asoslari qoldig`i uchraydi. Glikolipidlar murakkab birikmalar bo`lib,gliserinning glukoza bilan glikozid bog` orqali birikishi tufayli hosil bo`ladi. Ularda fosfat kislota va azot asoslari bo`lmaydi.Ulardagi uglevod komponentiga qarab,serebrozid va gangliozidlarga bo`linadi. Glikolipidlar miya va nerv to`qimalari tarkibida uchraydi. Steroidlar yuqori yog` kislotalarini siklik spirtlar bilan hosil qilgan murakkab efir bo`lib, hayvon va o`simliklar organizmda keng tarqalgan. Steroidlar tarkibida uchraydigan siklik spirtlar sterollar deb ataladi.Steroidlar ancha murakkab tuzilgan bo`lib,ularning tarkibida uchta bir chiziqli bo`lmagan to`yingan siklogeksan va bitta halqali siklopentan kompleksidan hosil bo`lgan siklopentanopergidrofenantren mavjud. Hayvon organizmida zaxira yoki harakatchan yog` teri osti yog` qavatida,charvida, ichak parenximali a’zolar atrofida to`planadi. Yog` depolari deb ataladigan to`qimalarda, ya’ni jigarda to`planadigan zaxira yog`ning miqdori ovqatlanish sharoitiga qarab juda kam o`zgarib turadi. Oziqadagi lipidlar asosan uzun zanjirli yog` kislotalaridan tuzilgan triatsilglitseridlardir. Yuqori rivojlangan hayvonlarda ovqat bilan qabul qilingan triatsilglitseridlarning ko`p qismi ingichka ichakda oshqozonosti bezining sekretsiyadagi lipaza fermenti ta’sirida gidrolitik parchalanadi. Oshqozon shirasida ham kuchsiz lipaza faolligi topilgan.Lekin bu lipaza faqat emulsiyalangan,ya’ni juda ham mayda tomchilar shaklida suyuqlik ichida tarqalgan yog`larga ta’sir qiladi. Xulosa: Lipidlar almashinuvi. Ortiqcha miqdorda yuqori kaloriyali ovqatlar-uglevodlar, triglitseridlarni iste’mol qilishi yog` to`qimalaridagi endogen triglitseridlarining zaxiralari sarflanishiga yo`l bermaydi. Organizmda lipidlarning almashinuvida ovqat tarkibidagi turli xil lipidlarning nisbati kata ahamiyatga ega. O`simlik moylaridagi to`yinmagan yog` kislotalarining iste’mol qilinishi o`zlari substrat bo`ladigan endogen fosfolipidlar va prostaglandinlar sinteziga ijobiy ta’sir etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ishankhodjaev T. et al. Study on Effects of Liposomal Quercetin on Biochemical Parameters of the Nigrostriatal System of Rats with Experimentally Induced Neurodegenerative Disease //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. – 2021. – С. 6128-6143. 2. Saatov T. et al. Study on hypoglycemic effect of polyphenolic compounds isolated from the Euphorbia L. plants growing in uzbekistan //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2020. – Т. 70. 3. Saatov T. et al. Antioxidant and hyp

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezis lipidlarning turlari, sinflarga bo`linishi va organizmdagi ahamiyati to`g`risida.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezis lipidlarning turlari, sinflarga bo`linishi va organizmdagi ahamiyati to`g`risida. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fats, диол., mum, жиры, aldehyde, diol., lipoza, воск, липоза, липиды, energy, энергия, orthophosphate, lipidlar, aldegid, wax, lipose, ортофосфат, yog`lar, альдегиды, energiya, ortofosfat, lipids
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники