The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
Psixologik konsultasiyaning maxsus muammolari
S., & Bosimova · M. (). ZAMONAVIY PSIXOLOGIYANING · Qarshiboyev Sardor Alisher o‘g‘li · Zaripova Madina O‘ktam qizi
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2012
Аннотация
Psixologik maslahat murakkab jarayon bo’lib, psixolikdan o’ziga yarasha tajriba, malaka hamda ko’nikmalar talab etadi. Psixolog amaliy faoliyati jarayonida turli tipdagi mijozlar bilan ishlashiga to’g’ri keladi. Psixologik maslahatni samarali tashkil etishda psixolik mijoz tiplari hamda ularning o’ziga xos psixologik xususiyatlarini bilgan holda ish olib borishi ayni muddaodir. Kalit so`zlar: Isterik shaxs, kompulsiv mijoz, fobiya, yig'loqi mijoz, tizimli desensibilizatsiya, sotsiofobiya, ruhiy zoriqish. Yig’loqi mijoz bilan konsultatsiya o’tkazish texnikalari: Konsultant- psixolog faoliyatida turli toifadagi mijozlar bilan konsultatsiya olib borishiga to’g’ri keladi. Konsultatsiyaning muvaffaqiyatli kechishida psixoolog patsientning psixologik holatini hisobga olishi hamda shunga muvofiq munosabatda bo’lishi lozim. quyida biz turli toifaga mansub mijozlarning o’ziga xos xususiyatlari hamda ular bilan konsultatsiya jarayoni samarali bo’lish uchun e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan xususiyatlar haqida ma’lumotlar beramiz. a)yig’loqi mijoz: Ushbu toifadagi mijozlarga quyidagi xususiyatlar xos: • Ruhiy beqarorlik • Hayotiy muammolarni bartaraf etishga nisbatan ojizlik • Ruhiy zo’riqishlarni yig’lash bilan ifoda etishga moyillik • Muammolari sababining tub mohiyatini anglamay emotsiyalarga beriluvchanlik Tabiiyki, yig’loq mijozlarda mavjud yuqorida sanab o’tilgan kamchililar konsultantga ular bilan ishlashda bir qator qiyinchiliklarnin keltirib chiqaradi. Ko’z yosh konsultatsiya jarayonida muloqotni tashkil etishga halaqit berishi mumkin; Mijoz emotsiyalari natijasida psixolog o’zini aybdordek his qilib qolishi mumkin; Ba’zan esa konsultatsiya oxiriga yetmay qolishi mumkin. Shu kabi holatlarni oldini olish uchun psixolog mijozga ortiqcha tasalli berib yubormasligi, shu bilan birga mijoz o’ziga kelib olguncha kutib turishini aytishi lozim. Bundan tashqari psixolog asosan qanday holatda kuzatilayotganiga e’tibor qaratishi mijozga kerakli psixologik yordamni berishda qo’l keladi. 657 b) isterik shaxslar bilan konsultatsiya: Isterik shaxslarga xos xususiyatlar insonda ilk bolalik davridan namoyon bo’ladi. bunday xususiyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: • Psixolog ko’z o’ngida yoqimtoy, qiziqarli ko’rinishga intilishga intiluvchanlik • Psixolog-konsultant sifatida qarama qarshi jins vakilini tanlashlik; • Psixolog ko’z o’ngida kuchsiz, qaram inson qiyofasida gavdalanishga urinish; • Atrofdagi insonlarga yoqishni uddasidan chiqac olmagan taqdirda, bor kuchi bilan turli rollarning o’ynashga qodirligi yoxud istalgan niqobni taqishga moyillik; • Psixolog bilan mumoloqatda ham erotik xarakterdagi gaplarni gapirishlik Umuman isterik shaxs bolishning ilk ildizlari ularni bolalikdagi tarbiyaning xatolariga borib taqaladi. Isterik shaxslar go’dak paytida mehr, e’tibor yetishmasligi sabab diqqatni tortish uchun bor kuchlari bilan intilganlar. Ushbu intilish bolalikdagi harhasha, yig’i, baqir-chaqirda o’z aksini topgan. Ularga e’tibor qatilmagani sari bu harhashalar yana ham balandlashgan. Natijada isterik shaxsiga xos xususiyatlar shakllana borgan. Shunday ekan, psixolog isteriklar bilan samarali konsultatsiya olib borishi uchun uzoq vaqt talab etiladi. Kompulsiv mijozlar bilan konsultatsiya: Osonroq aytganda istalmagan fikrlar yoki harakatlardir. Bunday odamlar odatda eshikni qulflagani, chiroqni o’chirgani haqida shubha qiladi, har doim nimanidir tekshirdi, yog’ochni taqillatadi, irimlarga ishonadi, kanalizatsion lyuk qopg’og’ini bosishdan qo’rqadi. Odamlarga yoki xo’jalik buyumlariga teginishdan haddan ziyod qo’rqish holatlari ko’p uchrab turadi. Bunday fikrlar (obsessive) xavotir paydo qiladi, takrorlanaveradi va reallikday qabul qilinishni boshlaydi. Fobiyasi mavjud mijozlar bilan konsultatsiya: Fobiyasi mavjud mijozlar bilan psixokonsultatsiya jarayonida nimalar e’tibor qaratish lozimligi, ularga qanday yordam berish mumkinligi haqida ma’lumot berishdan oldin fobiya o’zi nima, u qanday kelib chiqadi, qo’rquvdan qanday farqi bor kabi savollarga javob berish kerak bo’ladi. Qo’rquv insonga xos his bo’lib, organizm yashashi, tirik qolishi hamda o’zini himoya qilishi uchun bu his juda zarur. Fobiya - bu boshqarib bo'lmaydigan qo'rquv bo’lib, uning o’ziga xos xususiyati insonning hech qanday xavf tug’dirmaydigan narsa-hodisalardan qo’rqishi bilan xarakterlidir. Fobiyada kishi qo’qrqishi mumkin bo’lgan obyekt yoki narsalar oldida emasligini, ayni damda hech qaynday xavf tug’dirmasligini bilsa-da u haqida o’y yuzaga kelishi bilan ratsional asosga ega bo’lmagan qo’rquv yuzaga keladi. Lekin psixologlar fobiyani tadqiq qilganda, uning kelib chiqishiga biror voqea yoki vaziyatlar asos bo’lishini ta’kidlashgan. Masalan, onasi hayotdan ko’z yumayotganda, og’zidan ko’p miqdorda qon kelganini ko’rgan farzandda qondan qo’rqish fobiyasi (gematofobiya) paydo bo’lgan bo’lishi mumkin. Bugungi kunga kelib, fobiyalarning 350dan ortiq turi mavjud bo’lib, ularni umumiy ravishda uchta katta guruhga ajratish mumkin: Maxsus fobiyalar. Ular ani
Доказательный фрагмент
«Psixologik maslahat murakkab jarayon bo’lib, psixolikdan o’ziga yarasha tajriba, malaka hamda ko’nikmalar talab etadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюPsixologik maslahat murakkab jarayon bo’lib, psixolikdan o’ziga yarasha tajriba, malaka hamda ko’nikmalar talab etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- фобия, Isterik shaxs, phobia, compulsive client, Hysterical personality, systemic desensitization, компульсивный клиент, sociophobia, sotsiofobiya, плачущий клиент, системный десенсибилизация, yig'loqi mijoz, психическое истощение, ruhiy zoriqish, Истерическая личность, социофобия, crying client, fobiya, mental exhaustion, tizimli desensibilizatsiya, kompulsiv mijoz
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021