РефератыXoliyorova K. (Ilmiy rah. Baxriyeva D)2015
Oilada muloqotning shakllanishi
OILADA MULOQOTNING SHAKLLANISHI · Qarshiboyev Sardor Alisher o‘g‘li · Xolmatova Sevara Inomjon qizi
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2026
Аннотация
;maqolada bolaning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy tarbiyasi, shuningdek, tarbiya jarayonida ota-onalarning о‘z farzandlariga nisbatan qо‘llayotgan tarbiya usullari, bolalar axloqini shakllantirishdagi ular bilan aloqalarning xususiyatlariga tо‘xtalgan. Kalit so’zlar; bola, ma’naviy tarbiya, ota-ona, kattalar, fe’l-atvor chiziqlari, munosabat O’zbekiston Prezidenti SH. M. Mirziyoevning “Oliy Majlisga qilgan murojaatnoma”sida mamlakatni rivojlangan mamlakatga aylantirish uchun nafaqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya, balki, tashabbuskor islohotchi bo’lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalash talab etiladi. Buning uchun ham bog’chadan boshlab oliy o’quv yurtigacha — ta’limning barcha bo’g’inlarini isloh qilish, butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerakligini, ilm yo’q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to’g’ri yo’ldan adashish bo’lishini misollar orqali bayon etdi. Shuningdek, Prezidentimiz sharq donishmandlarining quyidagi fikrlarini izohlab o’tdilar, “Eng katta boylik — bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros — bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik — bu bilimsizlikdir!” Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerakligini ta’kidlab o’tdilar. Bunday shaxslar esa albatta oilada voyaga yetadilar. Tarbiya jarayonining markaziy figurasi bola va uning shaxsi hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bola umuminsoniy ma’naviy 654 qadriyatlarga muvofiq shaxsiy madaniyat asoslari, uning negizini egallay boshlaydi. Bolaning atrof-borliqdagi tо‘rtta asosiy sohaga munosabati: tabiat, inson qо‘llari bilan yaratilgan predmetlar, ijtimoiy hayot, shaxsiy hayoti va faoliyati hamda о‘z-о‘zida mо‘ljal olishi shaxsiy madaniyati tushunchasiga kiradi. Madaniyat negizini inson shaxsiy hayotining boshlanish, umuminsoniy qadriyatlar (ezgulik, gо‘zallik, haqiqat va hokazo.) va hayotiy faoliyat vositalari (borliq tо‘g‘risidagi tasavvurlari, dunyoga faol ta’sir kо‘rsatish usullari, sodir bо‘layotgan voqea- hodisalarga hissiy-baholovchi munosabatni namoyish etishi) tashkil etadi. Shaxsning shakllanishiga maktabgacha yosh davrida asos solinadi va u muntazam ravishda rivojlanishda bо‘ladi. Atrofdagilar — kattalar va tengdoshlarining bahosi asosida bolada “Men” obrazi yuzaga kela boshlaydi. Bolada kattalar bilan munosabat tizimida о‘z о‘rnini anglash, baholovchi faoliyatga intilish paydo bо‘ladi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi hamisha kо‘p aspektli xarakter kasb etgan: bolaning kattalar va tengdoshlari bilan о‘zaro harakatining shakllanishi, о‘z-о‘zini anglash sohasining rivojlanishi, о‘z-о‘zining obrazi shakllanishi. Ijtimoiy rivojlanishning bu chiziqlari bolada ma’naviy tasavvurlar va etik tuyg‘ularning shakllanishi, axloq me’yorlarini egallash bilan bog‘liqdir.[1] Axloq me’yorlarining shakllanishi har kuni sodir bо‘ladi, ya’ni tartibli mashg‘ulotlar jarayonlari, barcha turdagi bolalar faoliyatida asta-sekin vujudga kela boshlaydi. Bolalar kattalar vositasida ularning saviyasiga va imkoniyatlariga javob beradigan talablarga muvofiq harakat qilishga о‘rganadilar. Axloq namunalarini namoyish qilish, ijobiy harakatlarni rag‘batlantirish va salbiylariga tanbeh berish, baholash, bolalarning bajarishi imkoniyatidagi tavsiyalarni berish orqali, ularda bora-bora uyushgan, oqilona axloq, ya’ni madaniy-gigiyenik faoliyat jarayonida о‘zini xotirjam, muayyan tartibda tutish, bir-biriga xalaqit qilmaslik, yordam kо‘rsatish va yordamga chorlash; о‘yin vaqtida bir-biridan о‘yinchoqlarni tortib olmaslik, yonma-yon, keyin esa birgalikda о‘ynash, о‘z istak va harakatlarini vaziyat talablariga bо‘ysundirish kabi xislatlar shakllanadi. Ma’lumki, bolalarda taqlid qilishga qobiliyat rivojlangan bо‘ladi, ammo ba’zida axloq, harakatlarning ma’naviy mazmunini anglay olmaydilar. Shuning uchun ijobiy ma’naviy tajriba va ma’naviy odatlarni tо‘plashga: kattalarga hurmat, tengdoshlariga ijobiy munosabat, buyumlar, bizni о‘rab turgan tabiatga avaylab munosabatda bо‘lishni о‘rgatishga kо‘maklashish zarur. Ma’naviy tuyg‘ularni tarbiyalash, axloqiy tasavvurlar, odatlar va xulqatvor motivlarini shakllantirish yaxlitlikda amalga oshiriladi hamda kо‘rsatkichlari quyidagilardan iborat bо‘lgan ma’naviy tarbiya vazifalarini rо‘yobga chiqarish imkonini beradi: kattalarning xushmuomala murojaatlariga hissiy reaksiyaning mavjudligi; kattalar bilan birgalikda harakat qilishga tayyorlik: kattalar yordamini qabul qilish, kattalar bilan birgalikda harakatlar qilish va hokazo; odatiy vaziyatlarda, keyin esa yangilarida о‘zini adekvat tuta bilish; sо‘z bilan (yozma, og‘zaki- daktil, og‘zaki) о‘zining asosiy ehtiyojlari va istaklarini bildirish (kattalar, tengdoshlariga); о‘ziga yaqin bо‘lgan kattalar va tengdoshlariga xayrxohlik va e’tiborni namoyon etish, hamdardlikni ifodalash (achinish, yordamlashish va hokazo.); kattalar va tengdos
Доказательный фрагмент
«;maqolada bolaning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy tarbiyasi, shuningdek, tarbiya jarayonida ota-onalarning о‘z farzandlariga nisbatan qо‘llayotgan tarbiya usullari, bolalar axloqini shakllantirishdagi ular bilan aloq…»
Образец извлечения
Демо-превью;maqolada bolaning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy tarbiyasi, shuningdek, tarbiya jarayonida ota-onalarning о‘z farzandlariga nisbatan qо‘llayotgan tarbiya usullari, bolalar axloqini shakllantirishdagi ular bilan aloq… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- нравственное воспитание, черты характера, munosabat, attitude, fe’l-atvor chiziqlari, parents, отношение, ota-ona, родители, moral education, character lines, child, ma’naviy tarbiya, adults, kattalar, bola, ребенок, взрослые
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020