К содержанию
РецензированоRU1999

Sanoat korxonalarida masнina va apparatlarni korroziyаdan ximoyа qilisн

Artificial Intelligence, ().

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 401 · 1999

Аннотация

Maqolada kimyo sanoati korxonalarida mashina va apparatlardagi korroziyaning yuzaga kelishi, undan keladigan yo‘qotishlar, korroziyaga qarshi kurashishdan maqsad, korroziyani yuzaga keltiruvchi elementlar, jarayonlar va muhitlar xaqida ma’lumot berilgan, shuningdek korroziyaga qarshi kurashish yo‘llari bayon qilingan. Kalit so‘zlar. Korroziya, korroziyadan yo‘qotish, termodinamik barqarorlik, Gibbs energiyasi, ingibitor, metall, galvanik, issiq, termodiffuzion, metallizatsion qoplamalar. Xalq xo‘jaligining barcha sohalarida shu jumladan kimyo, neftni qayta ishlash va oziq ovqat sanoati korxonalarida barcha mashina jihozlar korroziyaga uchraydi. Korroziya - bu metall mahsulotning fazalar chegarasida atrof-muhit moddalari bilan o‘zaro ta’siri natijasida mahsulotning funksional xususiyatlarini yo‘qotishiga olib keladigan o‘z-o‘zidan yemirilish jarayoni. Metall korroziyasidan kelib chiqadigan iqtisodiy yo‘qotishlar juda katta. Amerika Qo‘shma Shtatlarida korroziyadan ko‘rilgan zarar va unga qarshi kurash xarajatlari YaIMning 633 3,1 foizini (276 milliard dollar) tashkil etadi. Germaniyada bu zarar YaIMning 2,8 foizini tashkil etdi [1, 2]. Xuddi shuningdek mamlakatimizdagi kimyo, neftni qayta ishlash va oziq ovqat sanoati korxonalarida ham korroziya muammosi mavjud va u hal qilinishi kerak bo‘lgan dolzarb muammolardan bo‘lib hisoblanadi. Sanoat korxonalaridagi barcha qurilmalar ularda borayotgan texnologik jarayonni agressivlik darajasiga ko‘ra turli darajada korroziyaga uchraydi. Ayniqsa yuqori xaroratda, yuqori bosimda, turli kimyoviy moddalar ishtirokida turli darajadagi agressiv muhitda boradigan jarayonlarda korroziya katta tezlikda amalga oshadi. Korroziyaga qarshi kurashning maqsadi butun dunyoda shu jumladan mamlakatimizda ham cheklangan metall resurslarini saqlash, mashina va mexanizmlarning xizmat muddatini uzaytirishdan iboratdir. Neft va neft kimyosi sanoati korxonalaridagi (misol uchun FARG‘ONAAZOT va Farg‘ona neftni qayta ishlash MChJ) barcha mashina va apparatlar u yoki bu darajadagi agressiv muhitda ishlaydi. Misol uchun: massa almashinish apparatlari, gidravlik mashinalar, issiqlik va kimyoviy jarayonlari mashinalari, nasoslar, kompressorlar, quvur o‘tkazgichlar, rezervuarlar, qozonlar, pechlar va pech armaturalari, issiqlik almashtirgichlar, bug‘latgichlar va shu kabi boshqa mashina va apparatlar barchasi turli darajadagi agressiv muhitda ishlaydi va uzoq vaqt foydalanish natijasida ular yuqori sifatli zanglamas po‘latlardan tayyorlangan bo‘lsa ham muhitd tarkibidagi CH SH, CH SCH , H S, SO , CO , CO, H , CH , NaOH, Na SO , Na CO , 3 3 3 2 2 2 2 4 2 4 2 3 Na SO , Na S O 2 3 2 2 3 kabi gazlar, bug‘lar, uglevodorodlar, kislotalar ta’sirida korroziyaga uchraydi. Metalllar korroziyasining sababi korrozion muhitda ularning termodinamik beqarorligidir. Termodinamik beqarorlikning o‘lchovi metallning atrof-muhit moddalari bilan o‘zaro ta’sirida kuzatiladigan Gibbs energiyasining (△G) o‘zgarishidir. Mashina va jihozlarni korroziyadan himoya qilishning muhim jihati himoya usuli korrozion muhitga mos kelishi kerak. Bundan kelib chiqib metallarni korroziyadan himoya qilishning quyidagi usullari mavjud: -himoya qiluvchi: asosiy metalni korroziyadan himoya qiluvchi; -himoya manzarali (dekorativ): korroziyadan himoya qilish bilan birga pardoz beruvchi; - maxsus maqsadlarda qo‘llaniladigan: misol uchun qattiqlikni, issiqqa chidamlilikni, issiqqa bardoshlilikni va antifriksion xususiyatlarni oshiruvchi. Foydalanish sharoiti bo‘yicha qoplamalar agressiv muhitda, atmosfera sharoitida, yuqori haroratda foydalanuvchilarga bo‘linadi. Qoplash usuli bo‘yicha metall qoplamalar galvanik, issiq, termodiffuzion, metallizatsion, ikki tomonlamaga bo‘linadi. Yuqorida keltirilgan ximoya usullari ichida ishlab chiqarish korxonalarida tatbiq qilishga eng qulayi ingibitorli himoyadir. Korroziya ingibitorlarining asosiy ta’sir mexanizmlari quyidagilardan iborat: - fizik qoplama: Ingibitorlar metall yuzasida himoya plyonka hosil qilishi mumkin, bu esa agressiv vositalarning metallga yetib borishiga to‘sqinlik qiladi; -qisman qoplash: Ingibitorlar faqat faol korroziya joylarini qoplashi mumkin, qolgan metall sirtini agressiv muhitlar uchun qoldiradi; -ion almashinuvi reaksiyalari: Ingibitorlar metall ionlari bilan o‘zaro ta’sir qiluvchi ionlarni hosil qilishi va uning faolligi va kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin, bu esa korroziyani oldini oladi; -anion almashinuvi reaksiyalari: Ingibitorlar atrof-muhitdagi anionlar bilan o‘zaro ta’sir qilishi va ularning faolligi va kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin, bu esa korroziyani oldini oladi; Korroziya ingibitorlarini tanlash metallning turiga, ish sharoitlariga va muhitning kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq. Ingibitorli himoya qoplash usulidan qat’iy nazar quyidagi talablarga javob berishi kerak: -asos bilan yuqori darajadagi adgeziya (yopishuvchanlik), foydalanishning har qanday sharoitida qatlamga ajralmaslik; -zich bo‘lishi, buyumni 634 korroziya bardoshligini ta

Доказательный фрагмент

«Maqolada kimyo sanoati korxonalarida mashina va apparatlardagi korroziyaning yuzaga kelishi, undan keladigan yo‘qotishlar, korroziyaga qarshi kurashishdan maqsad, korroziyani yuzaga keltiruvchi elementlar, jarayonlar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada kimyo sanoati korxonalarida mashina va apparatlardagi korroziyaning yuzaga kelishi, undan keladigan yo‘qotishlar, korroziyaga qarshi kurashishdan maqsad, korroziyani yuzaga keltiruvchi elementlar, jarayonlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
korroziyadan yo‘qotish, термодинамическая стабильность, гальванические, metallization coatings, ингибитор, termodinamik barqarorlik, termodiffuzion, corrosion loss, Corrosion, galvanik, metal, Коррозия, Gibbs energy, Gibbs energiyasi, metallizatsion qoplamalar, galvanic, hot, thermodiffusion, металлизационные покрытия, issiq, коррозионные потери, термодиффузионные, metall, ingibitor, горячие, металл, Гиббс энергетика, thermodynamic stability, inhibitor, Korroziya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники