Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Chang va zaharli gazlarni tozalashdagi muammolar va innovatsion yechimlar
INNOVATSION YECHIMLAR · Madaminova Gulmiraxon Ikromaliyevna
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2026
Аннотация
Maqolada ishlab chiqarish korxonalaridan chang va zaxarli gazlarni atmosferaga tashlanishi natijasidagi ekologik muammolar, ularni tozalash qurilmalari, yutuqlari va kamchiliklari va sohadagi innovatsion yechimlari keltirilgan. Kalit so’zlar: Changli havo,baraban,ho’l usul,aerozollar,zichlik,disperslik. Kirish.Atmosfera havosining insoniyat va boshqa tirik organizmlar uchun ahamiyatini bahosi yo‘qdir. Zamonamizning eng yirik global ekologik muammolari atmosferaning antropogen ifloslanishi bilan bog‘liq. Atmosfera havosi biosferaning boshqa komponentlari orasida alohida o‘rin tutadi. U aniq bir tozalikka ega bo‘lishi kerak va me’yordan har qanday og‘ish inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavflidir [1].Shuningdek, atmosferani zararlantiruvchi manbalar va ularning havflilik darajasini baholash muammolarini to‘g‘ri hal etish ham dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi. Dunyo bo‘yicha bir yilda 103 mlrd.tonnadan ortiq xom-ashyo materiallari qayta ishlanishi, undan turli mahsulotlar ishlab chiqarilishi bilan birga atrof-muhitga 2 mlrd.tonnadan ortiq chiqindi chiqarilmoqda [2,3,4]. Dunyo mamlakatlari bo‘yicha turli mahsulot ishlab chiqarish sanoatidan yiliga chiqayotgan tashlamalarning sanoat korxonalari ulushi hisobiga foiz ko‘rsatgichlari tahlili shuni ko‘rsatdiki: 1.Qurilish materiallari sanoati 34,7 %; 2.Issiqlik elektr stansiyalari 29,5 %; 3.Avtotransport 15,8 %; 4.Qora metallurgiya 12,4 %; 5.Kimyo sanoati 4,6 %; 6.Rangli metallurgiya 2,2 %; 7.Neftni qayta ishlash 0,5 %; 8.Boshqa tarmoqlar 0,35 % tashkil etar ekan [2,3].Bu esa o‘z navbatida korxonalardan chiqayotgan tashlamalarni o‘rganish, samarali yechimlarni topish, qayta ishlab chiqarish jarayonida foydalanish, atmosferani himoya qilish chora tadbirlarini ishlab chiqishdek dolzarb masalalarni qo‘ymoqda. Metodologiya.Sanoat changlari (aerozollari) ning zichligi, dispersligi, adgezion xossalari, abrazivligi, namlanish xossasi, elektr o‘tkazuvchanligi, chang zarrachalarining shakli ularning fizik-kimyoviy xossalariga asoslangan holda yangi turdagi apparatlarni tadqiq etish ishlari asosida yaratish bugungi kunning yechimini topishi zarur bo‘lgan masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.Atmosfera havosini salbiy antropogen ta’sirlardan himoya qilish uchun hozirgi kunda quyidagi chora-tadbirlar qo‘llaniladi: texnologik jarayonlarni ekologiyazatsiyalashtirish, gazsimon chiqindilarni zararli aralashmalardan tozalash, sanitariya muhofazasi zonalarini tartibga solish, arxitektura va rejalashtirish yechimlari. Atmosfera havosi havzasini ifloslanishdan himoya qilishning eng radikal chorasi texnologik jarayonlarni ekalogiyazatsiyalashtirish bo‘lib, uning eng yuqori ko‘rinishi yopiq texnologik sikllarni, chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni yaratish, atmosferaga zararli ifloslantiruvchi moddalarni kirib kelishini istisno qilishdir.Afsuski, ishlab chiqarishning hozirgi rivojlanish darajasi atmosferaga zaharli moddalar chiqarilishining to‘liq oldini olish uchun yetarli emas. Shuning uchun eng dolzarb masala - chiqindi gazlarni aerozollar va zaharli gaz, bug‘ va changlardan tozalash usullarini oqilona tanlashdir. Sanoat chiqindilarini tozalashning zamonaviy usullari orasida elektrostatik, katalitik va tovush va ultratovushli koagulyatsiya usullarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Changli gazlarni ho‘l usulda tozalashning mohiyati, chang zarralarini namlash orqali mayda chang dispers zarrachalarini birlashtirishdir. Bunda chang zarrachalarining kontakti suyuqlik plyonkasi yuzasida yoki suyuqlik tomchilarida sodir bo‘ladi. Bu jarayonni amalga oshirishda chagli gaz va suyuqlik oqimi perpendikulyar yoki qarama-qarshi harakatlanishi mumkin [5,6]. Natija.Ho‘l usulda tozalashning asosiy afzalligi 3-5 mikron o‘lchamdagi chang zarrachalarini ushlash qobiliyatidir. Tozalash samaradorligi 50% dan 99% gachani tashkil qiladi. Aerozollar 99,9% gacha ushlanadi. Tozalangan havo atmosferaga chiqarilishi yoki ishlab 627 chiqarish ehtiyojlariga qaytarilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda bu usulning asosiy kamchiliklari, katta hajmda shlam hosil bo‘lishidir. Ya’ni katta xajmda suv sarflanishidir. Bu muammoni bartaraf qilishning birdan -bir yo‘li chang zarrachasi bilan suv tomchilari kontaktini oshirishdir. Shu kungacha yaratilgan changli gazlarni ho‘l usulda tozalovchi apparatlarni tahlil qilinganda gaz tarkibidagi chang miqdoriga ko‘ra berilayotgan suyuqlikni tomchilarga maydalash mexanizmi to‘g‘risida tadqiqot ishlari yetarli emas. Bu o‘z navbatida suyuqlik sarfini ortishiga olib keladi. Suyuqlik sarfini kamaytirishning birdan bir yo‘li, yaratilayotgan apparatlarning chang zarrachalari bilan suyuqlik tomchilarini kontakt yuzalarini hosil qiluvchi ishchi kameralari va kontakt qurilmalarini konstruksiyalarini takomillashtirishga e’tiborni qaratish lozim. Biz tomonimizdan bu talablarga javob beradigan ho‘l usulda chang tozalovchi apparatlarning bir necha konstruksiyalari yaratilib, tajriba qurilmalarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tadqiqot ishlaridan asosiy maqsad, gaz tarkib
Доказательный фрагмент
«Maqolada ishlab chiqarish korxonalaridan chang va zaxarli gazlarni atmosferaga tashlanishi natijasidagi ekologik muammolar, ularni tozalash qurilmalari, yutuqlari va kamchiliklari va sohadagi innovatsion yechimlari ke…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada ishlab chiqarish korxonalaridan chang va zaxarli gazlarni atmosferaga tashlanishi natijasidagi ekologik muammolar, ularni tozalash qurilmalari, yutuqlari va kamchiliklari va sohadagi innovatsion yechimlari ke… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- дисперсность, барабан, аэрозоли, Dusty air, drum, ho’l usul, zichlik, Запыленный воздух, Changli havo, aerosols, aerozollar, dispersion, disperslik, плотность, density, baraban, мокрый метод, wet method
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Научные статьиGaipova N2026
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009