Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Hozirgi kunda klaster tizimidagi paxta tozalash korxonalarida paxtani quritishda energiya tejamkor texnologiyasini tadqiqoti
Ismoilov I.D. (1. Appleton, K. (2003). How do beginning primary school teachers cope with science) · Xakimov Sh.SH. (1. Appleton, K. (2003). How do beginning primary school teachers cope with science) · Ismailov A.A (1. Appleton, K. (2003). How do beginning primary school teachers cope with science)
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2003
Аннотация
Maqolada hozirgi kunda klaster tizimida paxtani dastlabki ishlash bo‘g‘imining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan paxtani quritish jarayonida bo‘layotgan kamchiliklardan biri ortiqcha energiya sarfini o‘rganish va energiya tejamkor uskunalarini tadbiq qilish tadqiq etilgan. Kalit so‘zlar: Quritish, temperatura, issiq havo, paxta, issiqlik miqdori, energiya tejamkor. Jahon to‘qimachilik sanoatida paxta tolasi tabiiy maxsulot sifatida haridorgir va ishlatilish hajmi bo‘yicha katta ahamiyat kasb etadi. Paxtani dastlabki ishlashning texnika va texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha keng miqyosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. O‘zbekistonda keyingi yillarda paxta to‘qimachilik va yengil sanoat, klaster tizimiga birlashgan holda rivojlanish yo‘liga o‘tmoqda. Paxta mahsulotlari to‘liq qayta ishlanib, tayyor mahsulot sifatida sotish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu sohalar uchun o‘ta ma’sulyatli davr hisoblanib, bunda sifatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarib jahon bozorini egallash vazifasi turibdi. Jahon bozoriga to‘qimachilik mahsulotlari bilan kirib borish va shunga mos sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash uchun asosan paxtani terishdan boshlab uni quritish, tozalash, 605 jinlash, tola tozalash va ip mahsulotlarini tayyorlash jarayonlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish talab etilmoqda [1]. Paxta maxsulotlari sifatini oshirish va tannarxini kamaytirish imkoniyatini beruvchi yangi resurs tejamkor va energiya tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqot izlanishlar keng miqyosida davr talabiga aylangan. Ishlab chiqarishning har bir bosqichida mahsulot sifati va miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish, paxtani quritish jarayonida sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolishni, energiya sarfini minimallashtirish imkonini beradigan, ishlash rejimlari va ko‘rsatkichlarini optimallashtirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun energiya tejamkor quritish barabanlarini loyihalash, paxtani quritish jarayonida tola sifatini saqlash, quritish samaradorligini oshiruvchi resurs tejamkor qismlar bilan ta’minlash va energiya sarfini minimallashtirish zarur hisoblanadi. Respublikamizda to‘qimachilik klasterlari tuzilishi va paxta tozalash korxonalarini ularni tarkibiga kiritilishi paxtani dastlabki ishlashni texnologik rejimlarni qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda [2]. Biz tajriba o‘tkazish maqsadida bir nechta paxta tozalash korxonalariga borganimizda quritish barabanlari va issiq xavo uzatish tizimlarining temperaturalarini, tashqi muhitga va ishlatilmasdan chiqib ketayotgan issiqlik energiyasi miqdori ancha yuqori ekanligi aniqlandi. Barabanli quritgichlarga beriladigan issiq havo miqdori paxtadagi namlik miqdoriga va quritish barabani rusumiga qarab, asosan 18000-24000 m3 gacha issiqlik berilib shu issiqlik miqdorinig 10-15% issiqlik uzatish tizimi va baraban yuzasi orqali ishlatilmasdan tashqi muhitga ajralib chiqayotgani tajribalar davomida aniqlangan. Barabanga berilayotgan issik havodan foydalanish darajasi past, u o‘z issiqligini yetarli darajada paxtani quritishga sarflamasdan atmosferaga ajralib ketmoqda [3, 4]. Shularni inobatga olgan xolda paxta tozalash korxonalarida namligi past bo‘lgan 1, 2, 3- nav paxtalarni quritishda energi sarfi yuqori bo‘lgan quritish barabanlarida emas energiya va resurs tejamkor quritish uskunasini tavsiya etilib, tajriba sinovlari o‘tkazilmoqda. Tajribalar “Real agro cotton” klasteriga qarashli O‘zbekiston paxta tozalash korxonasi amalga oshirilgan. Tajriba issiqlik generatorining dimososidan uzatilayotgan issiq havo temperaturasi issiq havo quvurini boshlanish A nuqtasida va barabanga kirish B nuqtasida termoparali temperatura o‘lchash moslamasi yordamida quvur ko‘ndalang kesimini bir necha nuqtalarida o‘lchanib o‘rtacha arifmetik qiymati aniqlandi. 1-rasmda quritish barabaniga issiq havo uzatish sxemasi keltirilgan bo‘lib unga ko‘ra issiqlik generatoridan chiqqan issiq havo ventilyator yordamida quvur orqali quritish barabaniga uzatiladi. 1-issiqlik generatori, 2-ventilyator, 3-issiq havo quvuri, 4-baraban. 1-rasm. Issiqlik ishlab chiqarish bo‘limidan issiq havoni quritish barabaniga uzatish tizimi sxemasi. Issiq havo quvuri to‘rtburchak yoki aylana shaklida bo‘lishi mumkin. Ular 2 mm li tunukadan tayyorlanadi. 606 1-jadvalni tahlili barabanga issiqlik generatoridan berilayotgan issiqlikni ahamiyatli darajadagi qismi quvur yuzasidan va baraban shaxtasidan foydalanilmasdan atrof-muhitga chiqib ketishi hisobiga issiqlik yo‘qotilishini ko‘rsatdi va bu yo‘qotilish issiq havo temperaturasi oshgan sayin ko‘payishi aniqlandi. Olib borilgan tajribalarda issiq havo temperaturasi diametri d=0,73 metr va uzunligi 13 metr bo‘lgan issiqlik uzatish tizimida o‘lchandi, unda ikkita nuqta tanlab olindi ya’ni issiqlik uzatish tizimi boshlang‘ich nuqtasi A (generatoridan keyin) va quritish barabaniga kirish qismida B nuqtalar tanlab olindi. Tajriba issiqlik uzatish tizimining hozirgi xolatida
Доказательный фрагмент
«Maqolada hozirgi kunda klaster tizimida paxtani dastlabki ishlash bo‘g‘imining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan paxtani quritish jarayonida bo‘layotgan kamchiliklardan biri ortiqcha energiya sarfini o‘rganish va…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada hozirgi kunda klaster tizimida paxtani dastlabki ishlash bo‘g‘imining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan paxtani quritish jarayonida bo‘layotgan kamchiliklardan biri ortiqcha energiya sarfini o‘rganish va… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- количество тепла, хлопок, горячий воздух, hot air, energiya tejamkor, paxta, issiqlik miqdori, температура, temperatura, Quritish, amount of heat, temperature, энергия. бережливый, Drying, cotton, Сушка, energy thrifty, issiq havo
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024