К содержанию
РецензированоUZ2017

Oilalarda yuzaga kelayotgan ajrimlarning farzandlar ruhiyatiga ta’siri

RUHIYATIGA TA’SIRI · Ibaydullayeva Umida Rustamjonovna · Tirkasheva Mavluda Akramovna

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2017

Аннотация

Ushbu maqolada mamlakatimizda oila va oilaviy munosabatlarda yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklar, ularning oqibatida oilada ajrimlar yuzaga kelishi, ularning sabablari, ajrimlarning farzandlar ruhiyatiga ta’siri haqida batafsil yoritilgan. Ularni oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: oila, oilaviy munosabatlar, farzand, kelishmovchilik, ajrim, yolg‘izlik, ajrimga olib keluvchi sabablar, zo‘ravonlik. Bugungi kunda jamiyatimizda oilaviy munosabatlar, farzandlar tarbiyasi, oilada yuzaga kelayotgan nizoli vaziyatlar, nizo, ajrim masalalariga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808-sonli qaroriga asosan oila institutini asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan bo‘lib, unda oilaning tarbiyaviy salohiyatini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilada ma’naviy-ahloqiy muhitni yaxshilash masalalari yoritilgan. Aytishimiz lozimki, ushbu qarorda belgilab berilgan vazifalar oiladagi tarbiya, oiladagi o‘zaro munosabatlarni, oiladagi nizolarni hamda ajrimlarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. “Oila – bu bir kunlik, bir yillik emas, balki bir umrlik makondir. Ushbu muqaddas makonda har kun, har soatda qanchadan-qancha voqea hodisalar, yangidan-yangi tashvishlar-u, quvonchli voqealar sodir bo‘ladi. Shu o‘rinda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning oila borasida ta’kidlagan ushbu fikrlarini keltirib o‘tish joizdir: “Oila — bu mehr va baxt qo‘rg‘oni. Oila bor ekan, farzand degan bebaho ne’mat bor, insoniy qadr-qimmat va ma’naviyat bor. Avvallari biror oila ajrashsa, mahallada duv-duv gap bo‘lardi, butun mahalla oyoqqa turardi. Ajrim — bu katta fojia. Albatta, barchamizning istagimiz, tilagimiz bitta: qani endi, yurtimizda ajrim degan noxush holatning o‘zi bo‘lmasa… Oilalar parokanda, bolalar tirik yetim bo‘lib, sarson-sargardon bo‘lmasa… Men bir fikrni qayta-qayta aytishdan charchamayman— deya ta’kidlaydi davlatimiz rahbari. Haqiqatdan ham oila bebaho ne’mat. Baxt va mehr qo‘rg‘oni deya olamiz. Ammo oilalarda er-xotin nizolari tufayli yuzaga kelayotgan ajrimlar nihoyatda ko‘payib bormoqda. Oilalar sarson, farzandlar tirik yetim bo‘lib qolmoqda. Bunday holatlarni oldini olish choralarini ko‘rish, ajrimlarni oldini olish uchun mahalla ham oilalarda tushuntirish ishlari olib borishi maqsadga muvofiq bo‘lardi. Farzandlar tarbiyasi, kelajagi albatta ota-onaning qo‘lida. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu fikrlarini keltirib o‘tish joiz: “Bola ota- ona qo‘lida bir-omonatdir”. Bolalarimiz, ularning taqdiri, kelajagi, haqiqatan ham, juda omonat ekanini bugungi hayot har tomonlama isbotlamoqda. Agar farzandimizga to‘g‘ri tarbiya 600 bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo‘lib turmasak, ularni ilm-u hunarga o‘rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo‘yishimiz hech gap emas. Darhaqiqat, farzandga beriladigan tarbiya dastlab oila muhitida bajariladigan eng asosiy vazifadir. Farzandlar o‘z uylarida kuzatgan ma’naviy muhitdan nusxa oladilar». Bizning fikrimizcha ham ota-ona farzandlar tarbiyasi bilan doimiy ravishda qiziqib, uning xatti- xarakatlari bilan o‘rtoqlashib, aloqalarni o‘rnatib borishi ijtimoiy muhitdagi ijobiy munosabatlarga olib keladi. Xalqimizning tinch va xotirjam bo‘lishida oilalarning totuvligi ham katta ahamiyatga egadir. Ammo achinarli tomoni shundaki, hozirgi kunda ajrimlar sonining ko‘payib borayotganligiga oilalarda uchrab turadigan er-xotin o‘rtasida nizolarning uchrab turishi ham ajrimlarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, nizo atamasi “bahs, tortishuv, janjal, to‘qnashuv, kurash” degan ma’noni anglatadi. Oila tinch, mustahkam, halol-pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta va farovon bo‘ladi. Ota-ona ajrimi aksar hollarda farzandni noqobil bo‘lib voyaga yetishiga sabab bo‘lmoqda. Afsuski, qarovsiz qolayotgan, ota-onasi bor ba’zi bolalarni mehribonlik uylariga topshirish holatlariga ham duch kelmoqdamiz. Oilaviy ajrimlarning zararli oqibatlari yuqoridagi holatlardan boshqa bir qancha zarar va ziyonlari ham mavjud. Ajralishning asoratlari oila a’zolari va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nihoyatda ayanchli oqibatlar, nohush holat va hodisalar keltirib chiqarayotganligi kuzatilmoqda. Bu borada prezidentimizning oilaviy ajrimlar haqida o‘z fikrlarini bildirib, ularni oldini olish bo‘yicha samarali ishlar olib borish zarurligi haqida aytib o‘tganlar. “Keyingi paytda oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha samarali ish olib borilmoqda. Buni ajralish yoqasiga kelib qolgan 23 mingga yaqin oila yarashtirilgani, ajrimlar soni mingdan ziyodga kamaygani ham ko‘rsatib turibdi. Lekin bir achchiq haqiqatni tan olishimiz kerak. Bu raqamlar hamon yuqori bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yili 28 mingdan ziyod oila ajralib ketgani ham fikrimizni tasdiqlaydi”, — deydi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev. Lekin shunga qaramasdan ushbu holat kamayish o’r

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mamlakatimizda oila va oilaviy munosabatlarda yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklar, ularning oqibatida oilada ajrimlar yuzaga kelishi, ularning sabablari, ajrimlarning farzandlar ruhiyatiga ta’siri haqi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mamlakatimizda oila va oilaviy munosabatlarda yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklar, ularning oqibatida oilada ajrimlar yuzaga kelishi, ularning sabablari, ajrimlarning farzandlar ruhiyatiga ta’siri haqi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
family, ajrimga olib keluvchi sabablar, приводящие к разводу, семья, oila, причины, разлад, separation, одиночество, farzand, loneliness, zo‘ravonlik., violence., ajrim, discord, oilaviy munosabatlar, семейные отношения, family relations, разлука, reasons leading to divorce, child, насилию., yolg‘izlik, kelishmovchilik, ребенок
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники