К содержанию
РецензированоUZ2024

KOMMUNIKATIV KOMPETENTSIYANING PRAGMATIK JIHATIGA O’QITISHGA BO’LGAN YONDASHUVLAR VA USULLAR Tajimbetova Gulmira Kenshimbaevna Erkin tadqiqotshi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti.

Tajimbetova Gulmira Kenshimbaevna · OF COMMUNICATIVE COMPETENCE

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

The article is devoted to the approach and methods of teaching the pragmatic aspect of communicative competence to future foreign language teachers. Key words: communicative competence, methods, approaches, pragmatic competence. ПОДХОДЫ И МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ ПРАГМАТИЧЕСКОМУ АСПЕКТУ КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ Аннотация. Статья посвящена подходом и методам обучения прагматическому аспекту коммуникативной компетентности у будущих преподавателя иностранных языков Ключевые слова: коммуникативная компетенция, методы, подходы, прагматическая компетенция. Xorijiy til o’qitish amaliyotida qo’llaniladigan yondashuvlari va usullariga, kora, o’qitish nazariyasi va amaliyotiga, shuningdek, ta’limning ma’lum bir bosqichida o’qitish amaliyotida mavjud yondashuvlar va usullardan foydalanishning ratsionalligi to’g’risida to’plangan empirik ma’lumotlarning tavsifiga tayanish lozim bo’ladi. Xorijiy til o’qituvchilarini tayyorlash jarayonida pragmatik, ya’ni kasbiy nutqning funktsional tomoniga alohida e’tibor berilishi kerak. Ma’lumki, o’rganilayotgan tilga o’qitish amaliyoti amaliy tilshunoslikning fan sohasiga ta’alluqlidir. Shuning uchun bu jarayondagi amaliy muammolar bo’lg’usi xorijiy til o’qituvchilarining pedagogik va ilmiy faoliyatining tegishli kontekstlarida tilni malakali ishlatish bilan bog’liq, degan pozitsiya aksiomatik hisoblanadi. Chet el adabiyotida xorijiy tilga o’qitish metodikasi amaliy tilshunoslik sohasiga ham tegishli hisoblanadi. Nazariy tilshunoslikda olingan tilning tuzilishi va faoliyati to’g’risidagi bilimlar to’g’ridan-to’g’ri nazariya (o’rganilayotgan til bilan bog’liq nazariy fanlar) va mutaxassislik tilini oqitish metodologiyasida qo’llaniladi. Nutqning funktsional tomonini pragmatik o’rganish funktsional yondashuvning paydo bo’lishiga olib kelgan, keyinchalik esa uning asosida kommunikativ yondashuv paydo bo’ldi. Kommunikativ metodologiyaning maqsadi o’rganilayotgan tilni ona tili sifatida so’zlashuvchilarning nutqiga yaqin bo’lgan o’rganilayotgan tilda muloqotni o’rgatishdir (aproksimatsiya tamoyili, qarang: Makhamova & Jalolov 2022). Madaniyatlararo pragmatika bo’yicha ko’plab tadqiqotlarda qo’llaniladigan yondashuvlar ro’yxatini kengaytiradi va til 1 46 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ hodisalari va diskursni tashkil etishning to’liq milliy-madaniy xususiyatlarini ochib beradi. Til va jamiyat o’rtasidagi munosabatlar, ijtimoiy o’zgaruvchanlik va nutq xatti-harakatlarining variantlari haqidagi sotsiolingvistik nazariyalar, diskurs tahlili, shuningdek interpretatsion tahlil madaniyatlararo muloqotning haqiqiy holatlarida olingan empirik ma’lumotlarni batafsil izohlash imkonini beradi. Bularning barchasi nutq faoliyatining pragmatik jihatiga o’qitishda ham hisobga olinishi lozim bo’ladi. Nutq aktlari nazariyasining rivojlanishi bilan nutq faoliyatining ikki sub’ekti – so’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi muloqot jarayoni va nutqning o’zaro ta’siri haqidagi tasavvur kengaydi. O’rganilayotgan tilga o’qitishga pragmatik yondashuvni amalga oshirish uchun vaziyat, mazkur tildagi mulooqt jarayonidagi o’zaro ta’sirning funktsional va ijtimoiy-madaniy jihati alohida o’rin tutadi. Diskursiv yondashuv bilan integratsiyadagi pragmatik muloqot ishtirokchilari o’rtasidagi munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlarini, bizning holatimizda talabalar bilan pedagogning o’zaro munosabatlarini anglashga imkon berishi tayin. Masalan, o’qituvchi tegishli strategiyalardan (murojaatlar va muloqot o’rnatish) foydalangan holda ma’lum bir talabaga yoki barcha talabalarga murojaat qiladi, o’zaro ta’sir davomida materialni taqdim etish strategiyalaridan foydalanadi (tushuntirishlar, so’zlab berish, misollar yoki boshqa dalillarni namoyish qilish) va ma’ruza mazmuni bo’yicha savollar beradi (savol-javob va ushbu ma’lumotni tushunish darajasini nazorat qilish) kabi. Shu bilan birga, talabalar yezkazilgan xabardan ma’lumotni (eksplisit va implisit) olishadi va uni ma’ruza mavzusi haqidagi o’z bilimlari bilan bog’lashadi, nutq muloqotini davom ettirish uchun xulosalar chiqaradilar. Shuning uchun nutq vaziyati mavjud bo’lgan muayyan vaziyatlarda matnlarni almashishni anglatadi – “sub’ektning xarakteristikasini, shaxslararo munosabatlarni, o’zaro ta’sirni va ushbu muloqot ichidagi ta’sirni ko’p bosqichli lingvistik vositalar yordamida ifodalash va aks ettirish” dan iborat bo’ladi (Xlystunova va Ulyanova 2021). Pragmatik yondashuvning turlari amaliy jihatdan natija ko’rsatish jihatidan o’zlarini muvaffaqiyatli isbotladilar, chunki ular quyidagilarni ishlab chiqishga qaratilgan: 1) sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlar uchun haqiqiy kommunikativ vaziyatlarni yaratish qobiliyatlari (o'qituvchi-talaba/talabalar, talaba-talaba/talabalar), 2) o’quv materialini taqdim etish va mustahkamlash va uni nutqda qo’llash ko’nikmalari va malakalari; bu holatda pragmatizm – maqsadli, mazmunli, texnologik va samaralilik mazmunida qabul qilish, nutqni

Доказательный фрагмент

«The article is devoted to the approach and methods of teaching the pragmatic aspect of communicative competence to future foreign language teachers.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article is devoted to the approach and methods of teaching the pragmatic aspect of communicative competence to future foreign language teachers. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
communicative competence, methods, approaches, pragmatic competence
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники