К содержанию
РецензированоUZ2012

Agressiya va zo‘ravonlik talabalarda namoyon bo‘lishi xususiyatlari

Djumanov Sherali Zakirovich · Nomozova Latofat Sodiq qizi

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2012

Аннотация

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida samaradorligiga agressiv xulqni namoyon bo‘lishi, agressiyani talaba yoshlarda namoyon bo‘lish o‘ziga xosligi, bo‘yicha nazariy tavsiyalar berilgan. Maqoladan pedagogik jarayonida agressiv xulqning shakllanishi, kuchayishi va namoyon bo‘lishini psixologik xususiyatlari muammosi bilan shug’ullanuvchilar foydalanish mumkin. Kalit so’zlar: Agressiya, zo‘ravonlik, muloqot, his-tuyg‘u, ehtiyoj, ijtimoiy muhit, pedagok, qobilyat, individual, o‘spirin, kommunikativ qobiliyat, kognitiv, hissiy-emotsional jihatlar. Psixologiyada “agressiya” atamasiga nisbatan turli yondashuvlar mavjud bo‘lib, X.Delgado, A.A.Bass, L.M.Semenyuk, G.Parens, A.Bandura, R.Uolters, Yu.Mojginskiylar tomonidan agressiya salbiy baholanadi. Shu bilan bir qatorda agressiyaga nisbatan ijobiy yondashuvlar ham mavjuddir. Jumladan, L.Bender agressiyani insonning o‘z-o‘zini namoyon qilishga intilishidir, deb ta’kidlaydi. Keyingi paytlarda talaba yoshlar o‘rtasida tajovuzkorlik, agressiv xulq uchrab turibdi. Sababi yoshlarimiz telefon, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli mentalitetimizga, milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan videoroliklar, materiallar, voqea hodisalarga guvoh bo‘lmoqdalar. Agressiv xulqning shakllanishi, kuchayishi va namoyon bo‘lishi ko‘pincha ijtimoiy muhit bilan bog‘liq holda yuz beradi. Shaxsning o‘ziga qaratilgan tajovuzkorlik “autoagressiya” (bunday holat shaxsdagi patologik o‘zgarishlarning ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi) deb ataladi. O‘z joniga qasd qilish, o‘ziga tan jarohati yetkazish autoagressiyaning ko‘rinishlaridir. Jaholatga botgan, johillik va zo‘ravonlikni maqsadga erishishning asosiy va ustuvor vositasi deb biladigan shaxslarda agressiv xulq kuchli bo‘ladi. Inson agressiyasi ko‘rinishlarining turli-tuman va tubsizligidan kelib chiqib, mazkur xulq- atvorni o‘rganishda D.Bass tomonidan taklif etilgan konseptual ramkalar bilan chegaralanish juda foydali ekanligi bilan ayon bo‘ldi. Uning fikricha, agressiv harakatlarni uchta shkalaga asoslangan holda tasvirlash mumkin. jismoniy, verbal, aktiv-passiv va to‘g‘ri-egri talaba yoshlarda agressiyaning kelib chiqishi, oilalarda muammolar, o‘qish bilan bog‘liq adolatsizlikka uchrash natijasida turli xil jinoyatlarga qo‘l urish kabi illatlarning namoyon bo‘lishi. Ba’zi talabalarda esa o‘qituvchilar bilan o‘zaro munosabatlarning ijobiy psixologik iqlimda emasligi achinarli holdir. Aksariyat hollarchilar ta’lim jarayonida g‘amxorlik, sabr-toqat, mehr kabi hislatlar bilan yondashish o‘rniga, kuch bilan, ba’zan negativ emotsiya usuli bilan tasir 588 o‘tkazadilar. O‘z navbatida bu kabi xatti-harakatlar talaba yoshlarda agressiv xulq-atvorning shakllanishiga zamin bo‘ladi. Agressiyaning odatiy namoyishlari quyidagilar hisoblanadi nizo chiqarish, bosim o‘tkazish, majburlash va h.k. Zo‘ravonlik va tajovuz so‘zlari shu qadar tez -tez ishlatiladiki, ko‘pchilik ularni sinonim deb o‘ylaydi. Agressiya g‘azab singari, tajovuz - bu insoniy xulq -atvor bo‘lib, u haqoratli so‘zlar, narsalar va mulkka zarar yetkazish, o‘ziga va boshqalarga hujum qilish va boshqalarga zo‘ravonlik bilan namoyon bo‘ladi. Zo‘ravonlik - bu harakatdagi tajovuz. Bu boshqalarga zarar yetkazish yoki shikast yetkazish maqsadida qilingan jismoniy hujum deb ta’riflanadi. Biroq, har qanday tajovuz zo‘ravonlikka olib kelmaydi, lekin boshqalarga zarar yetkazish niyati zo‘ravonlik ildizida qoladi. Agressiya va zo‘ravonlik o‘rtasidagi farq quyidagicha:  Psixologlar va olimlar tajovuz g‘azabdan kelib chiqadi, degan fikrga qo‘shilishsada, hamma zo‘ravonlik g‘azabdan kelib chiqmaydi.  Agressiyada boshqalarga zarar yetkazish yoki shikast yetkazish niyati eng muhim hisoblanadi.  Agressiya ham o‘z -o‘zini yo‘q qilishga yoki o‘ziga zarar yetkazishga olib kelishi mumkin. Ko‘pincha bu umidsizlik tuyg‘usidan kelib chiqadi.  Zo‘ravonlikka olib keladigan ko‘plab omillar mavjud. Agressiya va zo‘ravonlik farqlashda shaxs psixologiyasini yaxshi bilish kerakligini namoyish etadi. Ammo, agar talaba ruhan sog‘lom bo‘lmas ekan ya’niki har xil turdagi noodatiy vaziyatlar sabab stress, depressiya, frustratsiya va agressiv holatga tushishar ekan fuqarolarga yaqin ularning dardini seza oladigan xalqchil tuzilmaga aylanish ehtimoli yo‘qoladi. Talabalar o‘rtasida agressiyani jins xususiyatlarini aniqlash maqsadida bizning tadqiqotimizda quyidagi metodika o‘tkazildi. Bu metodika L.G.Pochebutning agressivlik testi deb nomlanadi. Test natijalariga ko‘ra Verbal agressiya shkalasi narmal taqsimlanish qonuniga mos keladi (𝐷 −1,023; p>0,05*), Jismoniy agressiya narmal taqsimlanish qonuniga mos keladi 𝑧 (𝐷 −,886; p>0,05*), Predmetli_agressiya shkalasi narmal taqsimlanish qonuniga mos keladi 𝑧 (𝐷 − 1,191; p>0,05*), Emotsional_agressiy narmal taqsimlanish qonuniga mos keladi (𝐷 − 𝑧 𝑧 1,334; p>0,05*), O‘ziga_agressiy shkalasi narmal taqsimlanish qonuniga mos keladi (𝐷 − 𝑧 1,144; p>0,05*). Demak biz keying ishlarimizda Styudent - t mezonida foydalanishimiz mumkin. Jadvalda keltirilgan parametrik ko‘rsatgichini aniqlovchi mezong

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ta’lim jarayonida samaradorligiga agressiv xulqni namoyon bo‘lishi, agressiyani talaba yoshlarda namoyon bo‘lish o‘ziga xosligi, bo‘yicha nazariy tavsiyalar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida samaradorligiga agressiv xulqni namoyon bo‘lishi, agressiyani talaba yoshlarda namoyon bo‘lish o‘ziga xosligi, bo‘yicha nazariy tavsiyalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
социальная среда, Aggression, ehtiyoj, violence, подросток, kommunikativ qobiliyat, zo‘ravonlik, kognitiv, need, cognitive, pedagok, общение, насилие, Agressiya, sensory-emotional aspects, ability, педагогика, communication, познавательные, Агрессия, hissiy-emotsional jihatlar, способности, qobilyat, individual, social environment, сенсорно-эмоциональные аспекты, o‘spirin, ijtimoiy muhit, pedagogic, his-tuyg‘u, adolescent, личность, communicative ability, эмоции, потребность, muloqot, коммуникативные способности, emotion
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники