The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
O‘smirlarda liderlikning shakllanishida oilaning o‘rni
for Rural Development: Policy Brief." · Boyqulova Mohinur
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb bo‘lgan o‘smir yoshidagi bolalar harakter-hususiyatlarining muhim tomonlari, o‘smir yoshidagi bolalarda liderlikni shakillantirish, bolalarda liderlik hususiyatlarining shakillanishida oilaning o‘rni, ota-ona tarbiya usullarining, bolalar bilan bo‘ladigan muloqotning bolalar kelajagiga tasiri hamda, bolalarda liderlik xususiyatlarini shakillanishidagi ahamiyati yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Oila, o‘smirlik davri, ota-onaning va farzand munosabati, liderlik, tarbiya usullari, giperpreteksiya, qattiqqo’llik. Oila tabiatning shoh asaridir (Jorj Santayan) Hozirgi zamon va jamiyat talabi-liderlik, boshqaruvchilik, yetakchilik qobiliyatiga ega bo’lgan yoshlar qamrovini kengaytirishdan iboratdir. Bu jarayonda o’smir o’g’il va qizlarning yetakchilik qobiliyatlarini o’rganish hamda ularni zamonaviy va boshqaruv talablariga mos 579 ravishda shakillantirish, barcha sohalarda ularning liderligini o’g’il bolalar bilan tenglash jamiyatning muhim siyosiy jihatidir. Bunda oila eng asosiy o’rinni egallaydi. Oila qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Koʻp jamiyatlarda oila bolalar ijtimoiylashuvi uchun asosiy institut vazifasini oʻtaydi. Antropologlar oilalarni matrilokal (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari boʻlsa, nuklear oila deyiladi) va qon- qarindosh (nuklear oila va qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga ajratishadi. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi. [1] Bizga shu vaqtga qadar “Oila psixologiyasi”, “Muloqot psixologiyasi” vaholanki psixologiyaga oid bilimlarimizdan malumki, inson shaxs bo‘lib shakillanishida eng eng muhim omil oila sanaladi. Dastlabki xulqatvor va harakter oilada ota-onalarning farzandlarga bo‘lgan munosabatidan shakillanadi. Bu esa bevosita bolaning kelajagiga ham keskin tasir etadi. Bolaning harakter-hususiyatining yaqqal ko’zga ko’rinadigan davri “Rivojlanish psixologiyasi” fanidan bilamizki o‘smirlik davri hisoblanadi. O`smirlik davri insonni bolalikdan — yoshlikka o‘tuvchi va o‘z navbatida boshqa davrlardan o'zining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi davrdir. Bu davr taxminan bolalarning 5—8-sinflarda o‘qish paytlariga to‘g‘ri keladi va 11—12 yoshdan 14—15 yoshgacha bo‘lgan davr oralig‘ida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1—2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. O`smirlik davri ayrim maxsus psixologik adabiyotlarda «o‘tish davri», «og‘ir davr», «inqiroz davri» kabi nomlar bilan ham ataladi. Bu davrning «og‘irligi», «keskinligi», «murakkabligi» nimalar bilan asoslanadi? O`smirlik davrining og‘ir, murakkab davr ekanligi ko‘plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun- mohiyati ham o'zgaradi. Bu davrda o'smir hayotida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik holatlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. O`smir o`quvchilarni ta’lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va hususiyatlarini ba’zan etarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kelib chiqadi. Kichik va katta yoshdagi maktab o`quvchilariga qaraganda o`smirlik yoshidagi bolalarni tarbiyalashda juda ko`p qiyinchiliklar bo`ladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga aylanishi jarayoni juda qiyin kechadi. Bu jarayon o`smirlar psixologiyasining odamlar bilan bo`lgan munosabat formalarining jiddiy ravishda o`zgarishi, hamda hayot sharoitining o`zgarishi bilan bog`liqdir.Bu davrda o`smirlarning o`z shaxsiy fikrlari paydo bo`ladi. Ularda o`z qadr- qimmatlari haqidagi tushuncha kengayadi. Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo`yicha o`smirlarning psixik taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan tug`iladigan extiyojlar bilan bu extiyojlarni qondirish imkoniyatlari o`rtasidagi dialektik qarama- qarshiliklarni yuzaga kelishi va bartaraf qilinishidan iboratdir. [2] Bizga ma’lumki bugungi kun talabi har bir bolada, har bir o’sib kelayotgan yosh avlodda, har bir shaxsda liderlik xususiyatlarini shakillantirdir. Ayniqsa bu o’smirlik davridagi yigit- qizlarimiz uchun judda ham zarurdir. Boisi Yosh liderlarni aniqlash va rivojlantirishning umumilliy tizimi konsepsiyasi har bir shaxsning o’z istedodini namoyon etishi va qo’llashi, o’z kasbida muvafaffaqiyat qozonishi uchun amalga oshirilayotgan imkoniyatlar hayot yo’llarining yaxshilanishiga ta’sir ko’rsatishini, moddiy o’sish va demokratik institutlar mustahkamligini tamin
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb bo‘lgan o‘smir yoshidagi bolalar harakter-hususiyatlarining muhim tomonlari, o‘smir yoshidagi bolalarda liderlikni shakillantirish, bolalarda liderlik hususiyatlarining shakillanis…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bugungi kunda dolzarb bo‘lgan o‘smir yoshidagi bolalar harakter-hususiyatlarining muhim tomonlari, o‘smir yoshidagi bolalarda liderlikni shakillantirish, bolalarda liderlik hususiyatlarining shakillanis… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- leadership, образование методы, education methods, подростковый возраст, Oila, tarbiya usullari, adolescence, Семья, liderlik, строгость, parent-child relationship, ota-onaning va farzand munosabati, strictness, giperpreteksiya, детско-родительские отношения, hyperpretection, гиперопека, лидерство, Family, qattiqqo’llik, o‘smirlik davri
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsBased On Grammatical Signals, Farokhat Sattarbergan Qizi Karimova +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsThe Saudi Scholarly Arrangement, Greenbaum G. +12021
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019