К содержанию
РецензированоUZ2010

Zamonaviy oavlarda rivojlanayotgan kulgu san’atining roli

Eshonqulov Laziz Norqobul o’g’li

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2010

Аннотация

Zamonaviy OAVlarda rivojlanayotgan kulgu san’ati va havjning me’yor, mezonlari. Asosiy omillardan biri bu – kulgi san’atidir. Estetik ehtiyoj mavjud bo‘lsa uni qondiradigan omil san’atdir. Zamonaviy san’atning turi sifatida e’tirof etiladigan hajviylik san’ati shaxs estetik ehtiyojini qondirishi yoki haqiqiy omil vositasini o‘tashi bu muammoli vaziyatdir. Kalit so’zlar: Teatr, hajviylik, estetik tafakkur, go’zallik, xursandchilik, vaqtichog’lik, zavqlanish, maqsad, san’at, farovonlik, estetik faoliyat, olijanoblik, badiiy qadriyatlar, milliy qadriyatlar, kognitiv bilim,estetik did, hazil, ijodkorlik, satira. Zamonaviy ommaviy axborot vositalarida kulgi va hazil san’ati jamiyat qadriyatlari, madaniy yo‘nalishlar va tomoshabinlarning xohish-istaklarini aks ettiruvchi turli me’yor va mezonlar asosida shakllangan. Zamonaviy ommaviy axborot vositalarida hazilni rivojlantirishda keng tarqalgan bir nechta asosiy me’yorlar va mezonlar, O‘zbekistonda hozirgi kunda televideniyaning ko‘ngilochar ko‘rsatuvlari tipologiyasini quyidagicha guruhlarga bo‘lish mumkin: birinchi guruhga asosan televideniyada keng tarqalgan sketch-shou janrini kiritish mumkin: ikki yoki uchta aktyor tomonidan o‘ynaladigan, odatda 5-6 daqiqadan iborat komediyalar. Bunga Zokir Ochildiyevning loyiha asosida “ZO’R tv” kanalida namoyish qilib boriladigan va shunga o‘xshash ko‘rsatuvlar. Ikkinchi guruhga hazilkash sahnalar, ertalab qo‘yiladigan ko‘rsatuvlar, “Milliy tv”da qo‘yiladigan “Akula” hajviy ko‘rsatuvlari, “Shapaloq” ko‘rsatuvi, turli QVZ tanlovlari shular jumlasidandir. Uchinchi guruhga hozirda ommalashgan yakkaxon qiziqchilik dasturlarini olib boruvchilar Avaz Oxun chiqishlari, Mirzabek Xolmetovlarning chiqishlari, ayollarni “Gap” ko‘rsatuvi, qizlarni “Dugonalar” 335 jamoaviy realitik-shou ko‘rsatuvlarini kiritish mumkin. Bunday ko‘rsatuvlar mohiyati sahnada tomoshabinlar bilan bemalol muloqot qila olishi, ijroning taniqliligi, turli maishiy mavzularda, qiziqarli hazillar qilishi bilan ajralib turadi. To‘rtinchi guruhga turli shoular, jamoaviy “Million”, “Dizayn” guruhlari tomonidan olib boradigan hajviy konsertlar, odatda ular musiqiy xarakterga ega bo‘lgan sahna ko‘rinishlarini qamrab oladi va estrada yulduzlarini chiqishlari bilan boyitiladi. Ommaviy axborot vositalarida hazil ko'pincha dolzarb voqealar, pop-madaniyatga murojaatlar va ijtimoiy muammolar atrofida aylanadi. O‘z vaqtida va tomoshabinlar tajribasiga mos keladigan komediya ko‘proq samaraliroq bo‘ladi. Hozirgi davrda bosma OAVlarning faolligi bir muncha shakllangan. Kundalik nashr etiladigan gazeta va jurnallarning ayrimlarida ya’ni 10 foizi kulgililikni yuzaga keltiruvchi xandalardan iborat. Masalan, Samarqand viloyatining kundalik nashri bo‘lgan “Zarafshon” gazetasining har bir sonida kulgililikni u yoki bu janrlari asosida kayfiyatni ko‘taradigan maqolalar va xandalar aks etib boradi. Shu gazetani 2013 yil 15-yanvar sonida aytilishicha, “Kulgi yuz mushaklarini mustahkamlab, qon aylanishini yaxshilaydi. Kulgi qorin, bel, oyoq muskullarini mustahkamlashda ham foyda beradi. Kulgi davomida o‘pka ishi faollashib, qonga kislorod o‘tishi ortadi, bu esa havoni tozalshga imkon beradi. Kulgi endorfin – baxt garmonlarini erkin qo‘yadi. Bu garmonlar esa qayg‘u va asabiylashishdan, hissiy va jismoniy zo‘riqishdan xalos etadi, chunki inson kulganida organizmining barcha a’zolarida jismoniy bosim kuchayadi”. Zamonaviy ommaviy axborot vositalarida hazil ko‘pincha tomoshabinlarning ishtiroki va o‘zaro ta’sirini rag‘batlantiradi. Ijtimoiy media platformalari tomoshabinlarga komediya mazmunini baham ko'rish, sharhlash va remiks qilish imkoniyatini beradi, bu esa jamoa va ishtirok tuyg‘usini uyg‘otadi. O‘zbekiston televideniyasiga hajviy asarlar u paydo bo‘lgan dastlabki yillardayoq kirib kelgan, uning tarixi televideniye tarixi bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. Televizor ekranlarida kulgililikni nomoyish etuvchi, ijro etuvchi xalq tilida qiziqchi deb nomlanadi. “Qiziqchini ko‘rishi bilan odamlarning yuzida tabassum paydo bo‘ladi. Balki, biror hangomasi esiga tushar, balkim, tirik holda ko‘rganiga kular.....Har nechuk kuladi va undan kulgili gap kutadi”. Qiziqchilik bu tayyor mahsulotni o‘qib beradigan yoki kulgili vaziyatni yaratib beradigan, oldindan tayyorgarlik ko‘rgan maxsus kishi emas. Kuldiradigan mavzuni xalq ichidan oladi va uni turli kulgililik holatlari orqali xalqqa yetkazadi. O‘zbek milliy televideniyasida sho‘rolar davrida televizon miniatyura asarlari ko‘rsatuvi bo‘lib, hajviy dasturlar deyarli yo‘q edi. “Komediyaning kichik formasi hisoblanmish teleminiatyura asarlari situatsiyalarni favqulotda va tez ifodalanishi, kompozitsiyasining ochiqdan ochiq ma’lum maqsadga yo‘naltirilganligi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Bu kompozitsiyada ko‘plab hajviylik janrlaridan, askiya, latifa, lof, tagdor fikr, saynet, sketch va intermediyalardan keng foydalanilgan. Ushbu teleminiatyurani dastlabki ijodkorlari Ergash Karimov, Roza Karimova va Hasan Yo‘ldoshevlar hisoblanadilar. Yozuvchi Sai

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy OAVlarda rivojlanayotgan kulgu san’ati va havjning me’yor, mezonlari.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy OAVlarda rivojlanayotgan kulgu san’ati va havjning me’yor, mezonlari. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
art, talent, искусство, artistic values, satire., Театр, milliy qadriyatlar, maqsad, наслаждение, hajviylik, estetik faoliyat, Theater, aesthetic thinking, радость, благополучие, сцена., Teatr, великолепие, эстетическая деятельность, национальные ценности, эстетическое обучение, excellence, estetik did, kognitiv bilim, nobility, olijanoblik, высокое качество, hazil, творчество, beauty, aesthetic activity, ijodkorlik, красота, enjoyment, художественные ценности, zavqlanish, national values, vaqtichog’lik, cognitive science, farovonlik, эстетическое мышление, когнитивная наука, go’zallik, happiness, удовольствие, цель, xursandchilik, estetik tafakkur, satira, purpose, creativity, punctuality, badiiy qadriyatlar, своевременность, originality, san’at, aesthetic education
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3