Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
O‘smirlarning ijtimoiy hayotga moslashuvida emotsiya va bilish jarayonlarining roli
BILISH JARAYONLARINING ROLI · Arakulov Gayrat Tulkinovich · Daminova Sabina Bahrom qizi · Pardayev Xumoyun Farxod o‘g‘li
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada zamonaviy yoshlarning psixik rivojlanishida bilish jarayorlari va emotsiyaning qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga ijobiy ta’siri haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Hissiyot, quvonch, qayg‘u, emotsiya, sezgi, affekt, ehtiros, xarakter, axloq. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi kunda o‘z maqsadimizga erishish uchun yosh avlodda samarali bilim va ko‘nikmalarni tarkib toptirishga asosiy e’tibor qaratmoq darkor. Ta’lim jarayonida olib borilayotgan islohotlar yosh va barkamol avlodni aqlan va ahloqan kamolga yetkazish, ularda shaxsiy sifatlarni tarkib toptirishdan iboratdir. Ta’kidlash joizki, istiqlolning ilk kunlaridanoq yurtimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatning haqiqiy tayanchi va suyanchiga aylantirish masalasiga e’tibor kuchaytirilgan. Ammo bugungi davr bu sohadagi ishlarni yaxshilash, yoshlarning manfaatlarini ta’minlashga va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani yanada takomillashtirish orqali yangi imkoniyatlarni ochib berishni taqazo etmoqda. Har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalashda hissiy va irodaviy xislatlarni shakllantirish muhim rol o‘ynaydi. Har bir inson hayotida hissiyotlar muhim o‘rin tutganidek o‘smirlik davrida ham hissiyotlarning o‘rni katta hisoblanadi. O‘smirlar bu davrda o‘ta ta’sirchan, hissiyotlarga beriluvchan bo‘lib qoladi. Shu bois ularga ta’lim – tarbiya jarayonida ehtiyotkorlik bilan muomala qilish juda muhim sanaladi. Bunday ijobiy shaxs xislatlarini shakllantirish uchun o‘quvchilarda hissiy – irodaviy xislatlarini shakllantirish dolzarb hisoblandi. Emotsiya shaxs ruhiy hayotining shunday tomoniki, bunda tashqi ta’surotning xarakteri va shaxsning unga bo‘lgan munosabatlari ifodalanadi[1]. Tashqi ta’surotning xarakteriga qarab shaxs unga nisbatan o‘zining munosabatini bildiradi. Uning yoqimli tomonlari shaxsda ijobiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Maza qilish, qoyil qolish, huzur halovat, sevinch, quvonch, xursandchilik kabi holatlar ijobiy munosabatning ko‘rinishlaridir. Tashqi ta’surotning noxush, yoqimsiz tomonlari shaxsda salbiy munosabatlarni paydo qiladi, g‘azablanish, ranjish, xafalik, qo‘rqish, bexuzur bo‘lish kabilar salbiy munosabatning ko‘rinishidir. Shaxs o‘zining kundalik faoliyatida turli hissiy holatlarni boshdan kechiradi. Agar u xavf ostida bo‘lsa, qo‘rquvni his qiladi, muvaffaqiyatga erishsa, zavqlanadi, intilish va harakatlari to‘g‘ri, unumli ro‘yobga chiqsa, quvonadi, ruhi ko‘tariladi. Demak, shaxsda turli his – tuyg‘ularning vujudga kelish manbai uning ehtiyojlari, natijalari va istaklaridir. Shaxsning o‘z ehtiyojlarini qondirish yo‘lidagi harakatlarning muvaffaqiyati ijobiy hislarni, uning qiyinchiliklarga duch kelishi, mag‘lubiyatga uchrashi esa salbiy tuyg‘ularni uyg‘otadi. Turli emotsiyalar shaxsning xulq – atvoriga o‘ziga xos hissiy ohang beradi, beqaror kechinmalarni vujudga keltiradi. Ba’zan esa, emotsiyalar to‘satdan va shiddatli paydo bo‘lib, tez o‘tadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, emotsional holatlar odamlarda turlicha kechadi. Ba’zi odamlarda bu holatlar beqaror, ta’sirchan, chuqur kechsa ayrim odamlarda yengil o‘tadi. Shaxslar his-tuyg‘ularining chuqurligi kuchi baqaror yoki beqaror emasligi bilan farq qiladilar. Har bir shaxsdagi hissiy holatlar uning boy ichki dunyosi, g‘oyaviy yo‘nalishi, e’tiqod va ideallari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijobiy his – tuyg‘ular shaxsning 567 butun vujudini qamrab oladi, uning hayotini yanada mazmunli, to‘liq va baxtiyor qiladi. Tuyg‘ular shaxs to‘g‘risida, uning psixik holatlari va individual xususiyatlari to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Hissiyotlarning bir maqsadni ko‘zlashi, prinsipialligi shaxsni so‘zi bilan amali bir bo‘lgan barkamol odamga aylantiradi. Hissiyotlarda sub’yektivlik mohiyati mavjud bo‘lib, nuqtai nazaridan beriladigan baho hamma vaqt ham uning sotsial mohiyatiga to‘g‘ri kelavermaydi. G‘azab yoki nafrat sub’yekt uchun salbiy noxush holardir. G‘azab axloqqa xilof harakatga, intizomsizlik, qonunbuzarlikka qaratilgan bo‘lsa, yuksak ahloqiy his sifatida ijobiy mohiyat kasb etadi. Shuning uchun ham hissiyotlarga sotsial nuqtai nazardan yondashganda yuksak g‘oyaviylik, xalqchilik va prinsipiallikka asoslanish zarur. Emotsional harakatlar barqaror yoki beqarorligi nuqtai nazaridan quyidagi uch guruhga ajratiladi, jumladan, bir necha oy yoki yillab davom etadigan uzoq muddatli holatlar, kunlab, haftalab, oylab davom etadigan holatlar, sekundlab, minutlab, soatlab davom etadigan holatlar. Emotsional holatlarning bu tarzda uch guruhga bo‘linishi ularning ta’sir xarakteri va shaxsning individual sifatlariga bog‘liqligidir. Shaxsda qo‘zg‘alishlarning yuzaga kelishiga qarab hissiyotlar stenik va astenik turlarga bo‘linadi. Stenik holatlar g‘ayrat uyg‘otadi, shijoatga sabab bo‘ladi. Masalan, kuchli quvonch, katta g‘azab, jangovar ruh, mardlik, g‘alaba va hokazo. Shaxsning hayotiy faoliyatini pasaytiradigan, g‘ayratini susaytiradigan holatlar astenik hissiyotlardir. Qayg‘u-hasrat, umidsizlik, loqa
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada zamonaviy yoshlarning psixik rivojlanishida bilish jarayorlari va emotsiyaning qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga ijobiy ta’siri haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada zamonaviy yoshlarning psixik rivojlanishida bilish jarayorlari va emotsiyaning qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga ijobiy ta’siri haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- этика, Чувство, joy, интуиция, sadness, характер, xarakter, радость, qayg‘u, intuition, аффект, страсть, passion, sezgi, affekt, ethics, ehtiros, quvonch, печаль, Hissiyot, axloq., character, Feeling, эмоция, emotsiya, affect, emotion
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026