К содержанию
РецензированоUZ2006

Nazar Eshonqul ijodida badiiy makon va xarakter uyg‘unligi

Нилуфар Чолиева (Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека)

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2006

Аннотация

Ushbu maqolada Nazar Eshonqul qissa va hikoyalarida badiiy makon va uning xususiyatlari, tanlangan adabiy makonning obraz va xarakterlar bilan uyg‘unligi tadqiq va tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: hikoya, qissa, badiiy makon, obraz, xarakter, milliy qadriyat, milliy qiyofa. Badiiy makon har bir ijodkorning o‘z uslubi va “men”i uchun tanlagan maydoni, aslida. Ya’ni “badiiy makon shunchaki predmetlar joylashadigan va hodisalar ro‘y beradigan muhit emas, balki voqelik va ong obrazlari o‘zaro ta’sir qiladigan dunyo obrazidir” [1;50] Shu jihatdan qaraganda ijodkorlar asarlarida badiiy makon va xarakterlar uyg‘unligi, makon va obrazlar harakati kabi tushunchalar bir-biri bilan uyg‘un hamda bog‘liqdir. Nazar Eshonqul hikoyalari va qissalari tahlilida ham ayni shu xulosalarning tasdig‘ini ko‘rish mumkin. Adibning “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Bepoyon osmon” hikoyalari, “Urush odamlari” qissasida Tersota qishlog‘i badiiy makon vazifasini bajaradi. Ushbu uch asarda ham qishloq odamlariga xos tantilik, mardlik, dangallik, chapanilik kabi hislatlar obrazlarda ham namoyon bo‘ladi. “Shamolni tutub bo‘lmaydi” hikoyasidagi Bayna momo xarakteri nafaqat qishloq ayoli qiyofasini yoritadi, balki o‘zbek ayolining matonati va jasurligi haqidagi qarashlarni ham mustahkamlaydi. “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasi qishloqqa zamonaviy qiyofa berib turgan uylar va bu uylarning aksi – eski, nurab, egasining qalbiga o‘xshab to‘kilib qolgan uy tasviri bilan boshlanadi: “Yuz yildan bеri tеrsotaliklarning g'ururi va faxri bo'lib kеlgan, zamonaviy qilib qurilgan ravoqli uylar qarshisida yuzdagi chipqondеk qishloqqa ko'rimsizlik va kеksalik bag'ishlab turgan, noma'lum va mudhish sinoatlarga to'la qadim qo'rg'onni eslatuvchi Bayna momoning uyini xuddi unutishga va yo'q qilishga mahkum etilgan xotiradеk nihoyat buzib tashlashga kirishishdi…” [4;331] Muallif tasvir orqali eski xotiralarga, ularning uy sohibasi kabi unutilganiga ishora etadi. Bu kabi kontrast tasvirlardan maqsad qahramonning qishloq odamlariga munosabati, hatto butun borliqqa qarshiligini aks ettirishdir. Matnda uy makonining boshqa uylardan farqliligi, yakkaligi esa “dunyodan izsiz va yolg‘iz o‘tish uqubatini ko‘tarib kelgan” kampirning ham yolg‘izligini ta’kidlaydi. Eri va o‘g‘li Zamon otboqar tomonidan otib tashlangach, momoning otboqarga, sho‘rolarga bo‘lgan nafrati quyuq bo‘yoqlarda aks ettirilgan. Qadriyatlarimizga ko‘ra, inson vafot etgach uning jasadi eng yaqin insonlari tomonidan dafn qilinadi. Momoning esa hech bir yaqini yo‘q. Bayna momoning esa Zamon otboqar tomonidan shu mavzuda izg‘ilanishi dialoglar orqali beriladi: “- Sеn mеnga bunday qarama, - Zamon otboqar qamchisini havoda silkitar ekan. - Ering bu еrda bo‘lmasa boshqa еrda baribir o'lgan bo'lardi. Sеn esa xavotir olma, o'lsang itlarim ko'madi. - Shunday dеb u bo'ribosarlarni ko'rsatdi”. [4;334] Bu holat esa sobiq sho‘ro davrida qishloq toposiga xos mehr-oqibat, qardoshlik qiyofalarini ham burdalab tashlashga urinish bo‘lganini ko‘rsatadi. Bayna momo xarakteridagi nomus, oriyat, o‘zbeklarga, ko‘proq qishloq odamlariga xos bo‘lgan birdamlikni qadrlashining kuchi uni yillararo o‘zgargan qishloqdoshlaridan-da uzoqlashtirib qo‘ydi: “Uning (Bayna momoning – N.Ch.) bug'doy ko'tarib yurishidan ori kеlgan Ollomurod tеgirmonchi Bayna momoni insofga chaqirdi:- Siz bunday ovora bo'lib yurmang, - dеdi u. - Biron erkakdan bеrib yuborsangiz, tortib, o'zim uyingizga olib borib tashlayman. -Bu qishloqda erkak yo'q, - dеdi Bayna momo zarda bilan, so'ng yеlkasidagi bug'doyni tеgirmonga kiravеrishda tushirdi. Gapirayotganda ovozi titrab kеtdi. Tеgirmonchi tilini tishlab qoldi. Bayna momo bir paytlar faqat 564 qishloq emas, butun tog'li xalqning orini ko'targan, nomini chiqargan Rayim polvonni quloq dеya ta'qib qilishlariga, so'ng itday xor qilib otib tashlashlariga yo'l qo'ygani va o'g'li bilan erini zamonning egasi, bir paytlar Rayim polvonning malayi Zamon otboqar ixtiyoriga bеrib qo'ygani uchun qishloqdoshlarini kеchirolmas, ularga bo'lgan nafrati susayish o'rniga, yillar o'tib, ota-bola o'ldirilgan oqshomdan uzoqlashgan sayin ko'proq o'rni va qadri bilinayotgan, o'zini hayotning barcha quvonchidan bir yo'la mahrum etgan, yolg'izlikning ko'r musibati aro tobora avjlanib, Bayna momoning kеksaligi bilan birga injiq va yo'riqsiz bo'lib borardi. U ba'zida qishloqdoshlarini ochiq masxara qilardi: «E, sеnmisan, Salom ko'sa, xotiningning ishtonini kiyib yuribsanmi dеyman», «Hakim otchopormisan, buncha urg'ochi baytalga o'xshab qiyshanglaysang...» «Bu qishloqning ayollari endi faqat xеzalak tug'adi»” [4;335-336]. Asarda momo nutqi uning xarakteri va u yashaydigan makon bilan chambarchas bog‘liq. Muallif ushbu xarakterni shakllantirishda ayni shu jihatlarga ko‘proq urg‘u beradi. Momo uyidagi detallar ham shunday vazifaga xizmat qilgan. Hikoya matnida badiiy vaqt (zamon) ikki xil sur’atda kechgandek tasavvur uyg‘otadi: “Tеrsotaliklar endi aeroplanlar haqida gaplashishardi. Ular zamonning alg'ov-dalg'ovlariga g'arq bo'lgan, hayotlarida yu

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Nazar Eshonqul qissa va hikoyalarida badiiy makon va uning xususiyatlari, tanlangan adabiy makonning obraz va xarakterlar bilan uyg‘unligi tadqiq va tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Nazar Eshonqul qissa va hikoyalarida badiiy makon va uning xususiyatlari, tanlangan adabiy makonning obraz va xarakterlar bilan uyg‘unligi tadqiq va tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
artistic space, персонаж, story, xarakter, художественное пространство, qissa, milliy qiyofa., новелла, image, badiiy makon, национальная ценность, национальный изображение, national image, hikoya, national value, milliy qadriyat, образ, character, повесть, obraz, short story
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники