К содержанию
РецензированоUZ2023

Ingliz tili lug’at tarkibining boyish manbalari, shakllari hamda chastotasi

G’apporov Baxriddin Baxtiyor o’g’li

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2023

Аннотация

Ushbu tezisda ingliz tili lug’at sathining boyish omillari va usullari, zamonaviy texnologiyalarning yangi so’zlarning paydo bo’lishida tutgan o’rni, tilshunoslarining ingliz tilidagi faol so’zlarning miqdori haqidagi o’z taxminlari hamda ingliz tilini horijiy til sifatida o’qiydigan o’quvchilarga tavsiyalar o’rin olgan. Kalit so’zlar: Chastota, Korpus, CEFR,o’zlashma so’zlar, eskirgan so’zlar,sohaviy terminlar Dunyoda sodir bo’layotgan o’zgarishlar,ayniqsa, texnika va texnologiyalarning jadal suraatlarda rivojlanib borishi, dunyoning turli burchaklarida yashovchi xalqlarning nafaqat ongi, balki ular kundalik iste’molda foydalanayotgan lug’atlar ham doimiy o’zgarishga yuz tutmoqda. Eskirgan so’z va ta’riflar iste’moldan chiqib, ularning o’rnini yangi so’zlar egallamoqda. Tildagi yangi so’z asosan tashqi manba hisobidan boyiydi. Internet va ijtimoiy tarmoqlar tufayli, yangi so’z va atama dunyoda juda tez ommalashib ketmoqda. Afsuski, lug’atshunoslar ularga muqobil variantlarni taklif qilishga ulgurolmay qolishmoqda. Ichki imkoniyatdan kelib chiqib ham bir necha o’nlab so’zlar lug’at tarkibidan joy olmoqda. Bunga asosan qo’shma so’zlar (compound words) yasab – sunflower, waterfall, toothbush, notebook, o’zakka so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shish (derivation) – national, employee, development, safety, ikkita so’zni ma’lum bo’g’inlarini qorishtirish (blending) – brunch(breakfast+lunch), smog(smoke+fog), hangry(hungry+angry), motel(motor+hotel) qisqartmalar (abbreviation) – BBC,UNO,WHO, so’z bo’g’inlarini old yoki orqa tomonidan qisqartirish (clipping) – phone (telephone, gym(gymnastics), gas(gasoline), ad(advertisement), lab(laboratory), urg’uni so’zning boshida yoki oxirida kelishi – perfect (mukammal) birinchi bo’gin urg’u olsa, so’z sifat turkumiga oid bo’lishi, agar urg’u so’zning oxiriga tushsa, perfect (takomillashtirmoq, kamolga yetkazmoq) fe’l so’z turkumiga o’zgarishi va hakazolar orqali erishish mumkin. Kompyuter asrida ingliz tiliga yangi sohaviy so’z va atamalar kirib kelmoqda. Shunisi qiziqki, bundan chamasi yarim asr oldin hozirgi axborot tehnologiyalariga oid bo’lgan sohaviy terminlarni jumladan Wi- fi,chatbot,GPT,Biohacking deyarli ko’pchilik bilmas edi. Boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar orqali ham ingliz tili lug’at boyligi boyib boradi. O’zlashma so’zlarning eng katta qismi lotin hamda fransuz tili hissasiga to’g’ri keladi. Quyida berilgan jadvalda ayrim o’zlashgan so’zlarga misollarni ko’rishimiz mumkin. 1-jadval So’z Etimologiyasi algebra (algebra) Arabcha 562 pizza (pitsa) Italyancha kindergarten (bolalar bog’chasi) Nemischa et cetera ( … va boshqalar) Lotincha ballet (balet) Fransuzcha Ingliz tilida “so’z” faqatgina bir so’zdan iborat emas, chunki unda ko’plab yakka so’zdan ortiq bo’lgan so’z birikmalarini uchratish mumkin. Biroq, umuman olganda ushbu tilning lug’at boyligi miqdorini aniqlash uchun, biz ko’pincha lug’atlarga yuzlanamiz va aynan bosh so’zlarning sanog’iga asosiy e’tibor qaratiladi. Birgina hammaga ma’lum bo’lgan Oksford lug’ati 300 000 ortiq bosh so’zlar mavjud. Qizig’i shundaki, undan o’rin olgan so’zlarning hammasi ham bugungi kunda faol iste’molda emas. Vebster lug’atida esa besh yuz mingga yaqin bosh so’z bor borligi haqida ma’lumotlar bor. Aslida ingliz tilida nechta so’z borligi haqida ko’plab lug’atshunos hamda tilshunoslar o’zlarining tahlillari asosida o’z taklifalarini berishgan. Plagning (1: 4b.) xisob-kitobiga ko’ra, ingliz tilida 45000-60000 so’z mavjud. Kristalga (2: 426b.) ko’ra, o’qimishli til egalari 50000 ziyod faol so’zlardan foydalanadi hamda 75000 dan ortiq so’zlarning ma’nosini qiyinchiliksiz tushunishlari olishlari mumkin . Aksincha, Neyshn va Varin (3: 38b.) faol so’zlar sonini sezilarli darajada kamroq berishgan (taxminan 20000 so’z). Ular asosan keng iste’moldagi so’zlarni sanog’iga ko’proq e’tibor berishgan. Demak, lug’at tarkibidagi so’zlarning aniq sonini aytish juda mushkul ish hisoblanadi. Aynan shu nuqtayi nazardan, hozirgi paytda tilshunoslar korpus ma’lumotlar bazasidan foydalanishiga to’g’ri kelmoqda. Ingliz tili korpusidagi lug’atlar og’zaki hamda yozma nutqda uchraydigan ommaviy axborot vositalarida qo’llanadigan yozma matnlar jumladan gazeta,jurnal,romanlar hamda televedeniyada yorilitiladigan turli xil ko’rsatuvlardan yozib olingan matnlar hisobiga boyigan. Lich (4: 9b.) ning fikricha, Britaniya Milliy Korpusidagi lug’at (BNC) qamrovi yuz millionni tashkil etib, shundan besh yuz mingdan ortiq so’zlar korpus doirasida uch va undan kamroq chastotada ishlatiladi. Bir yuz yigirma to’rt ming so’z esa o’n yoki undan ortiq foyadalaniladi. Yuqoridagi statistikalarga asoslangan holatda, shuni aytish mumkinki, til egalari hamda ekspertlar taxminan 50 000 atrofidagi so’z yoki so’z birikmalaridan foydalanishadi. O’Kiife va boshqalar (5:32b.) Kembridj Xalqaro Corpusi (CIC) da 2000 ta eng keng tarqalgan so'z haqida ma’lumot berishgan. Aynan o’sha so’zlar butun bir korpusning 83 foizini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, yuqori chastotali 2000 ta

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda ingliz tili lug’at sathining boyish omillari va usullari, zamonaviy texnologiyalarning yangi so’zlarning paydo bo’lishida tutgan o’rni, tilshunoslarining ingliz tilidagi faol so’zlarning miqdori haqidagi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda ingliz tili lug’at sathining boyish omillari va usullari, zamonaviy texnologiyalarning yangi so’zlarning paydo bo’lishida tutgan o’rni, tilshunoslarining ingliz tilidagi faol so’zlarning miqdori haqidagi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
CEFR, заимствованные слова, термины поля, устаревшие слова, Corpus, Frequency, Obsolete Words, Borrowed Words, eskirgan so’zlar, корпус, Field Terms, sohaviy terminlar, o’zlashma so’zlar, Chastota, Korpus, Частота
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники