К содержанию
РецензированоEN2025

Tel: (+99897) 366-45-22

Furqat Nurmanov

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

The scientific study of linguistics begins with the study of the phonetic system. The sound system, which is the object of phonetic study, is interpreted in terms of form and meaning in the later period of linguistic science as a product of research. The article outlines and responds to the scientific conclusions of researchers involved and engaged in this field, from the point of view of the object of observation, the goals and objectives of phonetics and phonology. The scientific views of representatives of European linguistic schools also include phonetics and phonology. Keywords: phonetics, phonology, sound system, phono semantics, phono stylistics, phono pragmatics, articulatory-physiological aspect, functional (linguistic) aspect. Kirish (Introduction).Tilshunoslik fani rivojining ma’lum davriga qadar nutq tovushlari fonetika bo‘limida o‘rganilib kelingan bo‘lsa, bu soha taraqqiyotining navbatdagi bosqichida tadqiqotlar ko‘lami kengayib borishi natijasida fonologiya, fonosemantika, fonostilistika, fonopragmatika singari yangi sohalari vujudga keldi. Fonetik tadiqotlarning tobora chuqurlashib borishi barobarida ushbu sohalarning tadqiqot obyekti, maqsad va vazifalari ham konkretlashdi. 55 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel Masalan, har qanday tovushning fizik-akustik tabiati va biologik asosi borligidan, nutq tovushi esa faqat insonlar tomonidan talaffuz etilishi va eshitilishidan, ya’ni uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqib, fonetikaning o‘rganish obyekti sifatida belgilandi hamda ularni akustik-fiziologik (tovushning baland-pastligi, intensivligi, tembri, qisqa-cho‘ziqligi), anatomik- fiziologik (tovushlarning shakllanishida nutq a’zolarining ishtiroki), eshitib his qilish (perseptiv) aspektlarini tadqiq etish maqsad qilib qo‘yildi.[1] Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). Fonologiya termini tilshunoslikda XIX asr oxirida yosh grammatikachilarning nutq tovushlarining artikulyatsion fiziologik - akustik (fizik) tomonidan funktsional (lingvistik) tomoniga urgʻu berishi oqibatida paydo bo'ldi. F. de Sossyurga koʻra, “Tovushlar fiziologiyasi koʻp hollarda fonetika deyiladi. Bu termin, bizningcha, nomuvofiq koʻrinadi. Biz buni fonologiya termini bilan almashtiramiz, chunki fonetika azaldan tovushlar evolyutsiyasi haqidaga taʼlimot boʼlib kelgan va shunday boʼlib qolaverishi kerak. . . Fonetika tarixiy fandir: u voqealarni, oʼzgarishlami tahlil etadi, zamonda harakat qiladi. Fonologiya zamondan tashqaridir, chunki, artikulyatsiya mexanizmi doimo oʼziga oʼzi oʼxshashligacha qolaveradi”. Keyinchalik Daniya tilshunosi L.Elmslev va boshqa olimlar fonetika va fonologiyani bir-biridan tamoman ajralgan ikki soha sifatida talqin qildi. Moskva va Peterburg fonologiya maktablari vakillari I.A.Boden de Kurtene va L.V.Shcherba bu talqinni inkor qiladi. L.V.Shcherba maʼlum tilning fonologik sistemasini, har bir fonemaning farqlovchi belgilarini faqat uning shu tildagi konkret talaffuzi asosida tadqiq qilish kerakligini uqtiradi. R.I.Avanesov esa nutq tovushlarini o'rganadigan ikki predmet emas, balki ikki tadqiqot aspekti mavjud ekanligini taʼkidlaydi. Demak, fonetika va fonologiya oʻzlarining obyekti jihatidan emas, balki bir obyektning turli oʻrganish aspekti ekanligi bilan farq qiladi. Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). XIX asrning oxirlarida nutq tovushlarining artikulyatsion-fiziologik (fizik) tomonidan funksional (lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji bilan fonologiya paydo bo‘ldi va tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida fonemalarning farqlovchi belgilarini o‘rganuvchi soha sifatida e’tirof etildi.[2] Bu sohada ham tovush, ammo til tovushlari o‘rganish obyekti sifatida belgilandi va ushbu tovushlarning vazifaviy xususiyatlarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yildi. Tilda, garchi umumiy ma’noda obyekti tovushlar hisoblansa ham, masalaga yondashish nuqtai nazaridan tilshunoslikda fonetika bilan fonologiya bir-biridan o‘zaro farqlandi. Fonetika tovushlarning hosil bo‘lishi, ularning akustik xususiyatlari, ya’ni nutq tovushlarining fiziologiyasini o‘rgansa, fonologiya so‘z va morfemalarning tovush qobig‘ini farqlovchi vosita sifatida nutq tovushlarini semasiologik, funksional va prosodik jihatdan o‘rganadigan bo‘ldi. Fonetika va fonologiyaning kuzatish obyekti, maqsad va vazifalari xususida shu soha bilan shug‘ullangan tadqiqotchilar aniq fikrlar bayon qilganlar. Ularni yaxlit holda olib qaraganda xulosa shunday bo‘ladiki, har ikkala sohaning ham tadqiqot obyekti nutq tovushlaridir. Faqat fonetikada inson nutqining material tomoni, hosil bo‘lish shart-sharoitlari, fonologiyada esa bu tovushlarning ma’noni farqlashga xizmat qiluvchi jihatlari o‘rganiladi. Fonostilistika esa tilshunoslik fani taraqqiyotining keyingi yillardagi mahsuli sifatida fonetika, fonologiya va stilistika fanlarining kesishuvida paydo bo‘ldi. Kuzatish obyektining nutq t

Доказательный фрагмент

«The scientific study of linguistics begins with the study of the phonetic system.»

Образец извлечения

Демо-превью

The scientific study of linguistics begins with the study of the phonetic system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
phonetics, phonology, sound system, phono semantics, phono stylistics, phono, fonetika, fonostilistika, funksional (lingvistik) tomoni., fonosemantika, fonopragmatika, fonologiya, tovush tizimi, artikulyatsion-fiziologik tomon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники